Va oliy nerv faoliyati
Yosh ortishi bilan harakat uyg‘unligining takomillashishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Yosh ortishi bilan harakat uyg‘unligining takomillashishi. Katta
yarim sharlar po‗stlog‗ida vaqtincha aloqalarni yuzaga kelishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asoslangan.Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‗yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo‗lishi uchun turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko‗rish va boshqalar) keladigan ma'lumotlar va qanday qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqida bo‗ladigan xabarlar muhim ahamiyatga ega.Harakat malakalari sport bilan shug‗ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanishi bilan borgan sari puxtalanib, takomillashib boradi. Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab sistemasi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog‗liq. Chunki harakatning yuzaga chiqishi, ayniqsa, murakkab va nozik harakatlarning bajarilishi mushaklar guruhlari, har xil miqdor asab-mushak harakat birliklari va mushak tolalarini ishtirokida amalga oshiriladi. Bu element ishining qo‗yilgan maqsadga mos bo‗lishi, ularning bir-biri bilan kelishgan holda ish bajarishini ta'minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalarni bajaradi. Bolaning barqaror tikka turishi, yurish, yugurish va shunga o‗xshash harakat malakalarini hosil qilishida sinov-qidiruv harakatlarining bajarilishi bilan vaqtinchalik bog‗lanish hosil bo‗lish mexanizmi muhim rol o‗ynaydi. Gavda muvozanatining saqlanishi, uning fazoda o‗zgarishini ta'minlaydigan harakatlar mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatini saqlashga halal beradigan harakatlar esa tormozlanadi. Harakatning o‗zi yoki natijasi vujudga keltirgan afferent impulslarning bo‗linishi shart. Harakat biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya'ni ahamiyatini yo‗qotsa, shartli qo‗zg‗alish, shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanmasa, u vaqtda vaqtinchalik bog‗lanishlar tormozlanadi. Shunday qilib, harakat malakalarining hosil bo‗lishi birinchi va ikkinchi turdagi shartli reflekslar yuzaga kelishi bilan amalga oshadi. Odamda harakat malakalarining shakllanishida ikkinchi signal sistemasi orqali hosil bo‗ladigan yuqori tartibli shartli reflekslar ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.Qisqacha aytganda, harakat malakasining hosil bo‗lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko‗p markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarim sharlar po‗stlog‗idagi izlarning ishtiroki -bilan to‗g‗rilandi va takomillashadi. Har xil yoshda yangi harakatlarni o‗zlashtirish turlicha bo‗ladi. Masalan, 9-16 49 yoshli bolalar harakatlarining yuqori uyg‗unlashishini talab etadigan murakkab harakat malakalarini oson egalaydilar. Qizlarda harakat qobiliyatlari, ayniqsa, 12- 13 yoshda sezilarli rivojlanadi. Jismoniy rivojlanishi normal bo‗lmagach, baland bo‗yli va tez o‗sadigan o‗smirlar odatda harakat malakalarini sekin egallaydilar. Ortiqcha vaznli o‗smir-qizlar ham harakatlarni sekin o‗zlashtirishi bilan farqlanadi. Sport bilan shug‗ullanish harakat malakalarini muvaffaqiyatli egallashni ta'minlaydi. Odatda, yosh sportchilar murakkab harakatlarni tez va qiynalmay o‗zlashtiradilar. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling