Va oliy nerv faoliyati
Ovqat hazm qilish organlarining yoshga xos xususiyatlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ovqat hazm qilish organlarining yoshga xos xususiyatlari. Bola 6-8
oylik bo‗lgandan boshlab sut tishlar chiqa boshlaydi. Dastlab kurak tishlar, so‗ng qoziq tish, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlar 20 ta bo‗lib; formulasi 2 1 2 2 1 2 Ya‘ ni 2 ta kurak, 1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq tish. Sut tishlar 7 yoshdan boshlab tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7 yoshda birinchi katta oziq tish, 8 yoshda birinchi kurak tish, 9 yoshda ikkinchi kurak tish, 10 yoshda birinchi kichik oziq tish. 13-16 yoshda katta oziq tish, 11-15 yoshda ikkinchi oziq tish, 18-30 yoshda uchinchi oziq tishlar chiqa boshlaydi.Bolalarda quloq osti bezlari jag‗ osti so‗lak bezlarga qaraganda ko‗proq so‗lak ajratadi. Chaqaloq bola so‗lagida ptialin 54 fermenti ko‗p bo‗ladi, 2 yoshdan 15 yoshgacha so‗lak tarkibida oqsil miqdori ortib boradi. 11-12 yoshda oziq moddalarga bir kecha-kunduzda 200 sm 3 ovqat y emaganda 400-600 sm 3 so‘lak ajraladi. Bolaning yoshi kattalashishi bilan me'daning hajmi ham ortadi. Yangi tug‗ilgan bolalarda 30-45 sm 3 , 1 yoshda 400-500 sm 3 , 2 yosh oxirida 600-750 sm 3 6-7 yoshda 950-1100 sm 3 10-12 yoshda 1500 sm 3 bo‗ladi. 2 yoshgacha medaning shakli noksimon, 7 yoshda kolbasimon bo‗ladi.Me'da bezlari ishlab chiqaradigan shiraning hazm qilish kuchi va kislotaligi ancha past bo‗ladi. Bu shira tarkibida ximozin, pepsin, lipaza, amilaza va boshqa ko‗p fermentlar uchraydi, biroq ular kam miqdorda bo‗ladi. Bola bir yoshga to‗lguncha ichagi tez o‗sadi. 10-15 yoshda o‗sishi yana tezlashadi. Bolalar ichagining uzunligi tanasiga nisbatan olganda katta, uzunligi 4-5 marta, ko‗krak yoshidagi bolalarda esa 6 marta ortiq bo‗ladi. Go‗daklikda ingichka ichak devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan ichak shirasining miqdori va fermentlar kontsentratsiyasi ham orta boradi, meda osti bezining uzunligi katta odamnikiga tenglashadi, shira miqdori ortib, hazm qilish kuchayadi.Yangi tug‗ilgan bolada oziq moddalar me'dada yaxshi so‗riladi. Keyinchalik so‗rilish sekinlashadi, ichakda to‗la parchalanmagan oq'sillar so‗riladi. Bolalarda aminokislatalar va uglevodlar so‗rilishi kattalarnikiga nisbatan tezlashadi. Yosh kattalashishi bilan sekinlashib boradi. Ovqat hazmi jarayoni deb - oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon - ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan o‗zlashtirilishi mumkin bo‗lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi. Odamlar organizmida, ovqat hazm tizimidagi hazm shiralari ta‘sirida oqsillar aminokislotalargacha, yog‗lar-glitserin va yog‗ kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi – fermentlar bosh rolni o‗ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bo‗lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling