55
bo‗lganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini bajarish uchun shiralardan toza yoki
aralashma holida olish uchun uringanlar. XVII asrdayoq Gollandiyalik olim
Grafga so‗lak bezi va me‘daosti bezlarining tashqariga chiquvchi yo‗llariga
qo‗yilgan naychalar yordamida unchalik ko‗p bo‗lmagan
miqdorda hazm
shiralari yig‗ib olish imkoniga ega bo‗ldi.
Olim g‗ovak rezina yordamida me‘da shirasidan olish uchun harakat qilib
ko‗rdi, qaysiki g‗ovak rezina yutilgach, u me‘da
ichidagi suyuqlikga
to‗yinganidan keyin unga bog‗langan ip orqali me‘dadan chiqarib olindi.
Shotlandiyalik hakim Stivens odam me‘da shirasining hazmlovchi ta‘sirini
ko‗zbog‗lagich (fokusnik) yordamidan foydalangan holda o‗rgandi. Ko‗z
bog‗lagich me‘dasiga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish yo‗li
bilan chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namoyon qildi.
Ko‗z bog‗lagich
maxsus tayyorlangan, oziq moddalar bilan to‗ldirilgan
teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli qo‗rg‗oshin «bo‗g‗irsoq»
larni avval yutib, so‗ngra qusish harakatlari bilan me‘dadan chiqargan.
Tabiiyki, bunday usullar yordamida hazm shiralarining tarkibi va
xususiyatlarini o‗rganish juda qiyin bo‗lgan. Surunkali
tajribalar davomida
hayvonlarni narkozlash yo‗li bilan qorin bo‗shlig‗i ochilib hazm shiralari
ajratuvchi bezlar yo‗llaridan hazm shiralaridan olish imkoniga ega bo‗lindi.
Ammo, olingan hazm shiralari
hisobiga, hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari
haqida gap yuritish juda mushkul, chunki hayvon
narkoz ostida jarrohning
stolida yotgan bo‗lsa, bu sharoit, tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi.
12-rasm.
2 - 4 soat oralig‘idagi odam medasida ovqat hazmining
Do'stlaringiz bilan baham: