Va oliy nerv faoliyati
Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Krik bilan Uotsonning
Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi
jarayonlarning fiziologik ahamiyati. Bir organizmning va har xil turga mansub hayvonlarning turli organ, to‗qima, hujayralarida ro‗y beradigan ximiyaviy o‗zgarishlar bir xil emas, ularning fiziologik ahamiyat ham turlicha. Hujayra va butun organizmning hayot faoliyatida ro‗l o‗ynaydigan muayyan ximiyaviy birikmalarning hosil bo‗lishi sintetik protsesslar tirik organizmlar har xil turlarining turli to‗qima, organ, xujayralariga hammasi uchun umumiy va faqat ba`zilari uchun o‗ziga xos protsesslar hisoblanadi. So‗nggi yillarda hujayralar yadrosi bilan protoplazmasi tarkibidagi nuklein kislotalarni o‗rganish katta ilmiy kashfiyotlarga olib keldi, organizm oqsillarining sintezlanishida va irsiy xossalarning o‗tishida nuklein kislotalarning qanday ahamiyat borligi aniqlandi. Hujayra yadrosining nuklein kislotasi – dezoksiribo nuklein kislota DNK) va protoplazmaning nuklein kislotasi - ribonuklein kislota (RNK) hujayraning eng murakkab makromolekulalaridir. Bular birtalay mononukleotidlardan iborat bo‗lib, polimerlar - polinukleotedlar hisoblanadi. DNK molekulasida kamida 10 000 manonukleotid bor. Krik bilan Uotsonning rentgenostruktura tadqiqotlari (rentgen nurlarining diffraktsiyasini tekshirish) shuni ko‗rsatdiki, DNK molekulalari bir- biriga chirmashadigan va shu tariqa qo‗shaloq spiral hosil qiladigan ikkita uzunchoq zanjirdan iborat. DNK strukturasi tirik organizmlarning har bir turi uchun spetsifik bo‗ladi. U DNK molekulasining tuzilishi RNK strukturasini belgilab beradi, bu birikmaning strukturasi esa hujayralar protoplazmasida sintezlanadigan oqsil molekulalarining tuzilishini, ya`ni oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalarning joylashuv tartibini belgilab beradi. DNK ning rolini imorat loyixasini tuzib beradigan arxitektorning roliga, RNK ning rolini esa ayrim g‗ishtlardan imorat quruvchi binokor injenerning ishiga tenglashtirishadi. Ko‗pchilik biologlar DNK ga genetik axborot egasi, ya`ni o‗z strukturasi bilan organizmning irsiy xossalarini belgilab beradigan modda deb qarashadi. Irsiy xossalar DNK molekulasidagi asoslarning joylashuv tartibida kodlangan; rivojlanayotgan embrion organlarining hujayralarida oqsillar va fermentlar 62 sintezining irsiyatda mustahkamlanib qolgan xususiyatlari DNK molekulasidagi asoslarning joylashuv tartibiga bog‗liq. Oqsillar (yoki proteinlar) eng murakkab ximiyaviy birikmalar bo‗lib, 20 xil turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan polimerlardir. Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita yo‗naltiruvchi ishtirokida ro‗y beradi, nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‗adigan "karkaz" vazifasini o‗tovchi qolip, andazaga o‗xshaydi. Organizmdagi ko‗p oqsillarning ahamiyati ularning fermentativ xossalaridan, turli organik birikmalarning muayyan parchalanish va sintezlanish protsesslarini kuchaytira olishidan kelib chiqadi. Organizm hujayralarida oqsillar almashinuvining harakterli belgisi shuki, ular o‗z-o‗zidan yangilanib turadi, ya`ni hujayra oqsillari parchalanib va yangidan sintezlanib turadi. Hujayralar faoliyatida, masalan, muskul qisqarganda, ko‗pgina sintetik protsesslarda foydalaniladigan energiyani asosan parchalanish yo`li bilan yetkazib beradigan ba`zi moddalar almashinuvi energetik protsesslar orasida alohida o‗rin tutadi. Shunday moddalarga kiradigan makroergetik birikmalardan biri adenozintrifosfat kislota (ATF) hisoblanadi. ATF dan ikkita fosfat kislota qoldig‗i ajralganda birtalay energiya bo‗shab chiqadi (bir fosfat kislota qoldigi ajralganda 1 gramm-molekula moddaga qariyb 10 000 kaloriya ajralib chiqadi). Turli hujayralarda faqat shular uchun spetsifik bo‗lgan ko‗pgina ximiyaviy o‗zgarishlar ro‗y beradi. Masalan, ba`zi ximiyaviy birikmalar faqat muayyan hujayralarda yoki hujayra ichidagi strukturalarda hosil bo‗ladi. Ularning hujayrada hosil bo‗lishi va tashqi yoki ichki muhitga chiqishi shu hujayraning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Masalan, xlorid kislotani faqat me`da bezlarining qoplama hujayralari hosil qiladi va chiqaradi; tripsinogen fermenti faqat me`da osti bezining tashqi sekretsiya hujayralarida hosil bo‗ladi. Organizmning uglevodlar almashinuvida muhim ro‗l o‗ynaydigan insulin gormoni ham me`da osti bezining hujayralarida sintezlanadi, lekin uni tashqi sekretsiya hujayralari emas, balki ichki sekretsiya hujayralari - orolcha to‗qimasining beta-hujayralari sintezlaydi. Nerv impulsini nerv oxiridan innervatsiyalanuvchi organga o‗tkazadigan ximiyaviy modda atsetilxolin nerv oxirining muayyan qismida hosil bo‗ladi. Modda almashinuv protsesslari - turli birikmalarning sintezlalanishi va parchalanishi turli hujayralardagina emas, yuksak darajada differentsiallashgan hujayraning turli strukturalarida ham turlicha ro‗y beradi. Modda almashinuv protsesslarida hujayraning turli strukturalari qatnashuvi gistoximiyaviy metodlar va izotop indikatorlar metodikasi yordamida aniqlandi. Organizmning boshqa hamma fiziologik funksiyalari kabi, hujayralarda uzluksiz ro‗y beradigan modda almashinuv protsesslari ham doimiy va o‗zgarmas xodisa emas. Ular ham dinamik o‗zgaruvchan bo‗ladi. 63 Tashqi muhit ta`sir etganda yoki organizmning ichki muhiti o‗zgarganda modda almashinuvi kuchayishi yoki susayishi, sifat jihatdan ham o‗zgarishi mumkin, hujayralar ishlab turganda hamisha shunday bo‗ladi, shu bilan birga tinchlikdagi modda va energiya almashinuvi (organizmdagi har qanday tinchlik nisbiy, chunki hayotiy protsesslar modda va energiya sarfi bilan ta`riflanadi) ish vaqtidagi almashinuvga o‗tadi; hujayra qancha ko‗p faoliyat ko‗rsatayotgan bo‗lsa, ish vaqtidagi almashinuv shuncha intensiv o‗tadi. Moddalar almashinuvini o‗rganishda fiziologiyaning turli usullaridan foydalanadi. Hozirgi vaqtda ko‗pchilik hayot jarayonlarini o‗rganishda biokimyo usullari keng qo‗llanilmoqda. Rus olimi Ye.S.London tomonidan yaratilgan angiostomiya usuli moddalar almashinuvini o‗rganishdagi ancha qulay usullardan biridir. Bu usul yordamida organizmning ancha ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib tekshirish mumkin. Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan qonni olib tekshirish yo‗li bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o‗sha organda qanday o‗zgarishlarga uchraganligi to‗g‗risida fikr yuritish mumkin. Organlarni ajratib olish usulidan ham moddalar almashinuvini o‗rganishda foydalansa bo‗ladi. Jumladan, tekshirilayotgan muayyan moddani, suyuqlikni izolyatsiya qilingan jigardan oqizib o‗tkazish va jigardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tarkibini tekshirish yo‗li bilan tekshirilayotgan moddaning jigarda qanday o‗zgarishlarga uchraganligi to‗g‗risida fikr yuritilsa bo‗ladi. Keyingi paytlarda moddalar almashinuvini o‗rganishda radioktiv izotoplar usuli ayniqsa keng qo‗llanilmoqda. Bu usul shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga tegishli radioktiv izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalarning radiaktiv izotoplari) qo‗shiladi, ya‘ni o‗sha moddalar ―nishonlanadi‖. Radioktiv izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda ularning qanday o‗zgarishlarga uchrashini o‗rganish ancha oson. Chunki radioktivlik xossasiga ega bo‗lgan atomlar, organizmning turli organ va to‗qimalarida shu moddalarning boshqa atomlari orasidan yengillik bilan topiladi. Shuning uchun, ham tekshirilayotgan moddalar radioaktiv izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda o‗sha moddalarning organizmda qaysi organ va to‗qimalarga borishi, qanday o‗zgarishlarga uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini o‗rganish mumkin. 64 Radioaktiv izotoplarni qo‗llash hayot mohiyati to‗g‗risidagi materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni oqsil molekulalarining yashash shakli deb ta‘riflar ekan, hayotning bu shakli oqsilning doimo o‗z-o‗zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. Izotoplar usuli o‗z-o‗zidan yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan, jigarda jami hujayra oqsillarining yarmi 3- 5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin xuddi shuncha oqsil yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib qolmasligi, yo‗qolib ketmasligi ma‘lum bo‗ldi. Oqsillargina emas, balki yog‗lar, uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi va keyin qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy qismlari ham o‗z-o‗zidan yangilanib turadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling