Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaassiblik
- Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik
kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, bironbir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartib larni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘rko‘ro na qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy saba bi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. De mak, mutaassiblik ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlay di. Mutaassiblik (arab. «chuqur ketish») o‘z fikrmulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaas siblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassib lik g‘oyalarining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon ning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyat ga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqa rishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lo tin: «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlam larida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratil gan jinoiy faoliyatdir. Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan hara kat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob 12 sifatida foydalanadilar. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan si yosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlat lararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30yilla ridan boshlangan. Masalan, 1934yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muam molariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qi lish maqsadida birorbir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937yilda 20 dan ortiq davlat terro rizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash ha qidagi Konvensiyani imzoladi. Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poyezdlarda port lashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’ti bor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar bi rinchi navbatda jabrlanganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qa ratilgan bo‘ladi. Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru jida yuqorida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos cho ralar ko‘rilishiga olib keladi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling