Va oliy nerv faoliyati


Mushak ishining har hil turlarida charchashi va uning yosh


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Mushak ishining har hil turlarida charchashi va uning yosh 
xususiyatlari. Harakat sifatlari (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va 
egiluvchanlik) bilan harakat malakalarining rivojlanishi bir-biri bilan qattiq bog‗liq 
bo‗ladi. Yangi harakatlarni o‗zlashtirish turli harakat sifatlarining takomillanishi 
bilan kuzatiladi. 
Tayanch-harakat apparatining turli qismlarining morfologik yetilishi va 
harakat izchilligining yuzaga kelishi bilan bir vaqtda harakat sifatlari ham 
rivojlanadi. Harakat sifatlarining shakllanishi bir tekisda va bir vaqtda bo‗lmay, 
turli yosh davrlarida har xil ortadi. Harakat sifatlarining rivojlanishi harakat 


46 
appartining morfologik va funktsional o‗zgarishlari, shuningdek, periferik apparat 
va ichki organlar ishining o‗zaro kelishganligi bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Muskul kuchi - muskulning taranglanish darajasi bilan belgilanadi. 
Muskul kuchi suyak va muskul to‗qimasining o‗sishi, bo‗g‗im-boylam 
apparatining rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq.U muskulning fiziologik 
ko‗ndalang kesimi, bioximik reaksiyalar xarakteri, asab orqali boshqarilishining 
xususiyatlari va ixtiyoriy kuchlanish darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda muskul kuchi juda kam bo‗ladi 
A.V.Korobkov dalillariga ko‗ra 4-5 yoshli bolalarda qo‗l barmoqlarining bukuvchi 
va yozuvchi muskullar kuchi 4 yoshlilarda 4,6 va 5 yoshlilarda 5,2 kg, gavdaning 
tiklovchi muskullar kuchi 8,2 va 14,0 kg ni: tashkil etadi. Muskul kuchi 11 
yoshdan boshlab, ayniqsa 13 dan 14 yoshgacha va 16 dan 17 yoshgacha eng 
shiddatli rivojlanadi. Bolalarning ikkinchi bolalik davrida muskul kuchi 25 marta, 
dinamometriya bolalarda 8-9 dan 20-25 kg gacha, qizlarda 8 dan 15 kg gacha 
ortadi. Muskulning kuchi bir tekis rivojlanmaydi. Oldin yozuvchi muskullar 
kuchi, keyin bukuvchi muskullar kuchi ortadi shu bilan bir qatorda kuchning eng 
ko‗p ortishi o‗smirlik davrining boshlanishida kuzatiladi. 12 yoshli bolalarda 
sonning yozuvchi muskullarining kuchi 62 kg, bukuvchi muskullari kuchi esa 
hammasi bo‗lib 24 kg ga, oyoq kaftini bukuvchilar kuchi 35 kg ga yetadi. 8 yoshli 
davrga nisbatan o‗smirlik davrida muskul kuchi 4-4,5 marta ko‗payadi. Bolalarda 
qo‗l dinamometriyasining ko‗rsatkichlari 40-45 kg gacha, qizlarda 20-25 kg gacha 
ortadi. 16 yoshli yigitlarda gavdaning tiklanish kuchi 50 foizga, qizlarda 70 foizga 
ko‗payadi. Shuning uchun maktab o‗quvchilariga beriladigan jismoniy ish yoshga 
qarab qat‘ iy belgilanishi zarur. 
Tezkorlik harakat reaksiyasining latent vaqti, yakka harakat tezligi, vaqt 
biriligidagi harakat soni bilan belgilanadi. Tezkorlikning ayrim ko‗rinishlari 
o‗rtasida hamma vaqt ham ishonchli o‗zaro bog‗lanish bo‗lavermaydi. Masalan 
yuqori tezligi sekin harakat reaksiyasi bilan kuzatilishi mumkin. 
Reaksiya oddiy va murakkabligiga ko‗ra farqlanadi. Oddiy reaksiya oldidan 
ma'lum signalga berilgan javob vaqti bilan ta'riflanadi. Murakkab reaksiyada signal 
no‗malum bo‗lib uni ta'sirlovchilar to‗plamidan tanlab olish kerak bo‗ladi. Oddiy 
reaksiyaning davom etish muddati 0,11-0,25 son bo‗lib, murakkab reaksiya vaqti 
0,30-0,40 sonni tashkil etadi. Reaksiya vaqti yoshga ham bog‗liq. Ayrim 
harakatlarda oddiy reaksiya vaqtini 2-3 yoshlarda aniqlash mumkin bo‗lib, u 0,60-
0,90 son. ga barobar. 3-7 yoshli bolalarda reaksiya vaqti ancha kamayadi. 0,30-3,4 
son ga teng bo‗ladi. 13-14 yoshlilarda harakat reaksiyasining vaqti kattalar 
reaksiyasi vaqtiga yaqinlashadi. 
Vaqt birligidagi harakat soni tezkorlikning muhim ko‗rsatkichidir. 


47 
Kattalardagiga o‗xshash bolalarda ham harakat tezligi gavdaning turli qismida 
turlicha bo‗ladi. Qo‗l barmoqlarining harakatlanish tezligi yuqori bo‗lib, oyoq 
to‗pig‗i bug‗inining harakatlanishi sekin bo‗ladi.Tezkorlik sifati 8 yoshdan 10 
yoshgacha juda tez ortadi, keyin 12 yoshgacha sekinroq ortib boradi, so‗ngra 
to‗xtaydi, hatto pasayadi. 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‗lgan davrda qaytadan orta 
boshlaydi. Bu jismoniy sifat energiya manbai bo‗lgan kreatinfosfat va asab orqali 
boshqarilishning takomillanishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun tezkorlikning 
rivojlanishi bu omillar bilan deyarli bir xilda ortadi. 
Chidamlilik bolaning yoshi kattalashishida juda sekin ortadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ularning juda harakatchanligiga qaramay, mashq 
qilish natijasi ancha kam bo‗ladi. 4 yoshdan 7 yoshgacha serob chidamlilik, 
ayniqsa, statik ishlarga chidamlilik past darajada bo‗ladi. Umuman aytganda, 7 
yoshli bolaning chidamliligi 10 yoshlilar chidamliligining 1/3 qismiga teng bo‗ladi. 
8 yoshdan 9 yoshgacha umumiy chidamlilik birmuncha ortadi. 11 yoshdan boshlab 
u keskin ortadi va 14-15 yoshlarda turg‗un bo‗ladi. 15-17 yoshdan yana ko‗tariladi. 
Jismoniy chiniqmagan bolalarda statik ishlarga chidamlilik 10 yoshdan keyin 
ortadi 
Charchash. Charchashning rivojlanish tezligi bajarilayotgan ishning 
quvvati va muddatiga, ishga jalb etilgan muskullar massasiga, shuningdek, 
sportchining jinsiga, yoshiga bog‗liq bo‗ladi. Yosh sportchilarda funksional va 
energiya rezervlari kattalardagiga nisbatan tezroq kamayadi. Bolalarning ish 
qobiliyati, harakat tezligi charchash davrida kattalarga nisbatan ko‗proq darajada 
pasayadi. Charchash natijasida bolalar organizmning ichki muhiti ozgina 
o‗zgarishi, kislorod qarzi to‗planishi bilan ishni to‗xtatadi, ya'ni kattalarga 
qaraganda charchash bolalarda tezroq rivojlanadi. Bu bolalar markaziy asab 
sistemasining qator xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗ladi.
Bolalarda ichki tarmozlanish jarayonlari tezroq buziladi 7-10 yoshli 
bolalarning yuksak quvvatli ish bajarishida eng yuqori tezlikka erishishdan keyin 
charchash natijasida tezlikning pasayishi kuchli bo‗ladi. Bu holat asab 
jarayonlarining harakatchanligi va kuchining nisbatan pastligi hamda himoya 
tarmozlanishining tez rivojlanishi bilan bog‗liq, deb qaraladi (A.A.Markosyan). 
Shu bilan birga, aytib o‗tish kerakki, yosh sportchilarda egiladigan charchashni 
yengilmaydigan charchashga o‗tishi kattalardagiga nisbatan tezroq yuzaga 
keladi. 
Yosh sportchilar charchashda kattalardagiga nisbatan ko‗p energiya sarf etadi, 
muskul kuchi va ularning qisqarish amplitudasi tezroq kamayadi, charchash egri 
chizig‗ining xarakteri o‗zgaradi. Kattalarga nisbatan bolalarda charchash tezroq va 
to‗satdan yuzaga keladi.Yosh sportchilarning sport faoliyatida charchashi 


48 
ko‗pincha harakat koordinatsiyasi va harakat hamda vegetativ funksiyalar o‗zaro 
ta'sirining buzilishida ifodalanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling