Va oliy nerv faoliyati
OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING TUZILISHI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
52 OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI . MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVINING YOSH XUSUSIYAT LARI. Ovqat bilan organizm oqsillar, yog‗lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o‗sish jarayonida va o‗zgarishga uchragan hujayralarni o‗rniga yangilarini hosil bo‗lishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To‗yimli moddalar organizmdagi energetik moddalar manbai hisoblanadi. Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma‘danli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko‗pchiligi ko‗plab reaksiyalarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishtirok etadi. Suv, ma‘danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to‗lig‗icha o‗zgarmagan holda o‗zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‗lar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bo‗lsak, ular organizm tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazm tizimi devorlaridan o‗ta olmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo‗lsa kerak, nima uchun asosiy to‗yimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida, oshqozonda va ichakda ovqatning hazm bo‘lishi.Og‗iz bo‗shligi og‗iz dahlizi va haqiqiy og‗iz bo‗shlig‗idan iborat bo‗lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik ravishda maydalanadi, so‗lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‗lak yordamida qisman parchalanadi, ovqat to‗qimasi so‗lak bilan aralashadi.Ovqat og‗iz bo‗shlig‗ida chaynalib tishlar yordamida maydalanadi. Og‗iz bo‗shligi atrofidagi yirik va mayda so‗lak bezlaridan so‗lak ishlanib chiqib, og‗iz bo‗shlig‗iga qo‗yiladi. So‗lak bezlari til asosida, yumshoq va qattiq tanglay hamda halqumda joylashgan. Bu bezlar tarkibida ko‗p miqdorda mutsin bo‗lgan so‗lak ishlab chiqariladi. So‗lak shartli va shartsiz reflekslar asosida ajraladi. So‗lak ajratishning nerv markazi uzunchoq miya va bosh miya yarim sharlarida joylashgan.Yutish murakkab fiziologik jarayon bo‗lib, uning nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan. Yutish jarayoni nafas olish bilan bog‗liq. Ovqat luqmasi chaynalib, so‗lak bilan aralashgandan so‗ng silliqlanib til yordamida yutqinga o‗tkaziladi va yutiladi. Luqma yutilgandan so‗ng qizilo‗ngachdan medaga o‗tadi.. 53 Meda ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi bo‗lib, katta odamda noksimon shaklda bo‗ladi. medaning kirish va chiqish joyi, tubi va katta, kichik aylanasi farq qilinadi. Katta odamda bir sutkada 1,5-2 dm me'da shirasi ishlab chikariladi. Me'da shirasining 99-99,5% suv, 0.3-0,4% organik moddalar va tuzlardan iborat. Meda shirasi kislotalilik xususiyatiga ega bo‗lib, tarkibida 0,3- 0,4% xlorid kislota bor. Pepsin, lipaza oshqozon shirasining asosiy fermentlaridan hisoblanadi, pepsin oqsillarni al'bumin, peptonlarga parchalaydi, amilaza esa emulsiyalangan yog‗larni parchalaydi. Turli ovqat moddalariga turli miqdorda me'da shirasi ajraladi. Me'da shirasining ajralishi nerv-gumoral yo‗l bilan boshqariladi. Nerv yo‗li bilan boshqarilish shartsiz va shartli reflekslar asosida amalga oshadi. Ovqat og‗izga tushganidan so‗ng, og‗izdagi retseptorlar ta'sirlanib, ta'sir markazga intiluvchi nervlar orqali uzunchoq miyaga boradi, u yerdan me'da bezlariga borib, medadan shartsiz refleks asosida shira ajrala boshlaydi.Ingichka ichakning uzunligi katta odamda 6-7 m, diametri 2,5 sm. Ingichka ichak, o‗nikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichaklarga bo‗linadi. Ingichka ichakning shilliq qavatida juda ko‗p miqdorda vorsinkalar joylashgan, ana shu vorsinkalar hisobiga ingichka ichakning yuzasi 8 marta ortib, 40 m ga yetadi. O‗n ikki barmoq ichakda ovqat o‗t suyuqligi va me'da osti bezi shirasi hamda o‗n ikki barmoq ichak devorlarida ishlanib chiqqan ichak shirasi ta'sirida ximiyaviy parchalanadi. Ichak shirasining 99-99,5% suv, qolgan qismi organik moddalar, turli xil fermentlar va tuzlardan iborat. Ichak shirasi tarkibida fermentlardan eripsin, enteriokinaza, lipaza va amilaza fermentlari va turli tuzlar bo‗ladi.Ovqat hazm qilish kanalida ovqat moddalar mexanik, ximiyaviy ravishda parchalanib, suvda erigan holga keltirilgandan so‗ng ichaklar devori orqali qonga va limfga so‗rila boshlaydi. Ovqat moddalarning oxirgi mahsulotlari asosan och va yonbosh ichaklarda so‗riladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling