Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Rahimjonov
Tuzuvchilar:
K.A.Shermuxamedov – «Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO» kafedrasi o‘qituvchisi; J.A.Karimov – «Islom fanlari» kafed rasi katta o‘qituvchisi. Mas’ul muharrir: A.hasanov – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Islom tarixi va man bashunosligi» kafedrasi professori, t.f.d. Taqrizchilar: D.Rahimjonov – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Dinshunoslik va ja hon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO» kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent; M.Ishoqov – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «Markaziy Osiyo xalqlari tarixi» kafedrasi dotsenti, t.f.d. ISBN 9789943548961 © «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. 3 KIRISh «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’ri fiy asoslari» fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llan ma O‘zXIA «Din shunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rga nish YUNES KO» kafed rasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bakalavriat talabalarining zaruriy tayyorgarlik darajasi va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida tayyorlangan. Mazkur mavzu bo‘yicha talabalarga jahondagi din va qonun masalalarining umumiy tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga ke lish tari xi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lu motlar beriladi. Shuningdek, xalqaro diniy tashkilotlar ning umumiy tavsifi, klassifikatsiyalari, vujudga kelish tarixi, tuzilishi, maqsad va vazifalari, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi. Yurtimizda ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliydiniy qadriyatlarning ahamiyati katta. Xalqimiz diniy, ilmiy, ma’naviyma’rifiy va madaniy bilimlarini oshirish, ayniqsa, yoshla rimizni buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omi li bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy mushohada qilishning ham tubdan yangila nishini taqozo qilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviyma’rifiy asoslari» fani ham shu maqsadlarga qaratilgan faoliyatlardan biri bo‘lib, unda fanning mavzusi, muam molari, obyekti, vazifalari, uning jamiyatdagi o‘rni ilmiynaza riy va uslubiy jihatdan tadqiq qilinadi hamda yoshlar ongida diniy mutaas siblik, ekstremizm ning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish, ular ni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hur mat ruhida tarbiyalash asosida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimiz da doimo alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda 4 dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlarning yoshlar tarbiyasi ga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har qan day jami yat kelajak poydevori sifatida o‘z siyosatida yosh avlod tar biyasini yetakchi o‘ringa qo‘yishi tabiiy hol. Globallashuv degan da, eng avvalo ko‘z oldimizda rivojlanish, taraqqiyot gavdalanishiga qaramay, bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongi ni turli xil yot g‘oya va mafkurafiy xuruj lardan saqlash muammo si ham muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu masalalarga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Bun day g‘araz li kuchlarning aso siy niyati – hali hayotiy tajribasi, si yosiyijtimoiy savi yasi yetarli bo‘lmagan, sodda va g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urish, o‘zining qabih niyatlari yo‘lida foydalanish ekanini hech qachon unut masligimiz kerak. Faqatgina mustaqil fikrlay digan, iymone’tiqodi mustahkam, otabobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan insongina bunday qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Bu ning uchun, albatta, bi rinchi navbatda farzandlarimizni yuksak bi lim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz lozim. Ularga biz uchun muqad das bo‘lgan islom dinining chinakam insoniy mo hiyatini, uning tinchlik, yaxshilik, mehrshafqat, hamjihatlik dini ekanini to‘g‘ri tushuntirib berishimiz kerak. Bizga yot va begona bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun odamlarga bu boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta‘bir joiz bo‘lsa, bunday xavf xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilish kerak» 1 , deya alohida ta’kidlaganlar. G‘oyalar kurashi avj olayotgan XXI asrda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayo tini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning paydo bo‘la yotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar maf kura maydonini qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorl ikni talab et 1 Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling