Va oliy nerv faoliyati
Maktab jihozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Maktab jihozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar Maktab mebeli
o‗quvchi bo‗yiga muvofiq bo‗lishi kerak. Bu tana vaziyatini to‗g‗ri tutib turishga imkon beradi va ish uchun qulay sharoit yaratadi. O‗quvchining gavdasi tik vaziyatda, ikkala elkasi bir satxda bo‗lishi kerak. Oyoqlarining tagi butun yuzasi bilan polga yoki oyoq qo‗yiladigan taxtaga, chanog‗i va sonlari kursiga, orqasi esa parta suyanchig‗iga tegib turishi kerak. Bu uchala tayanch nuqtasi tufayli muskullarning statik tarangli kam darajaga tushadi va tananing barqaror bo‗lishiga erishiladi. O‗qish va yozish vaqtida ikkala bilakni parta qopqog‗i ustiga erkin qo‗yish, tirsaklar esa deyarli uning chetida bo‗lishi kerak. Bunda gavda va bosh, ikkala ko‗zning vaziyati pero uchi yoki kitobgacha bir xil, ko‗rish uchun eng qulay masofada bo‗ladi. Gavda bilan stolning yaqin qirrasi orasida 3-4 sm ochiq joy qolishi lozim. Oyoqlar tizza bo‗g‗imida to‗g‗ri burchak yoki o‗ta past stol oldida bukilgan bo‗lishi kerak. O‗ta baland yoki o‗ta past stol oldida o‗tirish umurtqa pog‗onasining qiyshayib qolishiga sabab bo‗ladi. Shunday qilib, o‗quvchi partada to‗g‗ri o‗tirganda qorin va ko‗krak bo‗shlig‗idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‗ziga zo‗r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o‗quv choragida o‗quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko‗chirish tavsiya qilinadi. O‗quvchilarni jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikro iqlimiga taalluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o‗quvchilarning bo‗yiga mos kelishi, ish vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan, ko‗zni zo‗riqtirmaydigan va umurtqa pog‗onasini qiyshaytirmaydigan to‗g‗ri tanlay bilish vaziyatini tana bilish kerak. Asboblar ham o‗quvchilarning qo‗liga va kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan foydalansa, bu avvalo, qo‗l muskullaring tez toliqtirib qo‗yadi va suyak to‗qimasini mustaxkamlashning o‗rniga uning jadal suyaklanishiga olib keladi. Bolalarning og‗ir narsalarni ko‗tarishiga yo‗l qo‗ymaslik darkor. Ikkita 50 o‗quvchining zambilda ko‗taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kg dan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun 6 kg, 10-12 yashar bolalar uch 10 kg, 13-15 yashar va 14- 16-17 yashar bolalar uchun 24 kg oshmasligi kerak. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling