Va oliy nerv faoliyati
Rivojlanish qonuniyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Rivojlanish qonuniyatlari. Odam organizmida tuxum hujayra
shakllanishdan to nobud bo‗lgunicha juda murakkab bo‗lgan o‗sish va rivojlanish jarayonlarini kechadi. Shu davrda sodir bo‗ladigan morfologik va funksional o‗zgarishlar shaxsiy rivojlanish - ontogenezni tashkil qiladi. Fiziologiya tirik organizm va qismlarining funktsiyasini o‗rganadi. Shuning uchun, fiziologiyani bayon qilishdan avval "organizm" va "funktsiya" tushunchalariga to‗xtab o‗tishimiz kerak. Organizm - organik olamning mustaqil yashay oluvchi, o‗z-o‗zini boshqara oluvchi va tashqi muhitning turli o‗zgarishlariga bir butun sistema sifatida javob bera oluvchi birligidir. Organizm o‗z atrofidagi tashqi muhit bilan o‗zaro ta`sir etib turgandagina yashay oladi va shunday o‗zaro ta`sir natijasida o‗z-o‗zidan yangilanib turadi. I. M. Sechenov ta`kidlaganidek "Organizmning yashashiga yordam beradigan tashqi muhit bo‗lmasa, organizmning bo‗lishi mumkin emas". Har qanday organizmning xarakterli belgisi shuki, uning strukturalari muayyan tarzda tashkil topgan. Oddiy tirik organizmlar - viruslarda ularni tashkil qiluvchi oqsil molekulalari va nuklein kislotalardan tashkil topgan, xolos. Bu yerda organizm tashkilotining molekulyar darajasi xaqida gapirish mumkin. Paramenifera yoki infuzoriya singari ancha yuqori tashkil topgan bir hujayrali organizmlar murakkabroq tuzilmasi bilan ta`riflanadi: hujayra ichida yadro, mitoxondriyalar, yuza va protoplazma ichidagi membranalar, vakuolalar differentsiallanadi. Bu yerda organizm tashkilotining molekuladan yuqori, hujayra darajasi bor, unda hujayra ichidagi har xil tuzilmalarning funksiyalari differentsiallanadi (tabaqalanadi). Masalan, harakat funksiyasini hujayra ichidagi 35 qisqaruvchi fibrillalar, xivchinlar va kiprikchalar bajaradi; ba`zi hujayralarda ovqat xazm qilish va chiqaruv funksiyalarini vakuolalar o‗taydi va x. k. Ko‗p hujayrali organizmlarning evolyutsion rivojlanish protsessida hujayralar differentsiallanadi, ya`ni ularning kattaligi, shakli, tuzilishi va funktsiyasi farq qila boshlaydi. Bir xil differentsiallashgan hujayralardan to‗qimalar hosil bo‗ladi, hujayralarning tuzilish jihatdan birlashuvi, morfologik vа funksional xossalarining umumiyligi va hujayralarning o‗zaro ta`siri to‗qimalarning harakterli belgisidir. Turli tuqimalar o‗z funksiyalariga ko‗ra ixtisoslashadi, ya`ni hayot faoliyatining turli protsesslarini bajarishga moslashadi. Masalan, muskul to‗qimasi harakat funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan bo‗lib, harakterli xossasi qisqaruvchanlikdir, bez to‗qimasi o‗z hujayralarining ba`zi ximiyaviy birikmalar (garmonlar, fermentlar va x.k)ni hosil qilishi va ajratishiga ixtisoslashgan. To‗qimalarning yuksak darajada differentsiallashgan hujayralari faoliyatning muayyan turini bajarishga moslanish bilan bir qatorda hamma hujayralar uchun umumiy funksiyalar: modda almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, chiqaruv funksiyalarini ham bajaradi. Tuqimani hosil qilgan hujayralar o‗zaro ta`sir etib turishi, to‗qimalar tuzilishining murakkabligi va funksiyalarining ixtisoslashganligi ularning morfologiк va funksional jihatdan o‗ziga xos bo‗lishini taqozo qiladi, bu esa tirik organizm tashkilotining to‗qima darajasi ajralib chiqishiga asos bo‗ldi. Organizmlar taraqqiyoti (tur va individ rivojlanshi)ning ma`lum bosqichida turli to‗qimalardan tuzilgan organlar hosil bo‗ladi. Organlar turli to‗qimalarning struktura va funksiya jihatdan o‗ziga xos birlashuvi bilan ta`riflanuvchi anatomik tuzilmadir, ular butun organizmning yashashi uchun zarur faoliyatning murakkab turlarini bajarishga ixtisoslashgan ishchi apparatlardan iborat. Masalan, yurak qonni venalardan arteriyalarga xaydovchi nasos vazifasini o‗taydi, buyraklar modda almashinuvining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chiqarib tashlash va qondagi elektrolitlar kontsentratsiyasini doim bir xilda saqlash funksiyalarini, suyak ko‗migi esa qon yaratish vazifasini bajaradi. Organizmda struktura va funksiya jihatidan turlicha organlar mavjudligi organizm tashkilotining organ darajasi haqida gapirishga imkon beradi. Faoliyatning biror murakkab aktini bajarishda qatnashuvchi organlar yig‗indisidan anatomik yoki funsional birlashma - organlar sistemasi vujudga keladi. Gavdaning barcha organlari faoliyatini boshqaruvchi nerv va endokrin sistemalar, lokomotsiya (fazoda siljish), nafas, qon aylanish, ovqat hazm qilish, chiqaruv, ko‗payish organlarining sistemalari shular jumlasidandir. Tirik organizm tashkilotining turli darajalari - molekula, hujayra, to‗qima, organ, sistema darajalarini o‗rganish va shunda tadqiqotchilar oladigan barcha ma`lumotlarni sintezlash zarurki, buni uqtirib o‗tmoq kerak. Sababi shuki, murakkab 36 tuzilgan (murakkab tashkilotga ega bo‗lgan) tirik organizm - bir butun yaxlit mavjudotdir, unda barcha strukturalar, hujayralar, to‗qimalar, organlar va ularning sistemalari bir-biriga uyg‗un bo‗lib, butun, yaxlit organizmga bo‗ysungan. O‗sish deganda, odam hujayralari soni va og‗irligining ortishi hisobiga gavdasi og‗irligi va o‗lchamining kattalashishi tushiniladi. Hamma to‗qimalar o‗sadi, biroq bu jarayonlarning tezligi odam umrining turli davrlarida bir xil bo‗lmaydi va turli tizimlar tarkibiga kiradigan to‗qimalar va organlar uchun bir vaqtda sodir bo‗lmaydi va bunga –geterxroniya deyiladi. O‗sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud bo‗lib o‘smir qizlar uchun bu jarayon taxminan 16-18 yoshgacha, o‗smir o‗g‗il bolalar uchun esa 18-20 yoshgacha davom etadi . Hujayralar miqdori ortishi bilan bir vaqtda sifat o‗zgarishlari ham yuz beradi, ular funsional ahamiyati turlicha bo‗lgan to‗qimalarning morfologik rivojlanishi va hosil bo‗lishi, ularning murakkab organlarga birikishi, ayrim tuzilmalarga xos morfologik belgilarning shakllanishidan iborat. Odam butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Yetuk yoshda boshlanadigan qarish jarayoni ham shunga kiradi. Rivojlanish jarayoni organlar va organlar tizimlari faoliyatining umumiy a‘loqalarini murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-xarakatlanish tizimlari va boshqa tuzilmalarning takomillashuvini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Demak, o‗sish-bu organizmning o‗z tuzilishi va shaklini saqlagan holda miqdor jihatidan ortishidir. Rivojlanish esa organizmning sifat jihatidan yangilanishidir. Odam organizmi doimo o‗sish va rivojlanish hisobiga murakkablashib, takomillashib boraveradi. Yosh bolalarda tana organlarining o‗sishi va rivojlanishi turli yoshda turlicha bo‗ladi. Bola hayotining birinchi yili o‗sish,rivojlanishning eng jadal davri hisoblanadi. Bolalar, yana balog‗at yoshida 11-15 yoshlarda juda jadal o‗sish va rivojlanish davrini o‗taydilar. Bola tug‗ilganida uning bo‗yi 50 sm bo‗lsa, bir yoshga kirganida 75-80 sm gacha o‗sib, rivojlanadi. Gavda og‗irligi yangi tug‗ilgan bolada 3kg bo‗lsa, birinchi yilning oxiriga borib - 9,5-10 kg gacha etadi . Ma‘lumki bog‗cha yoshdagi bolalar (3-6 yosh) asosan kaloriyali, tez hazm bo‗ladigan va bolaning o‗sish, rivojlanishini ta‘minlaydigan ovqatlar bilan oziqlanishlari talab etiladi. Umuman tadqiqotlar va adabiyotlar ma‘lumotlari tahlili shuni ko‗rsatdiki, bog‗cha yoshidan to maktab (2-6) yoshigacha bo‗lgan davrda to‗g‗ri, kaloriyali, sifat va miqdor ko‗rsatkichlariga amal qilingan holda rasional ovqatlanish qoidalariga amal qilinsa bolalarning bo‗yi va gavdasi og‗irligi ham normada bo‗lishi aniqlangan. 37 Keyinchalik, toki balog‗at yoshiga yetguniga qadar bolaning o‗sishi va rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O‗sish va rivojlanishning ikkinchi - tezlashish davri, bolaning balog‗at yoshidagi davriga to‗g‗ri keladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling