Va oliy nerv faoliyati


  OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING TUZILISHI


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 


52 
OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING TUZILISHI,
FIZIOLOGIYASI . MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVINING
YOSH XUSUSIYAT LARI. 
 
Ovqat bilan organizm oqsillar, yog‗lar va uglevodlar kabi murakkab 
organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o‗sish jarayonida 
va o‗zgarishga uchragan hujayralarni o‗rniga yangilarini hosil bo‗lishida 
qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To‗yimli moddalar organizmdagi 
energetik moddalar manbai hisoblanadi. 
Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma‘danli tuzlar va suv 
ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman
kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko‗pchiligi 
ko‗plab reaksiyalarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishtirok etadi. 
Suv, ma‘danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to‗lig‗icha 
o‗zgarmagan holda o‗zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‗lar va 
uglevodlar borasida gap yuritadigan bo‗lsak, ular organizm tomonidan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazm 
tizimi devorlaridan o‗ta olmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil 
topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, ularning hammasi 
organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda 
ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli 
bo‗lsa kerak, nima uchun asosiy to‗yimli moddalar organizmni ichki muhitiga 
tushishidan oldin hazmlanadi. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida, oshqozonda va ichakda ovqatning hazm bo‘lishi.Og‗iz 
bo‗shligi og‗iz dahlizi va haqiqiy og‗iz bo‗shlig‗idan iborat bo‗lib, bu erda 
ovqat tishlar yordamida mexanik ravishda maydalanadi, so‗lak bezlaridan 
ishlab chiqarilgan so‗lak yordamida qisman parchalanadi, ovqat to‗qimasi 
so‗lak bilan aralashadi.Ovqat og‗iz bo‗shlig‗ida chaynalib tishlar yordamida 
maydalanadi. Og‗iz bo‗shligi atrofidagi yirik va mayda so‗lak bezlaridan so‗lak 
ishlanib chiqib, og‗iz bo‗shlig‗iga qo‗yiladi. So‗lak bezlari til asosida, 
yumshoq va qattiq tanglay hamda halqumda joylashgan. Bu bezlar tarkibida 
ko‗p miqdorda mutsin bo‗lgan so‗lak ishlab chiqariladi. 
So‗lak shartli va shartsiz reflekslar asosida ajraladi. So‗lak ajratishning 
nerv markazi uzunchoq miya va bosh miya yarim sharlarida joylashgan.Yutish 
murakkab fiziologik jarayon bo‗lib, uning nerv markazi uzunchoq miyada 
joylashgan. Yutish jarayoni nafas olish bilan bog‗liq. Ovqat luqmasi chaynalib, 
so‗lak bilan aralashgandan so‗ng silliqlanib til yordamida yutqinga o‗tkaziladi 
va yutiladi. Luqma yutilgandan so‗ng qizilo‗ngachdan medaga o‗tadi.. 


53 
Meda ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi bo‗lib, katta odamda 
noksimon shaklda bo‗ladi. medaning kirish va chiqish joyi, tubi va katta, kichik 
aylanasi farq qilinadi. Katta odamda bir sutkada 1,5-2 dm me'da shirasi ishlab 
chikariladi. Me'da shirasining 99-99,5% suv, 0.3-0,4% organik moddalar va 
tuzlardan iborat. Meda shirasi kislotalilik xususiyatiga ega bo‗lib, tarkibida 0,3-
0,4% xlorid kislota bor. Pepsin, lipaza oshqozon shirasining asosiy 
fermentlaridan 
hisoblanadi, 
pepsin 
oqsillarni 
al'bumin, 
peptonlarga 
parchalaydi, amilaza esa emulsiyalangan yog‗larni parchalaydi. 
Turli ovqat moddalariga turli miqdorda me'da shirasi ajraladi. Me'da 
shirasining ajralishi nerv-gumoral yo‗l bilan boshqariladi. Nerv yo‗li bilan 
boshqarilish shartsiz va shartli reflekslar asosida amalga oshadi. Ovqat og‗izga 
tushganidan so‗ng, og‗izdagi retseptorlar ta'sirlanib, ta'sir markazga intiluvchi 
nervlar orqali uzunchoq miyaga boradi, u yerdan me'da bezlariga borib, 
medadan shartsiz refleks asosida shira ajrala boshlaydi.Ingichka ichakning 
uzunligi katta odamda 6-7 m, diametri 2,5 sm. Ingichka ichak, o‗nikki barmoq 
ichak, och ichak va yonbosh ichaklarga bo‗linadi. Ingichka ichakning shilliq 
qavatida juda ko‗p miqdorda vorsinkalar joylashgan, ana shu vorsinkalar 
hisobiga ingichka ichakning yuzasi 8 marta ortib, 40 m ga yetadi. O‗n ikki 
barmoq ichakda ovqat o‗t suyuqligi va me'da osti bezi shirasi hamda o‗n ikki 
barmoq ichak devorlarida ishlanib chiqqan ichak shirasi ta'sirida ximiyaviy 
parchalanadi. Ichak shirasining 99-99,5% suv, qolgan qismi organik moddalar, 
turli xil fermentlar va tuzlardan iborat. Ichak shirasi tarkibida fermentlardan 
eripsin, enteriokinaza, lipaza va amilaza fermentlari va turli tuzlar 
bo‗ladi.Ovqat hazm qilish kanalida ovqat moddalar mexanik, ximiyaviy 
ravishda parchalanib, suvda erigan holga keltirilgandan so‗ng ichaklar devori 
orqali qonga va limfga so‗rila boshlaydi. Ovqat moddalarning oxirgi 
mahsulotlari asosan och va yonbosh ichaklarda so‗riladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling