Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Skelet muskullari. Skelet muskullari ayollarda tana massasining 
taxminan 30-35% ni, erkaklarda 40% ni tashkil qiladi. Ular muskul to‗qimasining 
ko‗ndalang-targ‗il tipiga kiradi va tananing tashqi shakli-shamoyili va relefini 
belgilaydi, chunki ba'zi bir istisnolarni hisobga olmaganda,skeletni qoplab turadi. 
Skelet muskullari odam organizmi qodir bo‗lgan turli xil harakatlarning hammasini 
bajaradi. Ular tufayli tana muvozanatni saqlab turadi, nafas olish harakatlari, ko‗z 
harakatlari, 
tovush 
hosil 
bo‗lishi, 
chaynash, 
yutish, 
ichki 
organlarni 
shikastlanishdan muhofaza qilish amalga oshiriladi. 
Ko‗ndalang-targ‗il muskullar biriktiruvchi to‗qima bilan muskul 
dastalariga bog‗langan ko‗p sonli muskul tolalaridan tashkil topgan. Tolalar 
uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‗lishi mumkin. Tashqi 
va ichki biriktiruvchi to‗qimali pardalar payga- zich tolali tortmaga aylanib, 


45 
muskullar uning yordamida suyakka mahkam yopishadi. Muskullarda tolalar 
miqdori turlicha: maydalarida ular bir necha yuzlab, yiriklarida bundan ko‗p 
bo‗ladi. Shunga muvofiq holda muskullar kuchi ham bir xil emas, u muskullar 
barcha tolalarining ko‗ndalang kesimi maydoni bilan belgilanadi. Muskul tolasi 
ko‗ndalang kesimning maydoni o‗rta hisobda 0,01 kvadrat millimetrga teng. Odam 
tanasida 300 millondan ziyod tola bor. Agar ular bir-biriga ulansa, bunday muskul 
kesimining maydoni uch kvadrat metrdan oshadi. U 25 tonnagacha yukka bardosh 
bera olgan bo‗lardi. 
Bajariladigan harakatlar turiga ko‗ra, muskullar bukuvchi va 
yozuvchi, yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi, yuqoriga ko‗taruvchi va pastga 
tushiruvchi, aylantiruvchi, qisuvchi va kengaytiruvchi bo‗ladi. Ayrim muskullar 
yoki ularning guruhi bir yo‗nalishdagi harakatlarni birgalikda amalga oshirishi 
mumkin. Bunday muskullarni sinergistlar deyiladi. Qisqargan vaqtda qarama-
qarshi harakat paydo qiladigan muskullar antagonistlar deyiladi. Hatto eng oddiy 
harakatlarida ham odatda ham sinergastlar, ham antagonistlar ishtirok etadi. Katta 
yoshdagi odamda muskul tolalari miqdori doimiy bo‗lib qoladi, ularning diametri 
esa asosan muskullarning chiniqqanligiga bog‗liq. Muskullar nechog‗lik tez va 
jadal ishlasa shu qadar yo‗g‗onlashadi, binobarin, kuchli bo‗ladi. Doimiy chiniqish 
mashqlari, jismoniy yuk tolalar diametrining 2 baravar ortishiga sabab bo‗ladi. 
Sportchilarda skelet muskullari tana massasining 50% gacha qismini tashkil qiladi. 
Skelet muskullarining o‗sishi, rivojlanishi va shakllanishi 20-25 
yoshgacha davom etadi va bu jarayon notekis kechishi kuzatiladi, eng ko‗p o‗sib 
rivojlanish davrlari bola hayotining birinchi yiliga va balog‗at yoshiga to‗g‗ri 
keladi. Yangi tug‗ilgan bolaning hamma skelet muskullari bo‗ladi, biroq ularning 
vazni katta odamnikidan 37 marta kam va butun tanasi vaznining 24% ni tashkil 
qiladi. Kichik va o‗rta maktab yoshida muskullar massasi sezilarli darajada ortadi. 
Ayni vaqtda ularning funksional kuchayishi va ximiyaviy tarkibining o‗zgarishi 
kuzatiladi. Katta maktab yoshida bolaning muskullari birmuncha sekin o‗sadi va 
18 yoshgacha kelib umumiy tana vaznining taxminan 42% ga etadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling