Va shaxslararo mojaro


Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan so’zlar, amallar, yoki harakatsizlik konfliktogen deb ataladi


Download 86 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi86 Kb.
#1377733
1   2   3
Bog'liq
Muloqot psixologiyai

Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan so’zlar, amallar, yoki harakatsizlik konfliktogen deb ataladi. Konfliktogen – konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinadi.
Bu ta’rifda muhim bo‘lgan so‘zlardan biri “mumkin bo‘lgan”dir. Chunki u - konflikto­gen­larning havfini, ularning ichki tahdidini to‘g‘ri belgilab beradi. Konfliktga olib kelishi aniq bo‘lmagan, ya’ni konfliktga olib kelishi “mumkin bo‘lgan” narsalar ziddiyatga nisbatan uyg‘oqligizgiz va sezgirligingiz, ogohligingizni tinchlantirib, sizni aldab qo‘yishi mumkin. Tanishingizga nisbatan har doim salom-alikni quyuq qilsangiz-u, bir marta o‘z ishlaringiz bilan o‘ylanib, unga har doimdagidek e’tibor qaratmasdan, oddiy “Salom?” deb o‘tib ketsangiz, u sizdan qattiq hafa bo‘lib qolishi mumkin. “O‘zini katta tutyapti, behurmatlik qildi, nima men uning arpasini xom o‘rdim-mi?! Salom bermasa o‘ziga?! Ja, katta ishga o‘tdim deb, dimog‘i ko‘tarilib ketibdi-mi?....”. Orada noqulay ahvol kuzatiladi. Keyingi gal u siz bilan sovuq, rasmiy muomala qiladi. Endi siz o‘ylanasiz. “Nima bo‘ldi bunga?! Nimaga o‘zini bunday tutyapti?! Xuddi men bilan urishib qolganday. Uni hafa qilmovdim, shekilli...”
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yahshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g’risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo‘lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to‘g‘risida gapirish foydasizdir.
Nizo istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’yektlar o’rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli (sub’yektlar individ, guruh o’z o’zi bilan) ichki nizolar holatlarida bo‘ladi.
"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o‘rtasida katta farq bor.
Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’yektlar o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi – nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo‘qligi, ya’ni to‘qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.

Zamonaviy psixologiyada nizo odamlaming o‘zaro munosabatlari jarayonida qarama-qarshi pozitsiyalaming to‘qnashuvi sifatida talqin etiladi. Har qanday nizoning belgilari quyidagilardan iborat: ikki qarama-qarshi tomonlaming mavjudligi, ular o‘rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi.
Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining hatti- harakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: ob’yektiv nizoli vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o‘zi), nizoning hal etilishi.
Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar: tomonlarning yashirin to‘qnashuvi, tomonlarning ochiq to‘qnashuvi. Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, guruhlar ichidagi kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o‘zining asosiga binoan sub’yektlararo bo‘ladi, chunki nizolar har doim subyektlar o‘rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo‘luvchi turli shaxslararo yoki sub’yektning o‘zi bilan o‘zi nizo ko‘rinishda kechadi. Nizolarni hal qilish uchun biz ma’lum bir hatti- harakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz quyidagi hollarda samara berishi kuzatiladi: qarama-qarshi tomonlarning to‘qnashuvi to‘xtatiladi yoki batamom tugatiladi, tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi.
Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ular goh o‘chib, goh avj olib, guruh a’zolarini ishdan chalg‘itib, holdan toydirib, kishining ruhiy holatiga salbiy ta’sir etib, surunkali ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi. Awalo nizoni oldindan ko‘ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash, guruhlar yetakchilari bilan ishlash.
Nizoli vaziyatlarni hal qilish hatti-harakatlari belgilanmagan yoki bu hatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati-uni to‘xtatishdir.
Demak, shaxslararo mojarolar o‘z-o‘zidan kelib chiqmay, balki shaxslarning o‘zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmovchiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi.
Inson o‘z hayotida turli ijtimoiy guruhlarning a`zosidir. Bunday guruhlar oilaviy, ta`lim guruhlari, mehnat jamoalari, do‘stona kompaniyalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Guruh turi ma`lum ijtimoiy munosabatlarning mavjudligini taqozo qiladi. Shaxslararo munosabatlarni A. N. Suxov, A. A. Derkach quyidagilarga ajratiladi: ishlab chiqarish, maishiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, siyosiy, diniy, estetik va boshqa insoniy munosabatlar.
1. Ishlab chiqarish munosabatlari- ishlab chiqarish, ta'lim, iqtisodiy, maishiy va boshqa muammolarni hal qilishda tashkilotlar xodimlari o‘rtasida shakllanadi va xodimlarning bir-biriga nisbatan hatti-harakatlarining qat`iy qoidalarini nazarda tutadi. Ushbu munosabatlar quyidagilarga bo‘linadi:
Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling