Va shaxslararo mojaro
Download 86 Kb.
|
Muloqot psixologiyai
MAVZU: PEDAGOGIK MULOQOTDA PSIXOLOGIK BOG‘LANISH VA SHAXSLARARO MOJARO Reja: 1.Psixologik bog‘lanish. Shaxslararo bog‘lanish va shaxslararo mojaro. 2. Shaxslararo birgalikdagi harakat va do‘stona munosabatlar. 3. Muloqotda teskari aloqa va muloqot treningi . Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi. Tirik mavjudotlar muloqoti filo va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi: - bir mavjudotdan ikkinchisiga yetkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. Shundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’yektiv, tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi; - maqsadlarning boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi. Bog‘lanish — muloqotga kiruvchilar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa bo‘lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni ko‘ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o‘zaro bir-birlariga hurmati, ishonchidan iboratdir. Pedagog o‘quv-tarbiya ishi jarayonida o‘quvchilar bilan aloqa bog‘larkan, ulardan o‘qituvchi rolining o‘zi taqozo etadigan darajada izzat-ikrom kutadi. Agar pedagog o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, u har qancha qattiqqo‘1 va talabchan bo‘lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ta’sirli bo‘ladi. O‘quvchi o‘qituvchining so‘zlarida o‘ziga nisbatan hurmat-e’tiborni sezmasa, asosli va mantiqan to‘g‘ri pand-nasihatlarni ko‘pincha loqayd qoldirishi mumkin. O‘zini o‘zi hurmat qilish tuyg‘usi — aniq, lekin mo‘rt quroldir. Psixologik bog‘lanishning buzilishi shaxslararo mojaroga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vazifalar va maqsadlaming mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antagonizmi yuzaga chiqadi. Ba’zan bu o‘zaro adovatni keltirib chiqaradi va shaxslararo mojaro sodir bo‘ladi. Mojaroning ijtimoiy mohiyati turlicha va shaxslararo munosabatlar negizini tashkil etadigan qadriyatlarga bog‘liq bo'ladi. Masalan, mojaro bittasi noinsoflik qilgan ikkita o‘rtoqning to‘qnashuvi tusini olishi mumkin. Birgalikdagi faoliyat jarayonida mojarolarning sabablari o‘rnida ikki xil toifadagi determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va shaxsiy-pragmatik manfaatlar o‘rtasidagi tafovut maydonga chiqadi. Mojarolarning kelib chiqishiga muloqotga kirishuvchilaming o‘zaro birgalikda harakat qilishlariga g‘ov bo'lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar sabab bo‘ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik — aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi muloqot bog‘lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hoi ularning o‘zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilishi uchun to‘sqinlik qiladi. Agar pedagog o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa, o‘quvchining qiziqishlarini va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan hisoblashgan holda ish tutadigan bo‘lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin. So‘zlar kishi ongining boshqa faktlari kabi mohiyatlaming umumiy tarzda qabul qilingan tizimidan tashqari alohida har bir kishi uchun xos ma’lum darajadagi shaxsiyatga oid mazmun, ahamiyat kasb etadi. Mohiyatlar bilan shaxsiyatga oid mazmunning nisbati A.N. Leontyevning asarlarida chuqur tadqiq etilgan edi: «Shaxsiyatga oid mazmunlar mohiyatlardan farqli o‘laroq... o‘zining ortiqcha individualligiga, «nopsixologik» tarzda mavjudligiga ega emas. Tashqi sezuvchanlik sub’yekt ongida mohiyatlarni ob’yektiv olamning realligi bilan bog‘lab turadi, shaxsiyatga oid mazmun esa ulami uning ushbu olamdagi hayoti realligi bilan, uning sabablari bilan bog‘lamaydi. Shaxsiyatga oid mazmun inson ongining g‘arazliligini yuzaga chiqaradi» Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling