Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
1-jadval 
Bolalarning o‘rtacha bo`y uzunligi va tana vazni 
(K.Sodiqov bo‘yicha) 
 
Yoshi 
O‘g‘il bolalar 
Qiz bolalar 
bo‘yi, sm 
Tana,massasi, 
kg 
bo‘yi, 
sm 
tana 
massasi, kg 
1 yosh 3 oy 
76-83 
10.37-12.43 
74-80 
8.4-11.64 
1 yosh 6 oy 
78-85 
10.81-12.81 
76-84 10.58-12.22 
1 yosh 9 oy 
82-87 
11.53-13.81 
80-87 11.39-13.35 
2 yosh 
85-92 
12.01-14.07 
82-90 11.28-14.00 
2 yosh 6 oy 
88-96 
13.00-14.92 
87-95 12.57-15.29 
3 yosh 
92-99 
13.85-16.05 
91-99 13.58-16.12 
4 yosh 
98-107 15.83-18.45 
95-106 
14.50-1754 
5 yosh 
105-116 
17.62-21.76 
96-106 
16.97-19.99 
6 yosh 
111-121 
19.62-24.18 
111-116 
18.83-23.85 
Keyinchalik, toki balog‗at yoshiga yetguniga qadar bolaning o‗sishi va 
rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O‗sish va rivojlanishning ikkinchi - tezlashish 
davri, bolaning balog‗at yoshidagi davriga to‗g‗ri keladi. Yangi tug‗ilish 
davridan, toki to‗lig‗icha voyaga yetish yoshigacha tana uzunligi - 3,5 
marta, gavda uzunligi - 3 marta, qo‗llar uzunligi - 4,5 marta, oyoqlar uzunligi 
esa -5 martagacha ortadi. Xuddi shuningdek odam organizmidagi suyaklar 
ham yoshga mos holda o‗sib boradi. Bolaning asosiy tana suyaklari 14-20-25 
yoshgacha o‗sib bo‗ladi, ammo umurtqa pog‗anasining dumg‗uza qismi 30 
yoshgacha o‗sishda davom etadi. 
Odam hayotining davrlarga bo‘linishi. Odam organizmning yashash 
davrida o‗sish va rivojlanish tezligining bir xil bo‗lmasligining umumiy 
qonuniyatlari asosida kishi yoshini davrlarga bo‗lish tavsiya etilgan. Kishi 
hayotining butun bosqichi bir qancha davrlarga ajratilib, ularda organizmning 
o‗sish va rivojlanish jarayoni, shuningdek, morfofunksional xususiyatlari 
o‗xshash bo‗ladi. Yoshni davrlarga bo‗linishida turli sxemalar bor. Biroq 
bolalar va o‗smirlarni jismoniy tarbiyalash uchun 1965 yil xalqaro 
simpoziumda tavsiya etilgan quyidagi sxemadan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 


38 
Odatda yoshning bir davridan ikkinchi davriga o‗tishi organizm individual 
rivojlanishining sakrash bosqichi deb belgilanadi. Bu davrda faqat miqdor jihatdan 
emas, balki sifat jihatdan ham yosh o‗zgarishlari bo‗ladi. Har bir sakrash 
bosqichida tegishli yosh davriga xos yangi fiziologik o‗zgarishlarni va xulq-atvor 
reaksiyalarini ta'minlaydigan tuzilmalarning irsiyat bilan bog‗liq etilishi yuzaga 
keladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling