Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
«...dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod
butunlay rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday maf- kuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din ne- gizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og‘zaki, moddiy yoki ma’naviy meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi bo‘ladimi – bularning barchasini rad etadi. Oxir oqi- batda bunday odam ota-onasini ham, o‘z millati, xalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi». Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din dav latdan ajratilsada, jamiyatdan ajratilmaydi. U muhim sotsial ins titut sifatida ijtimoiy hayotda o‘zining alohida o‘rniga ega. Dav latdan ajratilgan bo‘lsada, din ijtimoiy muammolarni bartaraf qilishda dunyoviylik bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 31 Dunyoviylik va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari hami sha hamohanglik kasb etib kelgan. Ya’ni dunyoviylik qotib qol gan dogma emas, aksincha, u muntazam ravishda takomillashib boruvchi hodisadir. Zamonaviy ilmiy tilda aytganda, dunyoviylik modernizatsiya deb nomlanuvchi jarayonning harakatlantiruvchi kuchi. U jamiyat ilmiy salohiyatining uzluksiz oshib borishi, tex nologik taraqqiyotning davomiyligi, iqtisodiy hayotning ratsio nallashuvi, madaniyatning yuksalib borishi kabi muhim jarayon lar bilan uyg‘un ravishda takomillashib boradi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, har bir davlat o‘zining dinga bo‘lgan munosabatini muayyan me’yoriyhuquqiy hujjatlar va qonunlar orqali tartibga solib kelgan. «Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak tex- nologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqad das dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz». Islom Karimov Bugungi kunda diniyhuquqiy ta’limotlarning davlat va huquq rivojlanishiga, vijdon va e’tiqod erkinligi amalga oshirilishiga ta’si ri quyidagi xalqarohuquqiy shakllarda namoyon bo‘ladi: – fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining hamda din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikning konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlari. Davlatlar tomonidan qabul qilingan konstitutsiyalar va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan asosiy qoidalar inson huquqlarini ta’minlashda favqulodda muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ular davlat organlari aralashuvidan xo li bo‘lgan shaxs va jamoa erkinligi, jumladan, fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligi kabi asosiy tamoyillarga taalluqli sohani yaratadi; – milliy konstitutsiyalar va qonunchilik doirasida fikrlash, vij don, din va e’tiqod erkinligining huquqiy kafolatlari; – din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning ol dini olishga qaratilgan va bunday harakatlar sodir etilganda tegishli javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunchiligi; 32 – shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra dinga yoki e’tiqodga ega bo‘lish erkinligini kamsituvchi, majburlashni taqiqlovchi konsti tutsiyaviy va huquqiy qoidalar; – din yoki e’tiqod bilan bog‘liq marosimlarni bajarish yoki shu sabab bilan to‘planish, shu maqsad uchun joylar tashkil etish, ularni saqlash; – tegishli xayriya va insonparvarlik tashkilotlarini tuzish ham da ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish; – diniy marosimlar yoki urfodatlar yoxud e’tiqod bilan bog‘liq axborot materiallarini yaratish, chop etish va tarqatish; – din yoki e’tiqod bilan bog‘liq ta’limni bunday maqsad uchun mos bo‘lgan joylarda olib borish; – alohida shaxslar va tashkilotlardan ko‘ngilli moliyaviy yor dam hamda boshqa ehsonlarni so‘rash va qabul qilish; – u yoki bu din yoki e’tiqod ehtiyojlari va me’yorlariga mos ravishda tegishli diniy xodimlarni tayyorlash, tayinlash, saylash yoki vorislik asosida tayinlash; – din yoki e’tiqod qoidalariga muvofiq ravishda dam olish kun lariga rioya etish, bayramlarni nishonlash, marosimlarni bajarish; – milliy va xalqaro darajada din va e’tiqod sohasida alohida shaxslar va jamoalar bilan aloqalar o‘rnatish; – din va e’tiqod subyektlariga taalluqli huquq va erkinliklar bilan bog‘liq konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar. Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bi lan ajralib turishini ta’kidlash zarur. Eng avvalo, «sovuq urush» davri tugagandan keyin siyosiy mafkuraga muvofiq o‘tkazib ke lingan dinga qarshi siyosat hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati astasekin susayayotganini qayd etish lozim. Shu bilan birga, avtoritar tuzumlar tomonidan ijtimoiy muno sabatlarga zid, deb hisoblangan holda o‘z diniy e’tiqodiga ega ja moalarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish siyosatining saqlab qo linayotganini ham yoddan chiqarib bo‘lmaydi. Ayni paytda, bunday siyosat mohiyatan siyosiy xususiyatga ega nizolar doirasida ba’zi etnik diniy jamoalarga nisbatan ham 33 amalga oshirilmoqda. Kam sonli diniy jamoalarga nisbatan yoki aholining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi muayyan dinga e’tiqod qo‘yganlarga nisbatan davlat doirasidagi siyosat, qonunchilik va amaliyotni saqlab turishni ham hozirgi davrda davlat va din mu nosabatlariga xos xususiyatlar qatorida sanash mumkin. Hozirgi davr diniy sektalarning ko‘pligi, yangilarining paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur jarayon sektalar yoki yangi diniy oqimlarga nisbatan toqatsizlik va kamsitish sohasida gi siyosatning hamda qonunchilik amaliyotining kuchaytirilishi kabi holatlarning kuzatilishida o‘z ifodasini topmoqda. E’tiqodi nuqtayi nazaridan harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlayotganlarga qarshi yo‘naltirilgan siyosat, qonunchilik va amaliyotni saqlab turishni ham yuqorida qayd etilgan xususiyat lar qatorida sanash mumkin. Umuman olganda, kam bo‘lsada, uchraydigan yuqoridagi ka bi holatlar shaxsiy maqom to‘g‘risidagi qonunlar, qoidalar mav judligi, ularning talqin etilishi, an’analar, ijtimoiy omillar hamda ekstremizm deb ataluvchi hodisalar bilan izohlanadi. Bu davlat lar va huquqiy munosabatlarning nodavlat subyektlariga bir xil da xosdir. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling