Va oliy nerv faoliyati


Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati. Ovqatlanish organizmning 
normal yashashi va ish bajarishi uchun zarur fiziologik xususiyat. Bolalar va 
o‗smirlar uchun esa ular organizmining normal o‗sishi va rivojlanishi uchun 
ham zarurdir. Ovqatlanish organizmda uzluksiz davom 
etadi
gan moddalar va 
energiya almashinuvining fiziologik asosidir. Moddalar va energiya 
almashinuvi esa tiriklikning asosiy xususiyatidir. Demak, ovqat uzluksiz 
iste‘mol qilinmasa va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan tashlandiq 
moddalar organizmdan tashqariga chiqarib turilmasa tirik organizmning hayot 
kechirishi, o‗sishi, rivojlanishi va ish bajarishi mumkin emas. 
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, ovqatlanish, ya‘ni ovqat 
sifatida iste‘mol qilinadigan oziq moddalar organizmda ikki xildagi fiziologik 
vazifani bajaradi: 
- birinchidan, oziq moddalar energiya manbai bo‗lib, ya‘ni organizmda 
moddalar almashinuvi natijasida parchalanib o‗zidan energiya ajratadi, bu 
energiya esa hujayra, to‗qima, organlarning yashashi, harakatlanishi, ish 
bajarishi uchun sarflanadi; 
- ikkinchidan, oziq moddalar hujayralar tarkibiy qismini yangilanib 
turishi, ko‗payishi, o‗sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. 
Ovqatning kundalik normasi. Ovqatning kundalik normasi 
yoki uning kaloriyasi bolaning yoshiga, sog‗lig‗iga, jismoniy taraqqiyotiga, 
bajaradigan mehnatiga, iqlim-sharoitga qarab o‗zgaradi. 
Organizmning hamma hujayra, to‗qima, organlari normal yashashi, 
o‗z funksiyasini bajarishi, bolalarda esa ularning o‗sishi va rivojlanishi uchun 
ma‘lum miqdorda issiqlik energiyasi (kaloriya) talab qilinadi. Bu energiya 
ovqat tarkibida iste‘mol qilingan oqsil, yog‗ va uglevodlarning organizmda 
kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi. Oqsil 
moddasining 1 g oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib 4,1 kkaloriya issiqlik 
energiya hosil bo‗ladi; 1 gramm yor oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib, 9,3 
kkal 1 g uglevod oksidlanganda esa 0,8 litr kislorod sarflanib 4,1 kkal energiya 
hosil bo‗ladi. 
Ertalab nahorda, qimirlamasdan tinch yotgan holda tashqi 
muhitning harorati 20—22°C bo‗lganda organizmning normal hayotini 
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan hujayra, to‗qima, organlarning normal ishlashi 
uchun katta kishining har 1 kg tana vazniga 1 soatda 1 kkal issiqlik energiyasi 
kerak bo‗ladi.


66 
70 kg vaznga ega bo‗lgan odam 1 sutkada qimirlamasdan 
yotganda uning normal hayotini saqlab turish uchun 1680 kkal energiya 
sarflanadi. Shunga organizmning asosiy moddalar almashinuvi deyiladi. 
Kishi ish bajarganda asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan 
energiyadan tashqari ishning og‗ir yengilligiga qarab yana ma‘lum miqdorda 
qo‗shimcha energiya sarflanadi. Ish bajarganda sarflangan energiya 
miqdorining hammasiga (asosiy va qo‗shimcha) umumiy moddalar 
almashinuvi deyiladi. Masalan: kishi o‗rtacha tezlik bilan yurganida asosiy 
moddalar almashinuviga sarflangan energiyaga nisbatan 2 marta, yugurganida 
4 marta ko‗proq energiya talab qilinadi. Shuning uchun kundalik ovqatning 
kaloriyasi, ya‘ni uning tarkibidagi, oqsil, yog‗, uglevodlarning miqdori avvalo 
o‗quvchilarning bajaradigan mehnatiga qarab o‗zgaradi.
Aqliy mehnatda kamroq, jismoniy tarbiya, mehnat darsi, sport 
mashqlari, tajriba uchastkasida, qishloq xo‗jalik ishlarida esa ko‗payishi kerak, 
havoning issiq fasliga nisbatan sovuq faslida moddalar almashinuvi kuchayadi, 
shuning uchun kundalik ovqat kaloriyasi ham ko‗proq talab qilinadi. 
Maktab yoshidagi bolalar va o‗smirlar uchun kundalik ovqat 
tarkibidagi oqsil, yog‗, uglevodlarning o‗rtacha miqdori quyidagicha bo‗lishi 
mumkin. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling