Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

rentgen ko‘rinishi 
Keyinchalik organizmning turli qismlariga fistulalar qo‗yish usuli 
yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda ma‘lumotlar olish 
imkoniyatiga ega bo‗lindi. 


56 
Fistula – bu hazm bezlari yo‗li yoki ovqat hazmi trakti – bo‗shlig‗ini 
organizmni tashqi muhit bilan aloqasini sun‘iy bog‗lanishini ta‘minlovchi 
naycha –asbobdir. Bu usulning yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal 
yoki me‘da jarohatlanishi natijasida me‘da yoki ichaklarda yuzaga kelgan 
teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo‗lgan. 1842- yilda Moskvalik 
jarroh Basov itlarni me‘dasiga qo‗yilgan fistula orqali me‘da sekretsiyasini 
kuzatishni taklif qildi. Ammo, bunday sharoitda, o‗rganish uchun toza me‘da 
shirasi olish mumkin emas edi, chunki olingan shiralar oziqalar qoldiqlari
so‗lak va doimiy ravishda me‘dada bo‗ladigan shilimshiq moddalar bilan 
aralashgan holda bo‗ladi. 
Faqatgina I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan tadqiqotlar natijasigina,
fistulalar qo‗yish usulini tan olinishiga olib keldi va ishlab chiqarishga tadbiq 
etilib, hozirda ham keng qo‗llanilmoqda. I.P.Pavlov surunkali tajribalarni 
bajarish davomida, jarrohlik yo‗li bilan hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari 
faoliyati orqasidan uzoq muddatli kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar 
usulidan foydalandi. I.P.Pavlov o‗zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli 
o‗laroq, operasiyadan keyin hayvon sog‗aygach o‗rganiladigan organ uchun 
ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat ko‗rsatishi uchun mo‗tadil
sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topdi va fanga tadbiq qildi. 
Моdda va energiya almashinuvi. Moddalar almashinuvi tirik 
organizmning eng muhim funksiyasi va hayotining xarakterli belgisi ekanligi 
barchamizga ma‘lum. Barcha hujayralarda doimo moddalar almashinuvi tufayli 
hujayra strukturalari va hujayralararo modda uzluksiz hosil bo‗lib, yemirilib va 
yangillanib turadi. Buning sababi shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy 
birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir modda ikkinchi moddaga 
aylanadi. 
Bunda energiya bir holatdan ikkinchi holatga o‗tadi, kimyoviy 
birikmalardagi potensial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, 
mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi. 
Organizm sarflarini to‗ldirish, gavda og‗irligini saqlash va o‗sish ehtiyojlarini 
qondirish uchun organizmga tashqi muhitdan oqsil, yog‗, karbonsuvlar, 
vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirib turishi lozim. Ularning miqdori va sifati 
organizmning holatiga va uning yashash sharoitiga mos kelishi kerak. Bunga 
har xil moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‗luvchi qoldiq moddalardan 
tozalanishi lozim. Bunga ayiruv organlarining faoliyati tufayli erishiladi. 
Fiziologik funksiyalar - hayot faoliyatining moslanish uchun ahamiyatli 
belgilaridir, organizm turli funksiyalarni o‗tay turib tashqi muhitga moslashadi 
yoki muhitni o‗z extiyojlariga moslashtiradi, hujayra, to‗qima, organ yoki 
organizmning har qanday fiziologik funksiyasi tirik mavjudotlarning tur yoki 


57 
individda rivojlanishi tarixi - filogenez va ontogenezning natijasidi. Modda va 
energiya almashinuvi tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Bu protsess 
organizmda va uning barcha strukturalarida doimo va beto‗xtov ro‗y berib turuvchi 
ximiyaviy va fizikaviy o‗zgarishlardan, moddalar o‗zgarishidan va energiya 
almashinuvidan iborat.
Moddalar almashinuvi assimilyatsiya va dissimilyatsiya degan ikki 
jarayonning birligidan iborat. Moddalar almashinuvi, yoki metabolizm hayotning 
zarur shartidir.Tirik o‗likdan, tirik mavjudotlar olami anorganik olamdan moddalar 
almashinuvi bilan farq qiladi. Moddalar almashinuvi tirik protoplazmaning 
yashashiga yordam beradi va uning o‗zidan yangilanib turishiga sabab bo‗ladi, 
moddalar almashinib turar ekan, hayot ham mumkin bo‗ladi. Moddalar 
almashinuvining to‗xtashi oqibatida organizm o‗ladi, protoplazma yemirilib ketadi, 
protoplazmaga harakterli bo‗lgan ximiyaviy birikmalar, avvalo oqsil birikmalar 
parchalanib, xech avvalgi holiga qaytmaydi. 
Qolgan barcha fiziologik funksiyalar – o‗sish, rivojlanish, ko‗payish, 
ovqatlanish va ovqatni hazm qilish, nafas olish, sekretsiya va hayot faoliyati 
tashlandiqlarini chiqarish, harakat, tashqi muhitning o‗zgarishiga javoban ro‗y 
beruvchi reaksiyalar va shu kabilar modda almashinuviga bog‗liq. Har qanday 
fiziologik funksiya moddalar bilan energiya almashinuvining ma`lum yig‗indisiga 
asoslanadi. Bu so‗z ayrim xujayra, to‗qima, organ yoki butun organizmning 
funksiyalariga birday taalluqli. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling