Va oliy nerv faoliyati


O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi. Kunlik ovqatlanish tartibi, 
o‗quvchi kun tartibining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, ma‘lum tartib 
bilan 
ovqatlanish, 
birinchidan, 
oshqozon-ichaklarni 
normal 
ishlashi, 
ishtahaning yaxshi bo‗lishini ta‘minlasa, ikkinchidan, tarbiyaviy ahamiyatga 
ham ega, ya‘ni bolalarni har kuni ma‘lum belgilangan vaqtda ovqatlanishi, 
ularni intizomli bo‗lib tarbiyalanishining muhim omilidir
3-jadval 
Bolalar va o‘smirlarning oqsil yog‘, uglevodlar miqdoriga bo‘lgan 
sutkalik ehtiyoji 
№ 
Oziq moddalar 
(gramm hisobida) 
Bolalar yoshi 
7-10 
11-14 
15-18 

Oqsil 
78 
98 
119 

Yog‗ 
81 
86 
99 

Uglevodlar 
297 
424 
471 
4 Sutkalik umumiy kaloriya (kkal.) 
2291 
2940 
3340 


67 
4-jadval 
Bolalar va o‘smirlar ovqatining sutkalik kaloriyasi 
(M. V. Andropov). 
№ 
Bolaning yoshi 
Sutkalik kaloriya 

1-2 yosh 
1500 kkal 

3-4 yosh 
1800 kkal 

5-6 yosh 
2000 kkal 

7-10 yosh 
2400 kkal 

11-13 yosh 
2850 kkal 

O‗spirin qizlar 
2750 kkal 

O‗spirin yigitlar 
3150 kkal 
 
Ovqat moddalarining oshqozon-ichaklarda parchalanib hazm bo‗lishi 
uchun 3,5—4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun har 3,5—4 soatdan keyin 
tartib asosida ovqatlanish tavsiya etiladi. 
Maktabning birinchi smenasida o‗qiydigan o‗quvchilar uchun 
ovqatlanish tartib quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
— nonushta — soat 7
30
— 8
00
da. Nonushtada iste‘mol qilinadigan ovqat 
miqdori organizm uchun zarur bo‗lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni 
tashkil qilishi kerak. 
—ikkinchi nonushta — soat 11
00
—11
30 
da, maktab bufetida, sutkalik 
ovqat kaloriyasining 10—15% ni tashkil qiladi; 
—tushki ovqat — soat 15—15-30 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% 
ni tashkil qiladi. 
—kechki ovqat — soat 19
00
—19
30
da, sutkalik ovqat kaloriyaqining 20—
25% ni tashkil qiladi. 
ikkinchi smenada o‗qiydigan o‗quvchilar uchun ovqatlanish tartibi 
quyidagicha: 
— nonushta — soat 8
00
da, sutkalik ovqatning 25% kaloriyasiga teng 
bo‗lishi kerak; 
— tushki ovqat — soat 12
00
—12
30
da, sutkalik ovqatning 40% 
kaloriyasiga teng bo‗lishi kerak; 
—kech tushki ovqat—15
00
—15
30
da, maktab bufetida, sutkalik ovqatning 
10—15% iga teng; 
—kechki ovqat — 19
00
—19
30
da, sutkalik ovqat kaloriyasining 20—25% 
ga teng bo‗lishi kerak, 


68 
O‗quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab 
oshxonasi va bufetlarining yaxshi ishlashi muhim ahamiyatga ega. Birinchi 
smenada o‗qiydigan o‗quvchilar uchun maktab oshxonasi — bufetida issiq; 
ovqatlar soat 11
00
—11
30
da, ya‘ni katta tanaffus paytiga, ikkinchi smena 
o‗quvchilari uchun esa soat 15
00
—15
30
da tayyor bo‗lishi kerak. Maktab 
oshxonasi — bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang‗ich sinf o‗quvchilari 
uchun 250—350 kkal dan;
o‗rta va yuqori sinf o‗quvchilari uchun — 350—450 kkal dan kam 
bo‗lmasligi talab qilinadi. 
Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni 
almashtirib turilishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog‗, 
uglevodlar, vitaminlar bo‗lishi kerak. Masalan; go‗shtli, karamli, kartoshkali, 
oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupadan qilingan sutli bo‗tqa, 
mastava, shovla, kotlet, issiq sut; choy, non, bulochka kabilar. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, bolalar shirinlikka o‗ch bo‗ladi, ular 
uyidan maktabda ovqatlanish uchun olib kelgan pulini shirinliklarga sarflab, 
issiq ovqat iste‘mol qilmasligi mumkin. Shirinliklar tarkibida esa bola 
organizmi uchun zarur oqsil, yog‗, vitaminlar, mineral tuzlar bo‗lmaydi. 
Shuning uchun maktab bufetida shirinlik (konfet, pechenye, praynik, pirojnoye, 
limonad) lar sotilmaganliga ma‘qul. 
Mamlakatimizda bolalar va o‗smirlarning sog‗lom bo‗lishi, 
jismoniy baquvvat o‗sishi va rivojlanishi normal bo‗lishini ta‘minlash uchun 
barcha sharoitlar yaratilgan, shuning uchun ovqat yoki vitaminlar 
yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar umuman uchramaydi. 
Ba‘zi bolalar va o‗smirlarni nisbatan ozg‗in bo‗lishi ovqatni 
yetishmasligidan emas, balki ovqatlannsh tartibining noto‗g‗ri tashkil qilinishi, 
yuqorida aytib o‗tilganidek, shirinlikni haddan tashqari ko‗p iste‘mol qilish 
tufayli ishtahaning bo‗g‗ilishi yoki organizmda yashirin holda davom 
etadi
gan 
surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo‗lishi bilan bog‗liqdir. Bunday ozg‗in 
bolalarni albatta 
meditsina
tekshiruvidan o‗tkazish, ovqat tartibini to‗g‗ri 
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Aksincha, keyingi yillarda semirgan bolalar va o‗smirlar soni 
ko‗payib bormoqda. Buning sababi birinchidan ovqatni ayniqsa yog‗li, shirinli, 
xamir ovqatlarni ko‗proq iste‘mol qilish, ikkinchidan — harakatlanish, 
jismoniy mashg‗ulotlar bilan kam shug‗ullanishdir. 
Ko‗pchilik ota-onalar bolani ayniqsa bir yoshgacha, qolaversa 
3—4 yoshgacha jismoniy rivojlanishi bilan muntazam ravishda qiziqib 
boradilar-u, lekin maktab, yoshida butunlay bu masalaga e‘tibor bermay 
qo‗yadilar. Albatta bunday qilish yaramaydi. Ayniqsa balog‗atga yetish 


69 
davrigacha (14—15 yoshgacha) bolalar va o‗smirlar sog‗ligi, ularning jismoniy 
rivojlanishi ota-ona, qolaversa tarbiyachi va o‗qituvchilar uchun muhim 
ahamiyatga ega. Bola tana vaznining normal bo‗lishi uning ish qobiliyatiga va 
nihoyat fanlarni o‗zlashtirish qobiliyatiga ta‘sir ko‗rsatmasdan iloji yo‗q. Turli 
yoshdagi bolalar va o‗smirlarning tana vazni, bo‗y uzunligi normada qanday 
bo‗lishi kitobni bolalar va o‗smirlar sog‗ligi va jismoniy rivojlanish 
ko‗rsatkichlari bobidagi maxsus jadvalda ko‗rsatilgan edi. 
Agar bola yoki o‗smirning tana vazni mazkur jadvalda 
ko‗rsatilganga nisbatan, 15-—20% ga oshgan bo‗lsa, - semirishning 1 darajasi, 
20—50% ga oshgan bo‗lsa – II darajasi, 50—60% dan ko‗proqqa oshgan 
bo‗lsa - III darajasi, 100% dan ko‗pga oshgan bo‗lsa – IV darajasi bo‗lib 
hisoblanadi, ayniqsa, uning II—III—IV- darajalari kasallik hisoblanadi.
Bunday bolalarni arterial qon bosimi ko‗tariladi, yurak ishi 
qiyinlashadi, diabet kasaliga beriluvchan bo‗ladi, boshi og‗riydi, tez 
charchaydi, ish qobiliyati pasayadi, darsda ko‗pincha uyqu bosadi o‗zlashtirishi 
pasayadi. 
Nerv sistemasining funksional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar 
o‗z tengdoshlari oldida o‗zlarini noqulay sezadilar, shuning uchun ham 
chekadilar, 
o‗ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik, ularni chuqur 
qayg‗urishiga sabab bo‗ladi. 
Semirishning asosiy sababi, yuqorida aytilganidek ovqatni ko‗p 
iste‘mol qilish, ayniqsa, yog‗li, xamir ovqatlar shirinliklarni me‘yoridan
ortiqcha iste‘mol qilishdir. Ota-ona, tarbiyachi va o‗qituvchilar bolalarning 
ovqat tartibini doimo nazorat qilib turishlari kerak. Semirishning oldini olishda 
jismoniy tarbiya, sport, muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga 
ega.
Ertalabki 15—20 minutlik qilingan gimnastika faqatgina 25—30 
kilokaloriya energiya sarflanishiga imkon beradi, xolos. Bu energiyani o‗rni 
esa 2—3 chaqmoq qand iste‘mol qilish bilan qoplanadi. 
Sog‗lom bo‗lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2—3 soat o‗rtacha 
tezlikda piyoda yurmog‗i lozim. Shunda uning organizmi 600—800 
kilokaloriya energiya sarflaydi.
Hujayra va to‗qimalar qancha jismoniy harakat bajarsa ulardagi 
zapas, to‗planib yotgan energiya shuncha sarflanadi, ularning tarkibiy qismi 
o‗rniga yangi — yosh tarkibiy qism paydo bo‗ladi, oqibatda, hujayralar 
yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va 
o‗smirlarning sog‗lom baquvvat o‗sib - ulg‗ayishi, ish qobiliyatining 
unumdorligi ko‗p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gigiyenik talabga 


70 
muvofiq tashkil qilinishiga bog‗liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va 
o‗qituvchilar bolalarga ko‗makdosh bo‗lmoqlari lozim. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling