Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
bo‘lgan. Afg‘onistonning ahamiyati haqidagi fikr Ben Ladenning us-
tozi A’zamda u 1980-yili Makkada ba’zi afg‘on hojilarini uchrat- ganidan so‘ng uyg‘ongan. 1984-yilda u Peshovarga ko‘chib borgan va Mujohidlarga xizmat ko‘rsatish Byurosi ni tashkil qilgan. Saudi- ya Arabistonida Ben Laden allaqachon Afg‘onistondagi jihod uchun fondlarni yig‘ib qo‘ygan edi. U oqibatda o‘zining Peshovardagi us- toziga qo‘shilgan va O‘rta Sharq dagi ko‘plab ko‘ngillilardan farq- li ravishda Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlariga qarshi faol kurashgan. Uning Afg‘onistondagi taj ribasi va A’zam bilan hamkorligi unda ji- hodning muhimligi haqidagi taassurotni qoldirgan. Ularning ikkala- si uchun ham jihod ritorik chora-tadbir yoki tashviqot vositasi emas, balki xalifalikning tiklanishini tezlashtiradigan ilohiy maqsad bilan qoplangan aniq va tajribaviy amaliyotdir. 1989-yilda Ben Laden Saudiya Arabistoniga qaytadi. 1988-yilda Ben Laden Peshovarda A’zamning yollash sinovlari- dan o‘tgan barcha ko‘ngillilar va Afg‘onistonda o‘zi tashkillashtirgan harbiy mashq lagerlari uchun kompyuter fayllari tarmog‘ini yarat- di. Arab tilida al-Qoida deb ataladigan ushbu ma’lumotlar bazasi mashhur terroristik tarmoq uchun manba bo‘lib xizmat qildi. O‘sha yildan so‘ng butkul aniq bo‘lmagan, biroq bevosita Isroilga hujum uyushtirish yoki johiliy musulmon tuzumlarini vayron qilish kabi asosiy vazifalariga oid fikrlarining turli-tumanligi sabablariga ko‘ra Ben La den va A’zam o‘zlarining ish aloqalarini uzdilar; bir yildan so‘ng A’zam ikki o‘g‘li bilan birga noma’lum odamning mashinani portlatishi tufayli vafot etdi. Ayni vaqtda Ben Laden o‘z vaqtini Sa- datning o‘ldirilishida ayblanib qamoqda o‘tkazgan Misr islomiy jiho- di harakatining rahbari hamda tibbiyot fanlari doktori Ayman Za- vohiriy kabi yirik ittifoqdoshlarni o‘ziga yolladi. Uning Butunjahon Savdo Markaziga uyushtirgan birinchi hujumida ishtirok etishni tas- diqlagan Umar Abdurrahmon ham o‘sha vaqtda Peshovarda bo‘lgan. Keyinchalik uning ikkita o‘g‘li ham al-Qoidaga qo‘shilgan. Qo‘shim- chasiga qurol ishlab chiqa rish, portlatish va boshqa sohalardagi tex- nik mutaxassislar qatorida Ben Ladenning idorasiga, ya’ni sho‘rosi- ga Abu Muoz al-Masriy ham kiritilgan. 80 Bu ikki shaxs uchun u chaqiriq vositasi yoki uning retorik o‘lchami emas, balki keyinchalik xalifalikni qayta tiklashni ta’minlovchi ilohiy maqsad bilan yo‘g‘rilgan konkret ama liy faoliyat edi. Ben Laden Afg‘onistonda Xudoning yirik g‘alabasi bo‘lganligi va yana shunday g‘alabalar yaqinlashayotganligiga barchani ishontirdi. Fuqarolik jamiyatiga qaytadan qo‘shilib keta olmaydigan urush qatnashchilari bo‘lgan askarlar dunyo bo‘ylab keng tarqal gan. Ush- bu muammo, o‘zlarining tilida afg‘on-arablar deb ataluv chi Afg‘onis- tondagi jang maydonlarida qatnashib O‘rta Sharq dagi o‘z uylariga qaytib keladigan askarlarga ham taalluqlidir. O‘zidan oldin o‘tgan Sayyid Qutb singari, Ben Laden ham ameri kaliklarni XV asrdagi salibchilarga qiyosladi va ularni islom- ning cheksiz dushmanlari deb atadi. Shuningdek u, Saudiya ulamo- larining qirollikka Amerika qo‘shinlarining kirishiga ruxsat bergan fatvosi tuzatib bo‘lmas xato edi, deb husoblanardi. O‘zining bu kabi qarashlari sababli, Ben Laden Saudiya hukumati tomonidan ta’qib ostiga olingach, u yerdan qochib chiqib ketadi. U dastlab Pokiston- Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling