Va terrorizmga
XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iroq va Shom islom davlati. «Iroq va Shom islom davlati»
XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi
guruhlar. Hozirgi kunda diniyekstremistik va terrorchi tashkilot lar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’li motining ayrim g‘oya hamda tamoyillari mazmunmohiyatini bir yoqlama, taassubga berilib noto‘g‘ri izohlashga va odamlarni hidoyat yo‘lidan adashtirishga urinmoqda. Bunday holat, ayniq sa, bugungi kunda butun dunyoga tahdid solayotgan «Iroq va Shom islom davlati», «Jabhatu fathi biladishShom» kabi bir qa tor terrorchi guruhlar misolida o‘z aksini topmoqda. Iroq va Shom islom davlati. «Iroq va Shom islom davlati» tash kil topishida «alQoida» tashkiloti muhim o‘rin tutgan. Dastlab, 2004yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mushab Zarqoviy Iroqda «Tavhid va jihod harakati»ni tuzadi va «alQoida»ning Iroqdagi bo‘limi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib bo riladi. Keyinchalik unga «Jaysh alfotihin», «Jaysh assahoba» kabi bir qator terrorchi guruhlar qo‘shilishi natijasida Zarqoviy 2006yilda Abdulloh Rashid Bag‘dodiy boshliq «Mujohidlar maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasi da Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006yil 15oktyabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida Iroq da tashkil topadi va unga Abu Umar Bag‘dodiy ismli shaxs rahbarlik qiladi. 2010yil 19aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Abdul lo Ibrohim asSamariy (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Av vad alBadriy alHusayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayot gan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qo‘shilgandan so‘ng, 2013yil aprel oyida tashkilot «Iroq va Shom islom dav lati» (IShID) deb nomlandi. «AlQoida» tashkiloti «IShID»ning Suriyadagi mojarolarga aralashganidan so‘ng, 2014yil fevral oyi da mazkur tashkilotning «alQoida»ga aloqasi yo‘q deb bayonot berdi. BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfli hisoblangan «alQoida» faolligining kamayishi undan 89 da kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va Shom is lom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 2014yil 29iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag‘dodiy xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom davlati» deb nomladi. Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichmabosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof etadi. Hozirgi kunda «IShID» tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladi gan qonunlar joriy qilinmoqda. «IShID» aqidasiga ko‘ra, dunyo viyma’rifiy yo‘lni tutgan musulmon davlatlar tuzum shakllarini kufr deb e’lon qilgan. Ushbu qarashlarning barchasi islom dini ning haqiqatini bilmaslik, uning matnlarini zohiran, yuzaki tu shunish, mazmunmohiyatini chuqur anglamasdan hukm chiqa rish va o‘z yo‘nalishiga moslab sharhlashga asoslanadi. Jumladan, ular e’lon qilgan «shirk ko‘rinishlarini, unga olib boruvchi vositalarni yo‘q qilish» g‘oyasi hozirda musulmon olamida shirk mavjud degan qa rash bo‘lib, maqbaralarni buzish, qadimiy yodgorliklarni tashkil etuvchi haykallar, arxeologik topilmalarni yo‘q qilishga qaratiladi. Shuning bilan birga, xristian dini vakillarini «zimmiy» huk mida hisoblab, ulardan «jizya» solig‘ini majburlab undirish, ular ga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanmaslik kabi taqiqlar ham belgilab qo‘yilgan. Diniy toqat sizlik, ayollar va bolalar huquqlarining poymol etilishi, taraqqiyot yutuqlaridan yuz o‘girish, oddiy insonlar hayotiga tajovuz qilish avjiga chiqmoqda. Hattoki, musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga shafqatsiz jazo metodlari qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, «IShID» maxsus kiyimini kiyish vojib, kiymaganga darra uriladi. 90 Bir so‘z bilan aytganda, mazkur hududda aholi shariat ta lablariga bo‘ysunishga majbur qilinmoqda. Sud tizimi bekor qilinib, «qozilik» joriy etilgan. Dunyoviy tashkilotlar, madani yat maskanlarining faoliyati umuman to‘xtatilgan. Shu sababli, «IShID»ning botil aqidalari butun dunyodagi musulmon ulamo lari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan. Mazkur tashkilot o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, In ternet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylan gan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bun day forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘ri nishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Masalan, so‘nggi yillarda Internet tizimi orqali tarqatilgan shunday fatvolardan biri, «Ni koh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, Suriyada o‘zlaricha «jihod qilyapmiz» deb iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish ga, ularning jinsiy ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlat lardan ayollar va qizlarning Suriyaga hijrat qilishlari lozimligini ta’kidlaydi. Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihod chilarning lagerla rida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsa tiladi. Hatto bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chi qishiga ham izn berilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling