Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam hayotining davrlarga bo‘linishi
1-jadval Bolalarning o‘rtacha bo`y uzunligi va tana vazni (K.Sodiqov bo‘yicha) Yoshi O‘g‘il bolalar Qiz bolalar bo‘yi, sm Tana,massasi, kg bo‘yi, sm tana massasi, kg 1 yosh 3 oy 76-83 10.37-12.43 74-80 8.4-11.64 1 yosh 6 oy 78-85 10.81-12.81 76-84 10.58-12.22 1 yosh 9 oy 82-87 11.53-13.81 80-87 11.39-13.35 2 yosh 85-92 12.01-14.07 82-90 11.28-14.00 2 yosh 6 oy 88-96 13.00-14.92 87-95 12.57-15.29 3 yosh 92-99 13.85-16.05 91-99 13.58-16.12 4 yosh 98-107 15.83-18.45 95-106 14.50-1754 5 yosh 105-116 17.62-21.76 96-106 16.97-19.99 6 yosh 111-121 19.62-24.18 111-116 18.83-23.85 Keyinchalik, toki balog‗at yoshiga yetguniga qadar bolaning o‗sishi va rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O‗sish va rivojlanishning ikkinchi - tezlashish davri, bolaning balog‗at yoshidagi davriga to‗g‗ri keladi. Yangi tug‗ilish davridan, toki to‗lig‗icha voyaga yetish yoshigacha tana uzunligi - 3,5 marta, gavda uzunligi - 3 marta, qo‗llar uzunligi - 4,5 marta, oyoqlar uzunligi esa -5 martagacha ortadi. Xuddi shuningdek odam organizmidagi suyaklar ham yoshga mos holda o‗sib boradi. Bolaning asosiy tana suyaklari 14-20-25 yoshgacha o‗sib bo‗ladi, ammo umurtqa pog‗anasining dumg‗uza qismi 30 yoshgacha o‗sishda davom etadi. Odam hayotining davrlarga bo‘linishi. Odam organizmning yashash davrida o‗sish va rivojlanish tezligining bir xil bo‗lmasligining umumiy qonuniyatlari asosida kishi yoshini davrlarga bo‗lish tavsiya etilgan. Kishi hayotining butun bosqichi bir qancha davrlarga ajratilib, ularda organizmning o‗sish va rivojlanish jarayoni, shuningdek, morfofunksional xususiyatlari o‗xshash bo‗ladi. Yoshni davrlarga bo‗linishida turli sxemalar bor. Biroq bolalar va o‗smirlarni jismoniy tarbiyalash uchun 1965 yil xalqaro simpoziumda tavsiya etilgan quyidagi sxemadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 38 Odatda yoshning bir davridan ikkinchi davriga o‗tishi organizm individual rivojlanishining sakrash bosqichi deb belgilanadi. Bu davrda faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham yosh o‗zgarishlari bo‗ladi. Har bir sakrash bosqichida tegishli yosh davriga xos yangi fiziologik o‗zgarishlarni va xulq-atvor reaksiyalarini ta'minlaydigan tuzilmalarning irsiyat bilan bog‗liq etilishi yuzaga keladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling