Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

Tuzuvchilar: 
K.A.Shermuxamedov – «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish 
YUNESKO» kafedrasi o‘qituvchisi; 
J.A.Karimov – «Islom fanlari» kafed rasi katta o‘qituvchisi.
Mas’ul muharrir:
A.hasanov – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Islom tarixi va man­
bashunosligi» kafedrasi professori, t.f.d.
Taqrizchilar: 
D.Rahimjonov – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Dinshunoslik va ja­
hon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO» kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent;
M.Ishoqov – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «Markaziy Osiyo 
xalqlari tarixi» kafedrasi dotsenti, t.f.d.
ISBN 978­9943­5489­6­1
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018.


3
KIRISh
«Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy­ma’ri­
fiy asoslari» fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llan ma O‘zXIA «Din­
shunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rga nish YUNES KO» kafed­
rasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bakalavriat talabalarining 
zaruriy tayyorgarlik darajasi va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan 
talablar asosida tayyorlangan.
Mazkur mavzu bo‘yicha talabalarga jahondagi din va qonun 
masalalarining umumiy tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga ke lish tari­
xi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lu­
motlar beriladi. Shuningdek, xalqaro diniy tashkilotlar ning umumiy 
tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga kelish tarixi, tuzilishi, maqsad va 
vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi. 
Yurtimizda ijtimoiy­ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda 
milliy­diniy qadriyatlarning ahamiyati katta. Xalqimiz diniy, ilmiy, 
ma’naviy­ma’rifiy va madaniy bilimlarini oshirish, ayniqsa, yoshla­
rimizni buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom 
dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan 
joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib 
borilmoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omi­
li bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy 
mushohada qilishning ham tubdan yangila nishini taqozo qilmoqda. 
Shundan kelib chiqqan holda «Ekstremizm va terrorizmga qarshi 
kurashning ma’naviy­ma’rifiy asoslari» fani ham shu maqsadlarga 
qaratilgan faoliyatlardan biri bo‘lib, unda fanning mavzusi, muam­
molari, obyekti, vazifalari, uning jamiyatdagi o‘rni ilmiy­naza riy va 
uslubiy jihatdan tadqiq qilinadi hamda yoshlar ongida diniy mutaas­
siblik, ekstremizm ning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish, ular­
ni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hur­
mat ruhida tarbiyalash asosida har tomonlama barkamol avlodni 
voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda
davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimiz­
da doimo alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda 


4
dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlarning yoshlar tarbiyasi­
ga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida 
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har qan­
day jami yat kelajak poydevori sifatida o‘z siyosatida yosh avlod tar­
biyasini yetakchi o‘ringa qo‘yishi tabiiy hol. Globallashuv degan­
da, eng avvalo ko‘z oldimizda rivojlanish, taraqqiyot gavdalanishiga 
qaramay, bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongi­
ni turli xil yot g‘oya va mafkurafiy xuruj lardan saqlash muammo­
si ham muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu masalalarga to‘xtalib, 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Bun­
day g‘araz li kuchlarning aso siy niyati – hali hayotiy tajribasi, si­
yosiy­ijtimoiy savi yasi yetarli bo‘lmagan, sodda va g‘o‘r yoshlarni 
yo‘ldan urish, o‘zining qabih niyatlari yo‘lida foydalanish ekanini 
hech qachon unut 
masligimiz kerak. Faqatgina mustaqil fikrlay­
digan, iymon­e’tiqodi mustahkam, ota­bobolarimizdan meros bo‘lib 
kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan insongina bunday 
qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Bu­
ning uchun, albatta, bi rinchi navbatda farzandlarimizni yuksak bi­
lim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz lozim. Ularga 
biz uchun muqad das bo‘lgan islom dinining chinakam insoniy mo­
hiyatini, uning tinchlik, yaxshilik, mehr­shafqat, hamjihatlik dini 
ekanini to‘g‘ri tushuntirib berishimiz kerak. Bizga yot va begona 
bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun odamlarga bu 
boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta‘bir joiz bo‘lsa, bunday 
xavf­ xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan 
himoya qilish kerak»
1
, deya alohida ta’kidlaganlar. 
G‘oyalar kurashi avj olayotgan XXI asrda dunyoda tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab 
muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayo tini izdan 
chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning paydo bo‘la­
yotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar maf kura maydonini 
qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorl ikni talab et­
1

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling