Va pedagogika instituti


Download 63.94 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi63.94 Kb.
#1288277
Bog'liq
Kafedra tavsiyanoma Nizmova Mehrangiz


DENOV TADBIRKORLIK
VA PEDAGOGIKA INSTITUTI




DENAU INSTITUTE OF ENTREPRENEURSHIP 
AND PEDAGOGY




190500, Denov t., Sh.Rashidov ko‘chasi 360. Tel.: +998956507757. E-mail: info_dtpi@edu.uz.

№_______________

Denov tumani

________________2022-yil


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Bank ishi va audit yo’nalishi talabasi
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzodaga
TAVSIYANOMA
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda 2020-yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bank ishi va audit ta’lim yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 3-bosqich talabasi sifatida o’qib kelmoqda. O’qishi mobaynida o’zining zukkoligi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, vatanparvarligi, fidoiyligi, jonkuyarligi, innovatsion g’oyalari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelmoqda. Unga yakunlangan har bir ishga ma’suliyat bilan yondashadigan, mehribon va jamoat ishlarida faol talabadir. Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda o’zining tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan ustozlarning e’tiborini qozonib kelmoqda.
2022-yil avgust oyida “Toshkent; Lesson Press” nashriyoti tomonidan Nizomova M.J va Esanova Sh.A hammuallifligida “Islom banklari faoliyati, tajribalari, O’zbekiston bank tizimida qo’llash istiqbollari” nomli ilmiy risolasi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ilmiy-uslubiy kengashining 2022-yil 8-avgustdagi 24-bayonnomasi bilan nashr qilingan.
2022-yil 31-avgustda “Qatar islom banki” mavzusidagi maqolasi bilan “International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education and Humanities” nomli xalqaro ispaniya konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil 4-avgustda “Prospects of digital banking in Uzbekistan” nomli maqolasi “World Bulletin of Social Sciences” yuqori impact faktorli xalqaro ilmiy jurnalidabchop etilgan.
2022-yil 8-oktabrda “Muhammad Yusufni sog’indi o’zbek” va “Go’zalim, go’zalsiz, go’zalsiz onam” nomli she’rlari “Denov ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasida chop etilgan.
2022-yil avgust oyida “Islom bank tizimining tarixi va rivojlanish sabablari” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning nufuzli “USTOZLAR UCHUN” jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Xalqaro moliya tashkilotlari, ularning turlari va O’zbekiston bilan aloqalari” nomli maqolasi O’zbekistonning nufuzli “Journal of new century innovations” ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil avgust oyida “Dubay islom banki” mavzusidagi maqolasi Hindistonning “Young Academician” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Islom banklari va ularning faoliyati” mavzusidagi maqolasi “OБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ” ilmiy-amaliy onlayn jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Islom taraqqiyot banki faoliyati, maqsadi va O’zbekiston bilan aloqalari” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning nufuzli “Journal of new century innovations” ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Al Baraka banking group” nomli maqolasi “American Journal of Business Management, Economics and Banking” yuqori impact faktorli xalqaro ilmiy-amaliy onlayn jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Malaziya, Eron va Pokistonda islomiy bank va islom banklarining jahon bozoriga kirishi” mavzusidagi maqolasi “OБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ” ilmiy-amaliy onlayn jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning nufuzli “Journal of new century innovations” ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil iyul oyida “Abu Dabi islom banki” nomli maqolasi “OБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ” ilmiy-amaliy onlayn jurnalida chop etilgan.
2022-yil 22-iyunda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan “Xalqaro ilmiy forum – 2022” ko’p tarmoqli ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil chet tili darajasini bilish to’g’risidagi “CEFR”, ya’ni milliy testda “B2” daraja olib, maxsus sertifikatni qo’lga kiritgan.
2022-yil iyun oyida “ Federal Zaxira Tizimi va uning mustaqilligi” mavzusidagi maqolasi bilan O’zbekistonda “ Ta’limda raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari” mavzusida o’tkazilgan respublika onlayn ilmiy amaliy konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil iyun oyida “ Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston” mavzusidagi maqolasi bilan AQShning “ International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education-2022” xalqaro onlayn ilmiy- amaliy konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil iyun oyida “ Islom banklari operatsiyalari tasnifi Al Rajhi bank misolida” nomli maqolasi bilan Angliyaning “ International Multidisciplinary Conference TECH-FEST-2022” xalqaro ko’p tarmoqli onlayn ilmiy konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil iyun oyida “ O’zbekiston sharoi tida nobank moliya-kredit muassasalaridan foydalanish istiqbollari” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning “ Analytical Journal of Education and Development” yuqori impact faktorli onlayn ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil may oyida “ Islomiy moliya va O’zbekston moliya tizimida undan foydalanish istiqbollari” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning “ JOURNAL OF MARKETING,BUSINESS AND MANAGEMENT” nomli nufuzli jurnalida chop etilgan.
2022-yil may oyida O’zbekiston Ekologik partiyasi Denov tuman Kengashiga hayrihohligi, ekologik muhitning toza va ozoda saqlanishida olib borayotgan ishlari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan.
2022-yil 30-aprelda “ Markaziy banklarning mustaqilligi” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning “ BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR” yuqori impact faktorli onlayn ilmiy jurnalida chop etilgan.
2022-yil 30-aprelda “Pul tizimi tushunchasi va O’zbekiston Respublikasi pul tizimi” mavzusidagi maqolasi Rossiyaning “Образованние инауки в XXI веке“ ilmiy-amaliy jumalida chop etilgan.
2022-yil aprel oyida “ The role of banks in the economy” mavzusidagi maqolasi “ Academicia Globe : Inderscience Research” yuqori impact faktorli xalqaro jurnalida chop etolgan.
2022-yil aprel oyida “ Pul, uning mohiyati va zamonaviy pullar” mavzusidagi maqolasi O’zbekistonning “ Journal of new century innovations” xalqaro ko’p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar jurnalida chop etilgan.
2022-yil mart oyida “ Markaziy banklarning vazifasi nima? ” nomli maqolasi Rossiyaning “Образованние инауки в XXI веке“ ilmiy-amaliy jumalida chop etilgan.
2022-yil “ JORNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY” jurnalida “ Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar” mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
2022-yil DTPI da 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan "Balli qizlar" ko'rik tanlovida faxrli 1-o'rinni egallaganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2022-yil “Oliygoh.uz” tomonidan tashkil etilgan "REGISTON STIPENDIYASI" Respublika ko’rik tanlovida faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil “IQ – Certification.com” tomonidan tashkil etilgan va dunyoning 30dan ziyod davlatlaridan ishtirokchilar qatnashgan tanlovda “IQ 136” balni qo’lga kiritgani uchun yuqori darajali Xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil "THE RELEVANCE OF PEDAGOGICAL CONDITIONS IN THE DIALECTOLOGICAL SYSTEM" nomli maqolasi "Polish Science Journal" jurnalida chop etilgan.
2021-yil 8-mart "Xalqaro xitin-qizlar kuni" munosabati bilan I smestr davomida barcha fanlarni a'lo baholarga o'zlashtirganligi uchun DTPI rektori tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2021-yil DTPI (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) da o'tkazilgan "ZULFIYAXONIM" tavalludining 106 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan musobaqada 3-o'rinni egallaganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2020-yil “IELTS” idp imtihonida “band 5”, ya’ni B1 darajali Xalqaro sertifikatni qo’lga kiritdi.
2018-2019 o'quv yilining "YOSHLAR VA QONUN", "SIZ QONUNNI BILASIZMI? " Respublika ko'rik tanlovining faol ishtirokchisi sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2019-yil "YOSHLAR VA QONUN" Respublika tanlovining Termiz shahar bosqichida 1-o'rinni egallaganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2019-yil "Siz qonunni bilasizmi?" respublika ko'rik tanlovining shahar bosqichida 2-o'rinni egallaganligi uchun Termiz shahar 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Qalqon" jamoasi a'zosi sifatida Diplom bilan taqdirlangan.
2018-yil "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" Respublika ko'rik tanlovining shahar bosqichida insho yozish yo'nalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni egallaganligi uchun Termiz shahar Xalq ta'limi bo'limi tomonida faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2015-2016 o'quv yilida "ENG FAOL KAMALAK A'ZOSI" nominatsiyasi bo'yicha faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2014-2015 o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "KAMALAK BILIMDONLARI" ko'rik tanlovda ta'lim muassasasi bosqichida faxrli 1-o'rinni egallagani uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan.
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda innovatsion g’oyalari asosida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari natijasida Respublikamizda hamda xorijiy davlatlarda ilmiy anjuman, konferensiya va jurnallarda maqolalar va tezislari chop etilinib kelinmoqda. Bugungi kunda uning bitta ilmiy risolasi hamda o’ttizga yaqin ilmiy maqola va tezislari hamda o’nga yaqin she’rlari chop etilgan.
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda olib borayotgan ilmiy izlanishlari mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo’shadi va talabani “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi”ga munosib nomzod deb hisoblaymiz hamda tavsiya etamiz

Kafedra mudiri: Sh.Xudoynazarov
Ilmiy rahbar: O.Melikov
Download 63.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling