Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq skeleti
Qo‘l skeleti. Qo‗l skeletiga yelka kamari suyaklari va erkin turgan
bo‗limidagi suyaklar kiradi. Bular juft suyaklardir, chunki tananing chap va o‗ng tomonida bo‗ladi.Yelka kamari kurak va o‗mrov suyaklaridan tashkil topgan, erkin turgan qismi esa yelka, tirsak va bilak suyaklari, panja, kaft usti, kaft suyaklari va barmoq falangalaridan iborat. Ular o‗zaro harakatchan bo‗g‗imlar, boylamlar va muskul paylari bilan birikkan. Qo‗l suyaklarining suyaklanishi skeletning o‗sish muddatlari bilan mos keladi va 20-24 yoshda tugallanadi. Qo‗l panjasi suyaklarining suyaklanish jarayoni birmuncha barvaqt tugallanadi. Yangi tug‗ilgan bolalarda kaft usti va barmoq falangalari tog‗ay to‗qimasidan iborat bo‗lib, suyaklanish 7 yoshga kelib yaqqol ko‗rinadi va 16-17 yoshgacha davom etadi. Bolalarni xat yozishga va rasm chizishga o‗rgatishda panja suyaklarining holatiga ahamiyat berish kerak, chunki 44 suyak-muskul sistemasi bajaradigan ish suyaklanish holatiga ta'sir etib, u ko‗p chiniqtirilganda va ko‗p ishlatilganda suyaklanishni tezlashtiradi va nagruzka kam bo‗lganda sekinlashtiradi. Oyoq skeleti. To‗g‗ri yurish munosabati bilan odamning oyoq panjasi uchun gumbazsimon tuzilish va oyoq panjasida tayanch yuzasi hosil bo‗lishida qatnashadigan bosh barmoqning kuchli rivojlanganligi xosdir. Gumbaz tovon suyagiga va oyoq kafti suyaklarining uchlariga tayanadi. Oyoq panjasida qavariq tomoni bilan uning ichiga yo‗nalgan gumbaz bo‗ladi. U prujina kabi harakat qilib, yurish, sakrash, yugurish vaqtida tanani urilish va turtkilardan saqlaydi, ularni yumshatadi va ressor vazifasini bajaradi. Oyoq panjasi gumbazi panjaning kaft tomonida joylashgan muskullar, qon tomirlar va nervlarni bosilishdan muhofaza qiladi. Yosh bolalar sayr qilishda va ekskursiyalarda tez charchab qoladi, oyoqlari og‗rishidan noliydi. Bu yassioyoqlik boshlanib kelayotganidan darak beradi va bunday bolalar to‗g‗rilovchi gimnastika mashqlarni bajarishlari, ularning poyafzaliga maxsus pataklar-supinatorlar qo‗yib berish kerak bo‗ladi. Bu yassioyoqlikning rivojlanishini va avj olishini qaytaradi. Maktabgacha yoshdagi, kichik va o‗rta maktab yoshidagi bolalar muskul sistemasining normal rivojlanishi uchun kiyim-bosh va poyabzal ularning anatomik-fiziologik xususiyatlariga keladigan bo‗lishi kerak. Kiyim-bosh va poyabzalning torligi qon aylanishini, oyoq panjasi muskullari, boylamlari rivojlanishini qiyinlashtiradi, poyabzalning keng bo‗lishi esa oyoq terisining shilinishiga sabab bo‗ladi. Poshnaning balandligi oyoq panjasi uzunligining 1/5 dan oshmasligi, jismoniy tarbiyada kiyiladigan shippaklarning muskul apparatini mustahkamlash uchun har kuni oyoqni uy temperaturasidagi suvda yuvish muhim ahamiyatga ega. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling