Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

zaharlanish, 
uning sabablari, belgilari va oldini olish 
choralari. Oshqozon-ichak kasalliklari xalq o‗rtasida, ayniqsa bolalar va 
o‗smirlar o‗rtasida tarqalishi jihatidan gripp va nafas yo‗llarining shamollashi 
kasalliklari hamda bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, suv chechak
tepkidan) keyingi o‗rinni egallaydi.
O‗tkir oshqozon-ichak kasalliklari ularni yuzaga keltiruvchi 
mikroorganizmlar (bakteriya va viruslar) turiga, biologik xususiyatiga ko‗ra 
bir necha turga bo‗linadi. Shulardan bolalar o‗rtasida eng ko‗p uchraydiganlari, 
eng xavflisi ovqatdan zaharlanish. Botulizm, ich burug‗i, xolera (vabo), qorin 
tifi, paratif «A» va «B» kabilardir. 
Salmonellez  yoki ovqatdan zaharlanish kasalligi ayniqsa, buzilgan, 
eskirib qolgan ovqatlarni, limonad, muzqaymoq, pirojniy, somsa, pirojki, 
shashlik, kolbasa, baliq kabilarni iste‘mol qilish natijasida yuzaga keladi. 
Ovqatni iste‘mol qilgandan 2 soat va ba‘zida yarim-bir kun o‗tgandan keyin 
qorinda og‗riq paydo bo‗ladi ko‗ngli ayniydi, ketma-ket qusa boshlaydi. Og‗ir 
formalarida tana harorati 40° va undan ham ko‗tariladi, qaltiraydi, rangi 
oqaradi, qo‗l-oyoqlari qaqshab og‗riydi, ba‘zida hushini yo‗qotadi. 
Batulizm — bu ham ovqatdan zaharlanish natijasida yuzaga 
keladigan kasallik, ko‗pincha konserva qilingan, baliq, zamburug‗, karam, 
bodring, pomidor kabilarni iste‘mol qilish natijasida yuzaga keladi. Chunki 
konserva bankasi ichiga havosiz sharoitda ko‗payadigan mikroblar kirib qolib 
ular banka ichida ko‗payadi, o‗zidan zaharli modda ishlab chiqaradi. Natijada 
bu konservani iste‘mol qilish organizmni zaharlashga olib keladi. Bu 
mikroblar uzoq saqlangan sho‗r baliq, kolbasa, qazida ham bo‗lishi
mumkin: Bu mikroblar o‗zidan gaz ishlab chiqaradi. Shuning uchun 
zaharlangan konserva bankasini qopqog‗i shishib (burtib) turadi, kolbasa, 


72 
qazi ham ishganday, ichida havosi bordek seziladi. Agar shu belgiga e‘tibor 
berilsa bunday taomdan voz kechmoq kerak. 
Batulizm kasalligini xarakterli belgilari, ovqat iste‘mol qilingandan 
2 soat o‗tgandan so‗ng, ba‘zida Hatto 10 kundan keyin qorinda og‗riq, 
ko‗ngil aynish, qusish paydo bo‗ladi. Ich suyuqlashadi, lekin ko‗p ketmaydi,, 
qorni dam bo‗ladi, og‗zi qurishadi, ovozi bug‗iladi, ko‗zlarini qovog‗i osilib 
qoladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling