Va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


Tadqiqotning obyekti va predmeti


Download 250.67 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi250.67 Kb.
#1597478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Bugungi ilmiy ishimizda jurnalistlik kasbining yaratilish tarixidan boshlab, uning rivojlanish tendentsiyalari va jurnalistning jamiyatdagi o’rnini hisobga olgan holda, uning turli tarixiy davrlarda qanday o’zgarishlarga uchragani va hozirda jurnalistika qanday ekanligini ko’rsatish; hozirgi bosqichda jurnalistika va jurnalist oldida qanday funksiya va vazifalar turibdi va o’z kasbiy burchlarini bajarayotgan amaliyotchi jurnalistlar uchun qanday kasbiy qiyinchiliklar yuzaga kelganiligi va zamonaviy xususiyatlarini ko’rsatish bugungi ilmish ishning obyekti bo’ladi. Predmet sifatida ilmiy ish uchun foydalanilgan qo’llanmalar va fan doirasidagi ilmiy kitoblar predmet sifatida olindi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Jumalistika kasbi qiyin sohalardan biri bo’lishiga qaramasdan, juda sharafli kasb hisoblanadi. Uning ma’suliyat darajasi keng ko’lamlidir va u bilangina cheklanib qolmaydi, balki u matbuotning ijtimoiy tabiati, funksiya va tamoyillaridan kelib chiquvchi talablariga ham amal qiladi. Ya’ni, jumalistika kasbi faqat adabiy ijod faoliyatidangina iborat ho’lib qolmasdan ijtimoiysiyosiy faoliyat hamdir. Jurnalist ijtimoiy voqelikni shunchaki, beehtiros qayd etuvchi emas, balki o’z jamiyati, o’z xalqi, o’z millati, o’z vatanining manfaat va maqsadi uchun kurashchi, faol siyosatchi, jamoat arbobi ham bo’lishi shart. Zero, matbuot kishilik jamiyatida, ma’lum davr va ma’lum tuzumda ish ko’radi. Jurnalistika kasbining maqsdad va vazifalari ham quydagilardan iborat:
– jurnalistik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari;
axloqiy tomoni;
– jurnalistikaning hozirgi tendentsiyalari;
–jurnalistika kasbining jahon siyosatida mavqeyini belgilash;
–kasbning zamonaviy turlarining tavsifi va ahamiyati.
–OAV chiqishlari bilan bog’liq muammolar.
Ushbu ilmiy yo’nalishning maqsad va vazifalari hozirgi bosqichda jurnalistikaning rivojlanishi va faoliyati haqida chuqur izlanishlar olib borishni talab qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, jurnalistika kasbi uning zamonaviy faoliyatlarini aniqlash va yangi zamon ruhiga mos jurnalistika kasbning turlari shakllanishini o’rganish bu ilmiy ishning yangiligi deya olamiz. Jurnalistika sohasida ko’plab olimlar va ijodkorlari ilmiy , amaliy ko’nikmalar yaratganlar , ilmiy adabiyotlar yartilgan , shuralardan ilmiy ishbi ochib berishda foydalandik.

Download 250.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling