Mavzu: Kataliz Reja


Download 132.5 Kb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1262996
  1   2   3   4
Bog'liq
Kataliz


Mavzu: Kataliz
Reja:
Kirish

  1. Ximiya faniga kirish maqsad va vazifalari

  2. Kinetika va kataliz

  3. Reaksiyalarning ketish tezligi.

  4. Reaksiyalarga ta‘sir qiluvchi omillar.

Foydalanilgan Adabiyotlar
Ximiya kinetika ximiyaviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘minot bo‘lib, tezliklari, kinetikadagi reaksiyalarning tezliklari, ularga ta‘sir qiluvchi faktorlar o‘rganiladi. Ximiyaviy reaksiyalarni tekshirishda ikki amaliy masala muhim amaliy ahamiyatga ega. Bularning birinchisi reaksiyaning muvozanati qaror topgandagi unumi, ya‘ni ayni sharoitda dastlabki moddalarning oxirgi mahsulotlarga o‘tishining maksimal darajasi va ikkinchisi reaksiyaning borish tezligidir. Reaksiyaning muvozanat holatidagi unumini hisoblashni termodinamika o‘rganiladi. Lekin jarayonning qancha davom etishi ximiyaviy kinetikada tekshiriladi.
Ximiyaviy jarayonlarni boshqaruvchi muhim faktlar, omillar to‘rtta:
1.Tempiratura
2.Bosim
3.Reaksiyaga kiruvchi moddalarning konsentratsiyalari
4.Katalizatorlar
Bu to‘rtta faktorning uchtasi (temperatura, bosim va reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsenratsiyalari) reaksiyaning kuzatiladigan tezligiga ham, muvozanatiga ham ta‘sir etadi: to‘rtinchisi esa faqat reaksiya tezligiga ta‘sir etadi. Ba‘zi reaksiyalar (H2+Cl2=2HCl) tezligiga yorug‘lik ham ta‘sir qiladi, shu bilan birga jarayonni boshqaruvchi muhim omillar biri moddalarning tabiati.
Ximiyaviy kinetika qonunlari eritmalarda boradigan reaksiyalarni tekshirish natijasida topilgan quyidagi ikki prinsipga asoslanadi:
1. Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsional bo‘ladi (masalan ta‘sir qonuni).
2. Ketma-ket borayotgan bir necha protsessni umumiy tezligi shular ichida eng sust beruvchi protsess tezligi bilan o‘lchanadi.
Ximiyaviy kinetikaning nazariy va amaliy ahamiyati juda katta: kinetikani tekshirish reaksiyalarning qanday yo‘llar bilan borishini ya‘ni molekulalar, atomlar va radikallarning o‘zaro ta‘sir etish mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Shu bilan birga reaksiyalarning yo‘nalishini va ularning tezligini boshqarishga imkon beradi.
Asosan, XIX asr oxirlaridan boshlab reaksiyalarning tezligini o‘rganishga ahamiyat beriladigan bo‘ldi.
Bunga asosiy e‘tibor reaksiyalarni sinflarga ajratishga va molekulyar kinetik nazariyaga asoslanib, reaksiyalarning borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratildi.
Turli ximiyaviy reaksiyalarning tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, portlash prosesslari sekundning o’n mingdan bir ulushda borsa, ba‘zi reaksiyalar bir necha soatlar, reaksiyalar davom etadi. Geoximiyaviy reaksiyalar, yer bag’rida boradigan reaksiyalar uzoq yillar va asrlar davom etishi mumkin. Sanoatda biror mahsulot olish uchun o’tkaziladigan reaksiyaning qanday tezlikda borishi katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Kerakli reaksiyaning tezligini oshirish va halal beradigan yonaki reaksiyalarning tezliklarini kamaytirish sanoatning ishlab chiqarish unumini oshirishga, xom ashyodan to’laroq foydalanishga, kam vaqt ichida ko’p mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi. Shu sababli reaksiyalarning qaysi sharoitda tez yoki sekin borishini aniqlashning va shunga qarab ularning tezliklarini o’zgartira bilishning ahamiyati g‘oyat katta.
Ximiyaviy reaksiyalarning kinetikasini tekshirish reaksiyalarning qanday yo‘llar bilan borishini ya‘ni ularning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Bu esa ximiyaviy reaksiyalarning yo‘nalishini va ularning tezligini boshqarishga imkoniyat tug‘diradi.
Ximiyaviy reaksiyalar tezligi o‘rganishga, asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab alohida ahamiyat beriladigan bo‘ldi. Dastlab, ximiyaviy reaksiyalarning klassifikatsiya qilishga va ularning borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Bu sohaning taraqqiy ettirishda M.N.Semenov, V.N.Kondratev, N.F.Shilov, Ginshelvud kabilarning xizmatlari g‘oyat kattadir.
Ximiyaviy reaksiyalarning tezligi

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling