Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Fiziolog har qanday tirik ob`yekt - ayrim hujayra yoki yuksak darajadagi 
murakkab organizmni o‗rganar ekan, fizikaviy, ximiyaviy va morfologik 
tekshirishlarda olingan ma`lumotlarni sintezlashi lozim, chunki organizm 
mexanika, fizika va ximiyani o‗zida, bir butun qilib birlashtiruvchi oliy birlikdir" 
(F. Engel's). 
Organizm va tashqi muhit. Har qanday organizm xoh bir hujayrali 
bo‗lsin, xoh ko‗p hujayrali bo‗lsin yashash uchun muayyan sharoitga muxtoj. 
Muayyan turdagi organizm o‗zining evolyutsion rivojlanish yo`lida qaysi hayot 
muhitiga moslashgan bo‗lsa, o‗sha muhit hayot sharoitini muhayyo qilib beradi. 
Organizm moddiy va energetik sarflarini to‗ldiradigan ovqat olishi uchun tashqi 
muhit imkoniyat bergandagina va organizm o‗zi uchun zarur suvli yoki xavoli 
muhitda yashab, ma`lum temperatura, barometrik bosim, yorug‗lik intensivligi va 
spektri va shu kabilar mavjud bo‗lgandagina uning funksiyalari normal ravishda 
ro‗yobga chiqishi mumkin. 
Turli organizmlarning sanab o‗tilgan tashqi muhit faktorlariga 
moslashish normalari va muhit bilan o‗zaro munosabatlari g‗oyat turlichadir. 
Masalan, hayvon organizmlari organik oziq, moddalarga muhtoj bo‗ladi va 
anorganik moddalardan murakkab organik birikmalarni sintezlay olmaydi. Yashil 


58 
o‗simliklar esa, aksincha, eng muhim biologik protsess - fotosintez davomida 
anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay oladi. Hayvon va o‗simlik 
organizmlarining tashqi muhitga munosabatidagi shu tafovut borligidan, tirik 
tabiatda moddalar aylanib turadi. 
Ko‗pchilik 
hayvonlarning 
hujayralari 
aeroblardir, 
ya`ni 
ular 
oziq 
moddalarning suv va karbonat angidridgacha oksidlanishi uchun zarur bo‗lgan 
molekulyar kislorodga muxtoj bo‗ladi, bu gaz organizmga tashqi muhitdan kirib 
turadi. Ba`zi organizmlar anaeroblardir; ular erkin kislorodga muhtoj bo‗lmaydi; 
bu gazdan foydalanmaydi, erkin kislorod ularga hatto zarar qiladi. Ular hayot 
faoliyati uchun zarur energiyani oziq moddalarni anaerob (kislorodsiz) sharoitda 
parchalash yo`li bilan oladi. 
Turli organizmlarning temperatura, barometrik bosim, havo namligi va 
suvli muhitdagi makrolitlar miqdoriga munosabati turlicha. Masalan,
organizmlarning shu guruhdagilari faqat daryo va ko‗llarning chuchuk suvida 
yashay oladi (chuchuk suvdagi tuz miqdori 0.1% dan oshmaydi), boshqa 
organizmlar esa faqat dengiz suvida yashaydi dengiz suvining tarkibida 3% ga 
yaqin elektrolit bor). 
Tashqi muhitning har xil o‗zgarishlari: oziq moddalarning miqdori va tarkibi, 
havo tarkibi - kislorod va karbonat angidrid, suvdagi elektrolitlar tarkibi va 
kontsentratsiyasi, temperatura va barometrik bosim, yorug‗likning spektri va 
intensivligining o‗zgarishi, shuningdek muhitda zaharli moddalar borligi radioaktiv 
nurlanish va shu kabilar fiziologik funksiyalarga kuchli ta`sir ko‗rsatadi. Bu 
faktorlarning ba`zilari fiziologik protsesslarga xush kelsa, boshqalari bu 
protsesslarni susaytiradi va organizmni halokatga olib keladi. 
Organizmning hayot faoliyati tashqi muhitning ma`lum sharoitidagina normal 
borishi mumkin. Bu sharoit o‗zgarishining yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan chegarasi 
uncha katta emas, ya`ni sharoit bir qadar doimiy bo‗lishi shart. Shu bilan birga, 
yuksak hayvonlar toqat qila oladigan tashqi muhit sharoitining o‗zgarish chegarasi 
undagi aksariyat xujayralarning normal ishlashi uchun zarur chegaradan ancha 
kengligini nazarda tutish lozim. Bunga sabab shuki, organizm hujayralari tashqi 
muhitga nisbatan ozroq o‗zgarib turadigan ichki muhitda yashaydi. Ichki muhit - 
qon, limfa va organizm hujayralarini yuvib turadigan to‗qima suyuqligidir. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling