Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Gameostaz. Yuksak hayvonlar organizmida tashqi muhitning 
ko‗pchilik ta`siriga qarshi turuvchi, hujayralarning yashash sharoiti bir qadar 
doimiy bo‗lishini ta`minlovchi moslanishlar vujudga kelgan. Bu bir butun 
organizmning hayot faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Misollar bilan 
ko‗rsataylik, issiq qonli, ya`ni gavda temperaturasi doimiy bo‗lgan hayvonlarning 
hujayralari temperatura chegaralari tor (odamda 36-38° atrofida) bo‗lgan sharoitda 
normal ishlaydi. Haroratning bu chegaralardan chiqib ketishi hujayralar hayot 


59 
faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga issiq qonli hayvonlar 
organizmi tashqi muhit temperaturasi ancha o‗zgargan sharoitda yashay oladi. 
Masalan, qutb ayig‗i -70° va +20° -30° temperaturada ham yashayveradi. Buning 
boisi shuki, bir butun organizmning atrof muhit bilan issiqlik almashinishi, ya`ni 
issiqlik hosil bo‗lishi (issiqlik ajralishi bilan davom etuvchi ximiyaviy 
protsesslarning intensivligi) va issiqlik chiqib ketishi boshqarilib turadi. Masalan, 
tashqi muhit temperaturasi past bo‗lganda issiqlik ko‗proq hosil bo‗ladi, issiqlik 
chiqib ketishi esa kamayadi. Shuning uchun tashqi temperatura bir qadar 
o‗zgarganda gavda temperaturasi doimo bir darajada turaveradi. 
Organizm hujayralaridagi elektrolitlar va suv miqdorining doimiyligi tufayli 
osmotik bosim bir qadar doimiy bo‗lgandagina hujayralar normal ishlay oladi. 
Osmotik bosimning o‗zgarishi - ortishi yoki kamayishi hujayra funksiyalari va 
strukturasining buzilishiga olib keladi. Organizm bir butun bo‗lgani uchun ortiqcha 
suv kirganda ham, suvdan mahrum bo‗lganda ham, ovqatdagi tuzlar miqdori ko‗p 
yoki kam bo‗lganida ham ma`lum vaqt yashay oladi. Buning boisi shuki, gavdada 
suv va elektrolitlarning doim bir xil miqdorda turishiga yordam beruvchi 
moslamalar bor. Suv ortiqcha kirganda ortiqchasi chiqaruv organlari (buyraklar, ter 
bezlari, teri) orqali organizmdan tez chiqib ketadi, suv yetishmaganda esa gavdada 
ushlab qolinadi. Chiqaruv organlari organizmdagi elektrolitlar miqdorini shu yo‗l
bilan boshqarib turadi chiqaruv organlari ortiqcha suvni tez chiqarib yuboradi yoki 
organizmga tuzlar yetarli kirmaganda ularni organizm suyuqliklarida ushlab 
qoladi. 
Bir tomondan qon va to‗qima suyuqligidagi, ikkinchi tomondan 
hujayralar protoplazmasidagi ayrim elektrolitlar konsentratsiyasi turlicha. Qon va 
to‗qima suyuqligida natriy ionlari ko‗proq hujayra protoplazmasida esa kaliy 
ionlari ko‗proq. Kaliy ionlarini hujayra ichida ushlab to‗radigan, natriy ionlarining 
hujayrada to‗planishiga yo‗l qo‗ymaydigan maxsus mexanizm borligidan, hujayra 
ichi va sirtidagi ionlar kontsentratsiyasi farq qiladi. Tabiati xali aniqlanmagan bu 
mexanizm natriy-kaliy nasosi deb atalgan, u hujayradagi modda almashinuvi 
protsessi bilan boglangan. 
Ichki muhit ximiyaviy tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalarining doimiyligi 
yuksak hayvonlar organizmining muhim xususiyatidir. Bu doimiylikni ifodalash 
uchun U. Kennon keng tarqalgan gomeostaz iborasini taklif qilgan. Bir qancha 
biologik konstantalar, ya`ni organizmning normal holatini harakterlovchi barqaror 
miqdoriy ko‗rsatkichlar mavjudligi gomeostazning ifodasidir. Bunday barqaror 
ko‗rsatkichlarga: gavda temperaturasi, qon va to‗qima suyuqligining osmotik 
bosimi, ulardagi natriy, kaliy, kalsiy, xlor va fosfor ionlari, shuningdek oqsillar 
bilan qand miqdori, vodorod ionlari kontsentratsiyasi va boshqalar kiradi. Ichki 
muhit tarkibi, fizik-ximiyaviy va biologik xossalari doimiyligi mutloq bo‗lmay, 


60 
balki nisbiy va dinamik ekanligini uqtirib o‗tish lozim. Bu doimiylikka bir qancha 
organ va to‗qimalarning beto‗xtov ishlashi tufayli erishiladi, tashqi muhit 
o‗zgarishlarining ta`sirida va organizm hayot faoliyati natijasida ichki muhit tarkibi 
va fizik-ximiyaviy xossalarida ro‗y beradigan o‗zgarishlar bir qancha organ va 
to‗qimalarning beto‗xtov ishlashi tufayli tenglashib qoladi. 
Gomeostazning saqlanib turishida turli organlar va ularning sistemalari 
turlicha rol o‗ynaydi. Masalan, ovqat xazm qilish organlari oziq moddalarning 
organizm hujayralari foydalana oladigan shaklda qonga kirishini ta`minlaydi. Qon 
aylanish sistemasi organlari qonni to‗xtovsiz harakatlantirib va organizmda turli 
moddalarni tashib turadi, natijada oziq moddalar, kislorod va organizmning o‗zida 
hosil bo‗luvchi turli ximiyaviy moddalar hujayralarga keladi, hujayralardan ajralib 
chiqadigan tashlandiqlar (parchalanish maxsulotlari), shu jumladan, karbonat 
angidrid ularni organizmdan chiqarib yuboradigan organlarga keladi.
Nafas organlari qonga kislorod kirishini va organizmdan karbonat 
angidridning chiqarib yuborilishini ta`minlaydi. Jigar va boshqa bir qancha 
organlar ko‗pchilik ximiyaviy o‗zgarishlarni yuzaga chiqaradi, xujayralarning 
hayot faoliyatida ahamiyati bo‗lgan ximiyaviy birikmalarni sintezlaydi va 
parchalaydi. Chiqaruv organlari buyraklar, o‗pka, ter bezlari, teri organik 
moddalar parchalanishining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi 
va qondagi qand miqdorini normalligini ta‘minlaydi. Demak to‗qima suyuqligidagi 
va organizm hujayralaridagi suv bilan elektrolitlar miqdori doimiyligini saqlab 
turadi. 
Gomeostazning saqlanishida nerv sistemasi juda muhim ro‗l o‗ynaydi. Nerv 
sistemasi tashqi va ichki muhitning turli o‗zgarishlariga xushyorlik bilan reaksiya 
ko‗rsatib, organlar bilan sistemalar faoliyatini shunday boshqaradiki, organizmda 
ro‗y berayotgan va ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarish va buzilishlarning oldi 
olinadi. Organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini ta`minlaydigan moslamalar 
rivojlangani tufayli, organizm hujayralari tashqi muhitning o‗zgaruvchan 
ta`sirlarini unchalik pisand qilmaydi. K.l. Bernar ta`biri bilan aytganda, "ichki 
muhit doimiyligi erkin va mustaqil hayot shartidir". 
Gomeostazning muayyan chegaralari bor. Organizm qaysi sharoitga 
moslashgan bo‗lsa, o‗sha sharoitdan ancha farq qiluvchi sharoitda ayniqsa uzoq 
turganda gomeostaz buzilib, normal xayotga imkon bermaydigan katta o‗zgarishlar 
ro‗y berishi mumkin. Masalan, tashqi temperatura o‗zgarganda (oshganda yoki 
kamayganda) gavda temperaturasi ko‗tarilishi yoki pasayishi, organizm qizib 
ketishi yoki sovib qolishi, oqibatida esa xalok bo‗lishi mumkin. Xuddi shuningdek 
organizmga suv va tuzlar kirishi juda kamayganda yoki u mazkur moddalardan 
tamomila mahrum bo‗lganda ichki muhit tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalarining 
nisbiy doimiyligi bir necha vaqtdan keyin buzilib, organizm yashashdan to‗xtaydi. 


61 
Gavda temperaturasi issiqqonli hayvonlardagina nisbiy doimiy bo‗ladi 
(gomoyotermiya). Sovuqqonli hayvonlarning gavda temperaturasi tashqi muhit 
temperaturasiga yaqin bo‗lib, o‗zgarib turadi (poykilotermiya). Yangi tug‗ilgan 
hayvonning gavda temperaturasi, ichki muhit tarkibi va fizik-ximiyaviy xossalari 
voyaga yetgan organizmdagi kabi doimiy emas. Gomeostazning hatto salgina 
buzilishi ham patologiyaga olib keladi, modomiki shunday ekan, gavda 
temperaturasi, qonning arterial bosimi, tarkibi, fizik-ximiyaviy va biologik 
xossalari va shunga o‗xshash nisbiy doimiy fiziologik ko‗rsatkichlarni aniqlash 
kasalliklarni aniqlash (diagnostika) uchun kattа ahamiyatga ega. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling