Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Моdda va energiya almashinuv
rentgen ko‘rinishi
Keyinchalik organizmning turli qismlariga fistulalar qo‗yish usuli yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda ma‘lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‗lindi. 56 Fistula – bu hazm bezlari yo‗li yoki ovqat hazmi trakti – bo‗shlig‗ini organizmni tashqi muhit bilan aloqasini sun‘iy bog‗lanishini ta‘minlovchi naycha –asbobdir. Bu usulning yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal yoki me‘da jarohatlanishi natijasida me‘da yoki ichaklarda yuzaga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo‗lgan. 1842- yilda Moskvalik jarroh Basov itlarni me‘dasiga qo‗yilgan fistula orqali me‘da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Ammo, bunday sharoitda, o‗rganish uchun toza me‘da shirasi olish mumkin emas edi, chunki olingan shiralar oziqalar qoldiqlari, so‗lak va doimiy ravishda me‘dada bo‗ladigan shilimshiq moddalar bilan aralashgan holda bo‗ladi. Faqatgina I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan tadqiqotlar natijasigina, fistulalar qo‗yish usulini tan olinishiga olib keldi va ishlab chiqarishga tadbiq etilib, hozirda ham keng qo‗llanilmoqda. I.P.Pavlov surunkali tajribalarni bajarish davomida, jarrohlik yo‗li bilan hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan uzoq muddatli kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar usulidan foydalandi. I.P.Pavlov o‗zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o‗laroq, operasiyadan keyin hayvon sog‗aygach o‗rganiladigan organ uchun ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat ko‗rsatishi uchun mo‗tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topdi va fanga tadbiq qildi. Моdda va energiya almashinuvi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning eng muhim funksiyasi va hayotining xarakterli belgisi ekanligi barchamizga ma‘lum. Barcha hujayralarda doimo moddalar almashinuvi tufayli hujayra strukturalari va hujayralararo modda uzluksiz hosil bo‗lib, yemirilib va yangillanib turadi. Buning sababi shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir modda ikkinchi moddaga aylanadi. Bunda energiya bir holatdan ikkinchi holatga o‗tadi, kimyoviy birikmalardagi potensial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi. Organizm sarflarini to‗ldirish, gavda og‗irligini saqlash va o‗sish ehtiyojlarini qondirish uchun organizmga tashqi muhitdan oqsil, yog‗, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirib turishi lozim. Ularning miqdori va sifati organizmning holatiga va uning yashash sharoitiga mos kelishi kerak. Bunga har xil moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‗luvchi qoldiq moddalardan tozalanishi lozim. Bunga ayiruv organlarining faoliyati tufayli erishiladi. Fiziologik funksiyalar - hayot faoliyatining moslanish uchun ahamiyatli belgilaridir, organizm turli funksiyalarni o‗tay turib tashqi muhitga moslashadi yoki muhitni o‗z extiyojlariga moslashtiradi, hujayra, to‗qima, organ yoki organizmning har qanday fiziologik funksiyasi tirik mavjudotlarning tur yoki 57 individda rivojlanishi tarixi - filogenez va ontogenezning natijasidi. Modda va energiya almashinuvi tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Bu protsess organizmda va uning barcha strukturalarida doimo va beto‗xtov ro‗y berib turuvchi ximiyaviy va fizikaviy o‗zgarishlardan, moddalar o‗zgarishidan va energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvi assimilyatsiya va dissimilyatsiya degan ikki jarayonning birligidan iborat. Moddalar almashinuvi, yoki metabolizm hayotning zarur shartidir.Tirik o‗likdan, tirik mavjudotlar olami anorganik olamdan moddalar almashinuvi bilan farq qiladi. Moddalar almashinuvi tirik protoplazmaning yashashiga yordam beradi va uning o‗zidan yangilanib turishiga sabab bo‗ladi, moddalar almashinib turar ekan, hayot ham mumkin bo‗ladi. Moddalar almashinuvining to‗xtashi oqibatida organizm o‗ladi, protoplazma yemirilib ketadi, protoplazmaga harakterli bo‗lgan ximiyaviy birikmalar, avvalo oqsil birikmalar parchalanib, xech avvalgi holiga qaytmaydi. Qolgan barcha fiziologik funksiyalar – o‗sish, rivojlanish, ko‗payish, ovqatlanish va ovqatni hazm qilish, nafas olish, sekretsiya va hayot faoliyati tashlandiqlarini chiqarish, harakat, tashqi muhitning o‗zgarishiga javoban ro‗y beruvchi reaksiyalar va shu kabilar modda almashinuviga bog‗liq. Har qanday fiziologik funksiya moddalar bilan energiya almashinuvining ma`lum yig‗indisiga asoslanadi. Bu so‗z ayrim xujayra, to‗qima, organ yoki butun organizmning funksiyalariga birday taalluqli. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling