Va oliy nerv faoliyati
Mediatorlar haqidagi ta`limot
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Mediatorlar haqidagi ta`limot. Nerv oxirlarida hosil bo‗ladigan ba`zi
ximiyaviy birikmalarning fiziologik rolini o‗rganadi. Mediatorlar nerv impulsini nerv oxiridan periferik organlarning hujayralariga yoki nerv hujayralariga o‗tkazuvchi ximiyaviy moddalardir. Mediatorlarni 1920 yilda O. Levi baqaning ajratilgan yuragidagi nervlarga ta`sir etib tajribada aniqladi. Bu kashfiyot juda ko‗p olimlarning tadqiqotlarida tasdiqlandi va yanada rivojlandi (Sobiq itfoqda A. F. Samoylov, A. V. Kibyakov va boshqalar, AQSHda U. Kennon, D. Naxmanson, Angliyada G. Deyl, V. Fel‘dberg, Bel‘giyada M. Bakg Frantsiyada B. Mints). Markaziy va periferik nerv sistemasining hamma qismlari qo‗zg‗alganida yoki tormozlanganida fiziologik aktiv moddalar hosil bo‗lishi endilikda aniqlandi. 20 Atsetilxolin,adrenalin va uning hosilasi- noradrenalin, shuningdek ba`zi boshqa moddalar mediatorlar ekanligi ko‗rsatib berildi; ularning ta`sir etish mexanizmi zo‗r berib o‗rganilmoqda. Mediatorlar nerv oxirlarida nerv implusini o‗tkazishdan tashqari, nerv to‗qimasining qo‗zg‗aluvchanligini va fiziologik holatini o‗zgartira olishi ham aniqlandi. Mediatorlarni o‗rganish klinika uchun amaliy jihatdan muhim natijalar berdi. Nerv sistemasining bir qancha kasalliklarida va zaharlanishning ba`zi turlarida mediatorlar hosil bo‗lishi, ta`sir etishi va parchalanishi buzilar ekan, bunday kasalliklar va zaharlanishlarni davolashning yangi metodlari shu asosda tavsiya etildi va amaliyotda joriy qilindi. Endokrinologiya, vitaminologiya va mediatorlar haqidagi ta`limotning muvaffaqiyatlari tufayli organizm hayot faoliyatini boshqarishda ba`zi ximiyaviy birikmalarning g‗oyat muhim ahamiyati borligi ma`lum bo‗ldi. Ximiyaviy faktorlar funksiyani birlashtirish, uyg‗unlashtirish va boshqarishda qatnashadi. Bir xil hujayra va tuqimalarda hosil bo‗lib qon va to‗qima suyuqligi orqali boshqa hujayralarga yetib boradigan moddalarning organizm funksiyalariga ta`sir ko‗rsatishi gumoral regulyatsiya deb ataladi Tadqiqotlarning fizik yo‗nalishi ham fiziologiyani katta yangiliklar bilan boyitdi. Avvalo elektrofiziologiya yutuqlarini qayd qilib o‗tish kerak bu yutuqlar asosan elektronika va radiotexnikadan foydalanish natijasida qo‗lga kiritildi. XX asrning boshlarida turli galvanometr (V. Eyntxoven, A. F. Samoylov), keyinchalik elektr toki yoki kuchlanishini kuchaytiruvchi elektron asboblar va osillograflar (G. Gasser, E. Edrian) qo‗llanilishi tufayli markaziy va periferik nerv sistemasi, yurak va muskullarda ro‗y beruvchi elektr hodisalarini sinchiklab analiz qilish mumkin bo‗ldi. Bu tadqiqotlarning ahamiyati shuki, harakat toki yoki potensial deb ataluvchi elektr o‗zgarishlari qo‗zg‗alish protsessiga muqarar hamrox bo‗ladi. Elektrofiziologik tadqiqotlar meditsina praktikasida keng rasm bo‗ldi. Masalan, yurak faoliyatining elektr ko‗rinishlarini qayd qilish – elektrokardiografiya – yurak kasalliklarida yurak faoliyati buzilganini bilib beradigan nozik diagnostik usul bo‗lib qoldi. Bosh miya faoliyatining elektr ko‗rinishlarini o‗rganish – elektroentsefalografiya bosh miyaning ba`zi kasalliklarini aniqlashda, jumladan o‗smalar lokalizatsiyasini bilishda muhim ahamiyatga ega. XIX asr oxirlarida rivojlana boshlagan fizik ximiya nazariyasi va usullaridan XX asrda fiziologlar foydalana boshlashdi. Fiziologik protsesslarni hal qilish uchun fizik ximiya qonunlarini tatbiq etishga V. Yu. Chagovets (1896- 1903), keyinchalik esa amerikalik biolog Dj. Leb, nemis olimlaridan fiziolog Yu. Bernshteyn va fizik ximik V. Nernst, rus fizigi va fiziologi P. P. Lazarev birinchi marta urinib ko‗rishdi. V. Yu. Chagovets tirik to‗qimalardagi elektr hodisalari 21 tabiatini aniqlash uchun S. Arrenniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini tatbiq etdi va bioelektr potensiallari to‗qimalardagi elektrolitlar kontsentratsiyasining farq qilishi natijasida paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi. XX asrda markaziy nerv sistemasi quyi qismlarining fiziologiyasini o‗rganishga katta hissa qo‗shildi: nerv markazlari haqidagi ta`limot rivojlantirildi, funksiyalar uyg‗unlashuvi, ya`ni koordinatsiyaning umumiy qonuniyatlari, orqa miya, uzunchoq miya, o‗rta miya, miyacha, po‗stloq osti yadrolarida reflektor reaksiyalar o‗tishining xususiyatlari o‗rganildi (Angliyada CH. Sherrington, Gollandiyada R. Magnus, Rossiya da N. E. Vvedenskiy, A. A. Uxtomskiy S. Beritashvili, E. A. Asratyan, A Shda J. Dyusser de Barenn, J. Fulton, Avstraliyada J. Ekkls va boshqalarning tadqiqotlari). Bosh miya retikulyar formatsiyasining funktsiyasi aniqlandi (G. Megun va G. Morutsi, P. Anoxin va boshqalar). XX asrda ilmiy tadqiqotlar va turli mamlakatlarda fiziologiya problemalarini ishlab chiqayotgan tadqiqotchilar juda ko‗payib ketdi. Masalan, 1889 yili butun dunyoda fiziologiya va qo‗shni fanlar bo‗yicha hammasi bo‗lib 700 dan sal ortiq asar nashr qilingan bo‗lsa, so‗nggi vaqtda bilimning bu sohalarida yiliga 30 000 dan ortiq ilmiy asar e`lon qilinmoqda. Zamonamizda ilmiy tadqiqotlarning tashkil qilinishi ham o‗zgardi. Hozir murakkab apparatlar bilan jihozlangan va har xil ixtisosli mutaxassislar ishlayotgan katta ilmiy institut va laboratoriyalarda tadqiqotlar olib borilmoqda: fiziologiya muammolarini hal qilish ustida fiziologlar bilan bir qatorda biofiziklar,‘ bioximiklar, morfologlar, matematiklar va injenerlar hamjihat bo‗lib ishlamoqdalar. Hozirgi kunda O‗zbekistonda yosh ―Yosh fiziologiyasi gigienasi‖, ― oliy nerv faoliyati‖ va‖ markaziy nerv tizimi fiziologiyasi‖ fanining rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan olimlar ham ko‗pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, S.Sh.Shamsiyev,Oripov kabi olimlarimiz fiziologiya sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishganlar. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling