Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Qo‘l skeleti. Qo‗l skeletiga yelka kamari suyaklari va erkin turgan 
bo‗limidagi suyaklar kiradi. Bular juft suyaklardir, chunki tananing chap va o‗ng 
tomonida bo‗ladi.Yelka kamari kurak va
o‗mrov suyaklaridan tashkil topgan, erkin turgan qismi esa yelka, tirsak va 
bilak suyaklari, panja, kaft usti, kaft suyaklari va barmoq falangalaridan iborat. 
Ular o‗zaro harakatchan bo‗g‗imlar, boylamlar va muskul paylari bilan birikkan. 
Qo‗l suyaklarining suyaklanishi skeletning o‗sish muddatlari bilan mos 
keladi va 20-24 yoshda tugallanadi. Qo‗l panjasi suyaklarining suyaklanish 
jarayoni birmuncha barvaqt tugallanadi. Yangi tug‗ilgan bolalarda kaft usti va 
barmoq falangalari tog‗ay to‗qimasidan iborat bo‗lib, suyaklanish 7 yoshga kelib 
yaqqol ko‗rinadi va 16-17 yoshgacha davom etadi. Bolalarni xat yozishga va rasm 
chizishga o‗rgatishda panja suyaklarining holatiga ahamiyat berish kerak, chunki 


44 
suyak-muskul sistemasi bajaradigan ish suyaklanish holatiga ta'sir etib, u ko‗p 
chiniqtirilganda va ko‗p ishlatilganda suyaklanishni tezlashtiradi va nagruzka kam 
bo‗lganda sekinlashtiradi. 
Oyoq skeleti. To‗g‗ri yurish munosabati bilan odamning oyoq panjasi 
uchun gumbazsimon tuzilish va oyoq panjasida tayanch yuzasi hosil bo‗lishida 
qatnashadigan bosh barmoqning kuchli rivojlanganligi xosdir. Gumbaz tovon 
suyagiga va oyoq kafti suyaklarining uchlariga tayanadi. Oyoq panjasida qavariq 
tomoni bilan uning ichiga yo‗nalgan gumbaz bo‗ladi.
U prujina kabi harakat qilib, yurish, sakrash, yugurish vaqtida tanani urilish 
va turtkilardan saqlaydi, ularni yumshatadi va ressor vazifasini bajaradi. Oyoq 
panjasi gumbazi panjaning kaft tomonida joylashgan muskullar, qon tomirlar va 
nervlarni bosilishdan muhofaza qiladi. Yosh bolalar sayr qilishda va
ekskursiyalarda tez charchab qoladi, oyoqlari og‗rishidan noliydi. Bu 
yassioyoqlik boshlanib kelayotganidan darak beradi va bunday bolalar
to‗g‗rilovchi gimnastika mashqlarni bajarishlari, ularning poyafzaliga maxsus 
pataklar-supinatorlar qo‗yib berish kerak bo‗ladi. Bu yassioyoqlikning 
rivojlanishini va avj olishini qaytaradi. 
Maktabgacha yoshdagi, kichik va o‗rta maktab yoshidagi bolalar 
muskul sistemasining normal rivojlanishi uchun kiyim-bosh va poyabzal ularning 
anatomik-fiziologik xususiyatlariga keladigan bo‗lishi kerak. Kiyim-bosh va 
poyabzalning torligi qon aylanishini, oyoq panjasi muskullari, boylamlari 
rivojlanishini qiyinlashtiradi, poyabzalning keng bo‗lishi esa oyoq terisining 
shilinishiga sabab bo‗ladi. Poshnaning balandligi oyoq panjasi uzunligining 1/5 
dan oshmasligi, jismoniy tarbiyada kiyiladigan shippaklarning muskul apparatini 
mustahkamlash uchun har kuni oyoqni uy temperaturasidagi suvda yuvish muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling