Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari. 
1.Hujayra tiriklikning asosiy birligi deganda nima tushuniladi. 
2.QAnday to‗qimalarni bilasiz ?. 
3. To‗qimalarning bir-biriga o‗xshashligi va farqi nimada? 
4.Qanday a‘zo va a‘zolar tizimi mavjud ?. 
5.O‗sish va rivojlanishning o‗mumiy qoniyatlarini ayting ?.
 
 
ODAM TAYANCH-HARAKAT APPARATINING TUZILISHI
AHAMIYATI VA VAZIFASI. SKELIT VA MUSKULLARNING UMUMIY 
TUZILISHI FIZIOLOGIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI. 
Odam skeleti. Skelet 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‗lib, ulardan 85 tasi 
juft suyaklar, shuningdek, tog‗aylar va boylamlardan iborat. Katta yoshli odamda 
suyaklarning vazni: erkaklarda tana massasining 18% ni, ayollarda 17%ni, yangi 
tug‗ilgan chaqaloqlarda taxminan 14% ni tashkil qiladi.Gavda, bosh skelet, qo‗l va 
oyoq suyaklari farq qilinadi. Shuningdek, qo‗llarda yana yuqorigi yelka kamar 
suyaklari va erkin osilib turgan qo‗l suyaklari bo‗ladi. 
Suyaklar shakli va funktsiyasiga ko‗ra, naysimon, kalta, yassi va havo 
saqlaydigan suyaklarga bo‗linadi. Aralash suyaklar ham bo‗ladi.Suyak to‗qimasida 
taxminan 50% suv, 1.6% yog‗, 22% mineral birikmalar va 12% organik 
birikmalar bo‗ladi. Organik va anorganik tarkibiy qismlarning miqdoriy nisbati 
hayot mobaynida o‗zgarishi mumkin va bu suyaklarning elastikligi hamda 
mustahkamligani ifodalaydi. Organik moddalar nechog‗lik ko‗p bo‗lsa, ularning 
egiluvchanligi va elastikligi shuncha yuqori va aksincha bo‗ladi. Suyakning og‗ir 
yukka, qisilishga yoki cho‗zilishiga chidamliligi uning plastinkasimon tuzilganligi 
bilan tamirlanadi. Suyak to‗qimasidan ko‗p sonli naychalar o‗tgan. Ular osteonlar 
deyiladi. Masalan, son suyagi uzunasiga 750 kg gacha, ko‗ndalang yo‗nalishda esa 
400 kg gacha yuk ko‗tara olishi mumkin. 
Bosh skeleti. Bosh skeleti kalla suyagi deyiladi. U ikki qismdan: miya 
qismi va yuz qismidan iborat. Kalla suyagining miya qismida bosh miya va sezgi 
organlari: ko‗rish, eshitish, muvozanat, yuz qismida yuqori nafas yo‗llari, hid 
bilish organlari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlang‗ich bo‗limi joylashadi 
yuz qismi suyaklarining yig‗indisi yuzning shaklini ifodalaydi. Bosh skeleti 
shaklining o‗ziga xos xilma-xil farqi bo‗ladi. 
O‗sish jarayonida kalla suyagining shakli o‗zgaradi. Bola tug‗ilganda 
suyaklari to‗liq rivojlanmagan, o‗rtasida biriktiruvchi parda bo‗ladi. Ilk go‗daklik 


42 
davrida kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan birmuncha katta hajmda 
bo‗ladi. Yosh kattalashgan sari bu farq yo‗qola boradi, choklar asta-sekin 
suyaklana boshlaydi.Yangi tug‗ilgan chaqaloqning boshchasida suyak bilan 
qoplanmagan liqildoqlar ko‗rinadi, to‗g‗rirog‗i ushlab ko‗rilganda qo‗lga o‗ynaydi. 
Peshona, ensa liqildoqlari va kalla suyagining yon tomon yuzalarida yana 
ikkitadan liqildoqlar bo‗ladi. Eng kattasi peshona liqildog‗i bo‗lib, u peshona va 
tepa suyaklar orasida joylashgan. Bosh miyaning suyak bilan himoyalanmagan 
qismlari hatto arzimas darajada lat yeganda ham miya va miya pardasining xavfli 
shikastlanishiga sabab bo‗lishi mumkin. Kalla suyagi liqildoqlari ikki yoshga 
kelib batamom bitib ketadi, choklari esa to‗rt yoshga kelib bitib ketadi, kalla 
suyagi asosi va katta ensa teshigi yetti yoshga kelib katta yoshli odamdagi doimiy 
darajaga etadi. 6 dan 8 yoshgacha va 13 dan 15 yoshgacha kalla suyagi yuz 
qismining jadal o‗sishi qayd qilinadi, yuz qiyofasi shakllandi, u keyinchalik deyarli 
o‗zgarmaydi, kalla suyagining miya va yuz qismlari o‗rtasidagi nisbati uzil-kesil 
qaror topadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling