Va terrorizmga
Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti.
Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Diniy
mutaassiblikning tarixiy ildizlari va hozirgi kunda dunyoda, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar ning paydo bo‘lishi va faollashuvi sabablari, usullari qayerdan kelganini o‘rganish ularga qarshi kurashda eng muhim vosita hisob lanadi. Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar ta rixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmish ga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqa lishini ko‘rish mumkin. Uning ilk vakillari sifatida 657yili xa lifa Ali (r.a.) askaridan ajralib chiqqan, haqiqiy musulmon safla riga qo‘shil maganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arab: ajra lib chiqqan lar, isyonchilar) diniysiyosiy oqimi faoliyati fikri mizning isbo ti bo‘la oladi. Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) (644–656) davriga kelib islom jamoasi ichida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd (656y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) (656–661) saylandi. 19 657yil (37hijriy)da Shomning (Suriya) shimolisharqida joy lashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yer ning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuvga 656 yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qara maqarshiliklar sabab bo‘ldi. Marhum xalifaning yaqin qarin doshi bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.) dan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilib, shundan so‘ng gina Ali (r.a.)ga bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya (r.a.) tarafdorlari xiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsat masi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mushaf varaq larini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya (r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.) qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasi da hijriy 37yil safar oyining 15kuni (mil. 657yil 8sentyabr)da sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda kat ta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musul mon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmon lar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli firqalar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ahli sunna valjamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz bergan bu vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izla gan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ular dan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar ikki ajr, xato ijti hod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling