Va terrorizmga
-mavzu. EKSTREMIZM VA TERRORIZM –
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
4-mavzu. EKSTREMIZM VA TERRORIZM –
JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAhDID 1. Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. 2. Ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi. 3. Terrorizmning moliyaviy manbalari. 4. Musulmon mamlakatlarining ekstremizm va terrorizm ga qarshi kurashi. Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro islom tashkilotlari, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi, narkobiznes, majburiy badal, tabarruhot, kid- neping, qarshi kurash strategiyasi. Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Hozirgi kun da islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlar ning ichki va tashqi siyosati, ijtimoiyiqtisodiy hayotiga, davlatlar aro va xalqaro munosabatlarga ta’sir etib kelmoqda. Siyosatchilar musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboli ga ta’sir ko‘rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omili ning kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kat taligi, ya’ni jo‘g‘rofiystrategik imkoniyatlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musul mon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yi cha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar – 49% (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), shofiiylar – 25% (Misr, Indonezi ya, Suriya va h.k.), molikiylar – 17% (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va h.k.), hanbaliylar – 1,5% (Saudiya Arabistoni va h.k.). Shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida jahfariylik mazhabi o‘z mavqeyi ni ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O‘rta Osiyoda, xu susan, O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan. Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Osiyoda, 30 foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoa lari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakat bo‘lsa, shundan 40 62 dan ortig‘ida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qila di. Jumladan, Indoneziyada 218 million, Pokistonda 183 million, Bangladeshda 154 million, Nigeriyada 120 million, Eron va Tur kiyada 75 milliondan, Misrda 80 million, Marokashda 32 mil lion, Jazoirda 38 milliondan, Saudiya Arabistonida 30 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlar ning soni 250 milliondan ortgan. Bulardan tashqari, Ozarbay jon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Ingushetiya, KabardinBalqar kabi respublikalarida 30 million, Markaziy Osiyo davlatlarida 55 million musulmonlar tashkil etishini qayd etish lozim. Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurs larning ulkan zaxiralariga ega. G‘arb dunyosining Yaqin va O‘rta Sharqdagi uglevodorod resurslariga bo‘lgan bog‘liqligi yaqin is tiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari tabiiy resurslardan maksimal ravishda foydalanib, o‘z iqtisodiyot larini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bir qator musulmon mamlakatlarida chet eldan yangi qurolyarog‘ sotib olish ham da zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o‘zining har biy kuchqudratini oshirish, hatto ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida ekstremizm va undan oziqla nayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terro rizm ana shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. Keng ko‘lam va xilmaxil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu tah didga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun dunyo uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurol li hujumlar shaklida paydo bo‘lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60yillaridan bosh lab, dunyodagi butunbutun mintaqalari turlituman terrorchilik tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy e’tiqod va 63 killari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivoj lanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsa tayotgan terrorchilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamo naviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘za ro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollar da, birbirlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordam ni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «Musulmon birodarlar», «alJihod alIslomiy», «alJamaat alIs lomiya», «atTakfir valhijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), «alQoida», «Boko haram», «Iroq va Shom is lom davlati», «Jabhat annusra» kabilarni kiritish mumkin. BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissi yasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari «Arab bahori» natijasida ko‘rgan zarari 614 milliard AQSH dol lari yoki hududning 6% yalpi ichki mahsulotiga teng bo‘ldi. Ush bu natijalar 2011–2015yillar doirasida hisoblandi. Birgina Suriya davlatining o‘zi ko‘rgan iqtisodiy zarari 259 milliard AQSH dol lariga teng bo‘ldi. 2000yildan 2016yilga qadar dunyoda 72 ming 135 ta ter rorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularning 55% to‘rtta davlat – Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston hududida amalga oshirilgan. 169 ming 572 nafar odam terrorchilik harakatlari qur boniga aylandi. 260 ming 684 nafar odam jarohat oldi. 2015yili dunyodagi 163 ta mamlakat ichida 92 ta davlat ter rorchilik harakatlaridan zarar ko‘rdi. Ulardan Afg‘oniston, Suri ya, Pokiston, Iroq, Nigeriya va Yaman davlatlari terrorchilik ha rakatlaridan eng katta zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi. 64 2015yili terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan odamlar soni 29 ming 376 tani tashkil etdi. Ularning eng ko‘pi, ya’ni 11 ming 900 nafari Iroq, Nigeriya va Afg‘oniston davlatlari ga to‘g‘ri keldi. Boshqa davlatlarda esa halok bo‘lgan odamlar so ni 2014yilga nisbatan 14% ga oshdi, ya’ni 17 ming 476 nafarni tashkil qildi. Umuman olganda, o‘tgan asrning 90yillarining boshlarida ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan din niqo bidagi ekstremizm to‘lqini hamon musulmon dunyosida real xavf sifatida saqlanib qolmoqda. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling