Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

9-rasm.Silliq mushak 
to‘qimaning tuzilishi: 
1–miosit;2–sarkoplazmadagi 
miofibrillar;3–miositning yadrosi; 
4–sarkolemma;5–endomiziy; 
6–nerv tolasidan iborat 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10-rasm. Ko‘ndalangtarg‘il 
mushak to‘qima. 1–mushak tola. 
Ular cho‗zilgan silindr shaklida uchlari yumaloq yoki o‗tkir bo‗lib, 
ular orqali tolalar bir-biriga tegib turadi yoki pay va fassiyalar biriktiruvchi 


32 
to‗qimasiga yopishadi. Ko‗ndalang targ‗il mushak tolalar uzunligi odamda 
10 sm va undan ko‗p, diametri 12–70mkm. Ularning qisqaruvchi apparati 
ko‗ndalang targ‗il miofibrillar bo‗lib, ularning ko‗ndalang targ‗illigi 
qoramtir va yorug‗ sohalarning turli xil fizik-kimyoviy va optik 
xususiyatlarga egaligidandir. 
Skelet mushaklari biriktiruvchi to‗qimaga boy bo‗lib, ular 
mushaktolalarini o‗rab yupqa endomiziyni hosil qiladi. Кo‗ndalang targ‗il 
mushaklar bosh miya po‗stlog‗idan kelayotgan impulslar ta‘sirida ixtiyoriy 
ravishda qisqaradi. Bundan tashqari bir qism mushaklar (qovurg‗alararo 
mushaklar, diafragma va boshqalar) nafas markazidan kelayotgan impulslar 
ta‘siri ostida, halqum va qizilo‗ngach mushaklari ixtiyordan tashqari 
qisqaradi. 
Yurak 
mushagi 
(miokard) 
ham 
mushak 
hujayralari 
(kardiomiositlardan)iborat.Ular 
oraliq 
disklar 
vositasida 
mushak 
majmuiga yoki yurak mushak tolalariga birikadi. Bunday birlashuv 
miokardni bir butun bo‗lib qisqarishini ta‘minlaydi, ammo yurak 
mushagini qisqarishi ixtiyordan tashqari. Аtipikkardiomiositlar yurakning 
o‗tkazuv tizimini hosil qilib, uning ritmik qisqarishini ta‘minlaydi. 
Nerv to‘qima. Nerv to‗qimasi nerv hujayralari (11-rasm) va 
neyrogliyadan iborat. Nerv hujayralari ta‘sirlanish natijasida qo‗zg‗alish 
holatiga kelish, impulslar hosil qilish va ularni uzatish qobiliyatiga ega. 
Neyrogliya trofik, tayanch, himoya va chegaralash faoliyatiga ega. Nerv 
hujayralari va neyrogliya morfologik va funksional bir tizimni hosil qiladi. 
U organizmni tashqi muhit bilan aloqasini o‗rnatib, organizm ichidagi 
faoliyatlarni muvofiqlashtirib, uning bir butunligini ta‘minlaydi .Nerv 
tizimining morfofunksional birligi nerv hujayrasi–neyron yoki neyrosit 
bo‗lib, unda tanasi va turli uzunlikdagi o‗siqlari bor.
Neyron tanasining o‗lchamlari 3–4 dan 130 mkmgacha. Nerv hujayrasi 
o‗siqlari nerv impulsini o‗tkazib berib, uzunligi bir necha mikrondan 1–
1,5m gacha. Nerv hujayrasida ikki xil o‗sig‗i tafovut qilinadi. 1. Акson yoki 
neyrit- uzun o‗siq bitta bo‗lib, hujayra tanasidan impulsni boshqa hujayraga 
yoki ishchi a‘zoga o‗tkazib beradi. 2.Dendritning soni turli xil neyronlarda 
turlicha. Ular qisqa va shoxlangan. Dendritlar impulsni nerv hujayrasi 
tanasiga o‗tkazadi. Sezuvchi neyronlarning dendritlarini periferik uchida 
retseptorlar ibo‗ladi. Neyronlar o‗siqlarining soniga qarab bipolyar (ikkita 
o‗siqchali), multipolyar (ko‗p o‗siqchali) va soxta unipolyar (bitta 
o‗siqchali) turlarga bo‗linadi. Soxtaunipolyar neyronlar tanasidan bitta 
umumiy o‗siq chiqib, keyinchalik T- shaklida akson va dendritga bo‗linadi. 
Bu shakl sezuvchi neyronlarga xos. Nerv hujayrasida bitta yadro bo‗lib, 


33 
ichida 2–3 yadrochalari bor. Nerv hujayrasi sitoplazmasida barcha 
hujayralarga xos kiritmalardan tashqari tigroid modda va neyrofibrillyar 
apparat bor. Tigroid modda hujayra tanasi va dendritlarda joylashadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling