Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm.Hujayralarning bo‘linishi. 
Mitozning 
bosqichlari. 
А–interfaza; B-profaza; D–metafaza;
E–anafaza; F–telofaza; G–kechki telofaza. 
1–yadro;2–hujayra markazi; 3–hujayralar bo‗linishning duki; 4–
xromosomlar; 5–uzluksiz mikronaychalar; 6–hujayra markazi;7–
hujayralar ning bo‗linish egati; 8–yadroni hosil bo‗ladi. 
To‘qimalar 
haqidagi 
ilm. 
To‗qimalar. 
Odam 
organizmi 


25 
to‗qimalardan tashkil topgan. To‗qimalar–kelib chiqishi, tuzilishi va 
faoliyati jihatidan bir xil bo‗lgan hujayra va hujayradan tashqari 
moddalarning tarixan tashkil topgan yig‗indisidan iborat. Organizmda 4xil: 
epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv to‗qima tafovut qilinadi. 
Har bir a‘zo tarkibiga o‗zaro jips bog‗langan turli to‗qimalar kiradi. 
Odam hayoti davomida hujayra va hujayra bo‗lmagan elementlar ishdan 
chiqishi va o‗lishi(fiziologik degenratsiya) va ularning tiklanishi(fiziologik 
regenratsiya) ro‗y beradi. Bu jarayonlar turli to‗qimalarda turlicha kechadi. 
Hayot davomida barcha to‗qimalarda sekin kechuvchi yoshga qarab 
o‗zgarishlar bo‗lib o‗tadi. Epiteliy, biriktiruvchi, ko‗ndalang targ‗il mushak 
to‗qimalar shikastlanganda yaxshi va tez tiklansa, silliq mushak to‗qima 
ma‘lum bir sharoitda tiklanadi. Nerv to‗qimada faqat nerv tolalari tiklanadi. 
To‗qimalarni shikastlanganda tiklanishini reparativ regenratsiya deb ataladi. 
Epiteliy to‘qima. Epiteliy to‗qima bazan membranada yotgan hujayralar 
qatlamidan iborat bo‗lib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi to‗qima 
joylashgan. Bu hujayralar tana yuzasi(teri) va shilliq pardalarni qoplab, 
organizmni tashqi muhitdan ajratib himoya vazifasini bajaradi va organizm 
bilan tashqi muhit o‗rtasida modda almashinuvida ishtirok etadi. Bundan 
tashqari epiteliy ichki va tashqi sekretsiya bezlarini bez to‗qimasini ham 
hosil qiladi. 
Bezlarni hosil qiluvchi bez epiteliyi o‗zidan suyuqlik(gormonlar) 
ajratish xususiyatiga ega bo‗lib, ular tashqi muhitga yoki qon va limfaga 
quyiladi. Hujayralarning organizmni yashashi uchun kerak bo‗lgan 
moddalarni ishlab chiqarish xususiyati sekretsiya deyilib, bunday epiteliy 
sekretor epiteliy deyiladi. 
Epiteliy hujayralari ba‘zan membranada joylashib, uning ostida yotgan 
bo‗sh biriktiruvchi to‗qimadan ajralib turadi. Taraqqiyoti va vazifasiga qarab 
epiteliy turli tuzilishga ega bo‗ladi va yuqori qayta tiklanish xususiyati bilan 
ajralib turadi. 
Epiteliy ko‗p qavatli (shoxlanuchi, shoxlanmaydigan va o‗zgaruvchan) 
va bir qavatli (silindrik, kubsimon, yassi) bo‗ladi. Ko‗p qavatli yassi 
shoxlanuvchi epiteliy teri ustini qoplaydi va epidermis deyiladi. 
Ko‗p qavatli yassi shoxlanmaydigan epiteliy(3-rasm) ko‗zning shox 
pardasini, og‗iz bo‗shlig‗i va qizilo‗ngachning shilliq pardasini qoplaydi. 
O‗zgaruvchan epiteliy siydik ayiruv a‘zolarining shilliq pardasini 
qoplaydi. Bir qavatli silindrik epiteliy oshqozon va nafas yo‗llari shilliq 
pardasini qoplaydi. Bir qavatli kubsimon epiteliy (4-rasm) buyrak naychalari 
va bezlarning chiqaruv naychalarini qoplaydi. Bir qavatli yassi epiteliy qorin 


26 
parda, plevra, perikardni yuzasini qoplaydi va mezoteliy deb ataladi. 
U orqali qorin parda, plevra, perikard bo‗shliqlaridagi suyuqlik bilan 
mezoteliy ostidagi biriktiruvchi to‗qimada joylashgan qon tomirlardagi qon 
o‗rtasida modda almashinuvi ro‗y beradi. 
Bezlar (3-rasm) organizmda suyuqlik ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. 
Tashqi sekretsiya yoki ekzokrin bezlar va ichki sekretsiya yoki endokrin 
bezlar tafovut qilinadi. Ichki sekretsiya bezlari o‗z suyuqligini bevosita qonga 
yoki limfaga quyadi. 
Tashqi sekretsiya bezlari o‗zining ishlab chiqargan suyuqligini turli 
bo‗shliqlarga yoki tana yuzasiga chiqaradi. Ekzokrin bezlar qaysi a‘zo va 
tizimlarning tarkibiga kirishiga qarab turli vazifani bajaradi. Ekzokrin bezlar 
turlicha bo‗lib, ularning ko‗pchiligi ko‗p hujayralidir. Ularda sekretor qismi 
va chiqaruvnayi tafovut qilinadi.
Sekretor qismi suyuqlik ishlab chiqaruvchi hujayralardan iborat bo‗ladi. 
Sekretor qismining shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon- alveolyar 
bezlar tafovut qilinadi. Chiqaruv nayining tuzilishiga qarab oddiy va murakkab 
bezlar tafovut qilinadi. Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab shilliq, oqsil, 
aralash (oqsil-shilliq) va moy bezlari tafovut qilinadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling