Va oliy nerv faoliyati


-jadval Odam xayotining davrlari: nomi, yoshi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
2-jadval Odam xayotining davrlari: nomi, yoshi 
№ 
Davrlar nomi 
Vaqti-yoshi 
(kun-yil) 
Erkaklar 
(yigitlar) 
Ayollar 
(qizlar) 

Chaqaloqlik davri
1-10 kungacha 

Emadigan davri 
11-kundan 1 yilgacha 

Bolalikning erta davri 
1 yoshdan 3 yoshgacha 

Bolalikning birinchi davri 
4 yoshdan 7 yoshgacha 

Bolalikning 
ikkinchi 
davri: 
8 yoshdan 
12 yoshgacha 
8 yoshdan 11 
yoshgacha 

O‗smirlik davri: 
13 yoshdan 
16 yoshgacha 
12 yoshdan 15 
yoshgacha 

Yoshlik davri 
17 yoshdan 
21 yoshgacha 
16 yoshdan 20 
yoshgacha 

yetuklikning 1-davri 
22 yoshdan 
35 yoshgacha 
21 yoshdan 35 
yoshgacha 

yetuklikning 2-davri 
36 yoshdan 
60 yoshgacha 
36 yoshdan 55 
yoshgacha 
Keksalik davri 
61 yoshdan 
74 yoshgacha 
56 yoshdan 74 
yoshgacha 

Qarilik davri 
75 yoshdan 90 yoshgacha 

Uzoq umrlik davri 
90 yosh va o‗ndan ortiq 
Rivojlanish aktseleratsiyasi. XIX asr oxirlarida odamning o‗sishi va 
rivojlanishi ustida tadqiqotlar va kuzatuvlar olib boradigan vrachlar -antropologlar 
va mutaxassislardan hozir tug‗ilayotgan bolalarning vazni va bo‗yi bundan 100 yil 
muqaddam tug‗ilgan bolalarnikidan ortiq, degan ma'lumotlar olina boshladi. Hozir 
bolalar tez rivojlanayapti. Buni ayrim funksional sistemalarning yetilishi 
muddatdan bilish mumkin, deyishdi ular. 
Akseleratsiya (sinonimi-akseleratsiya) terminini 1935 yilda nemis vrachi 


39 
R.Kox taklif qilgan, u lotincha tezlashuv degan ma‘noni anglatadi. Akseleratsiya 
tushunchasiga bolalar va o‗smirlarda o‗sish va rivojlanishning tezlashuvi
balog‗atga yetish davrining bir muncha erta boshlanishi, sensor mexanizmlar: 
ko‗rish, eshitish, vestibulyar, hid bilish, tam bilish, somatik (muskul) 
sistemalarning oldingi avlodlardagiga nisbatan tezroq rivojlanishi kiradi. Bu 
sistemalar markaziy nerv sistemasi asosiy bo‗limlarining muvofiqlashgan struktura 
elementlari hisoblanadi. 
Uzoq kuzatishlardan ma‘lum bo‗lishicha, akseleratsiya tushunchasiga 
organizmning bir muncha kech qarishi, masalan, ayollarda va erkaklarda bola 
ko‗rish muddatlarining uzayishi ham kiradi. Bu hodisaning sabablarini 
izohlaydigan ko‗pgina taxminlar bor. Buni bir qancha omillar yig‗indisi desa 
bo‗ladi, ularga odam oziq-ovqatida oqsillar, yog‗lar va vitaminlar miqdorining 
oshganligi, radio to‗lqinlari, quyosh energiyasining ta'siri, turmush sharoitini 
texnologiyalash, kishilarning yangi turar joylarga ko‗chib borishi, millatlararo 
nikohlar, genetik omillar, meditsina xizmatining yaxshilanganligi, ish joylarida 
kishilarning sog‗lig‗ini saqlash bo‗yicha profilaktik tadbirlar olib borilishi, sport 
mashg‗ulotlari, jismoniy tarbiya va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling