Va terrorizmga


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

«Al-Qoida» («Asos»). Radikal «islom» g‘oyalariga asoslan­
gan ushbu transmilliy diniy­siyosiy guruhning paydo bo‘lishiga 
Usoma ben Laden (1957–2011) rahbarligida Afg‘onistonda Sovet 
armiyasiga qarshi urushda ishtirok etish uchun ko‘ngillilarni yol­
lash va ularni qurol­aslaha bilan ta’minlash maqsadida Pokiston 
hududida tuzilgan «Maktab al­xidmat» byurosi asos bo‘lib xiz­
mat qilgan. 


78
2001­yilning 11­sentyabridagi terroristik faoliyatlar natijasida 
Al­Qoidaning kelib chiqishi va shakllanishi hamda Usoma ben 
Ladenning biografiyasi haqidagi ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘la 
boshladi. Usoma ben Ladenning shaxsiyati va uning tashkilo­
ti al­Qoida borasida ushbu bobda ko‘plab mavzular muhokama 
qilingan. Ben Ladenning intellektual va ma’naviy shaklla nishining 
keng konteksti o‘xshashdir: liberal, demokratik, g‘arbiy sivilizatsiya 
ma’naviy mohiyatdan mahrumdir, bu esa uni Xudo ning yakuniy va 
aniq ifodalangan vahiysiga qarshi qo‘yadi. Ushbu mavjud xatar tu­
fayli mo‘min G‘arbga imkoni boricha qarshilik ko‘rsatishi va unga 
bog‘liq bo‘lgan yoki xususan islom olamidagi u bilan ittifoq bo‘lgan 
tuzumlarni buzishi lozim. Tarix to yakuniy, abadiy va osoyishta 
musulmon olami o‘rnatiladigan oxirgi qiyomat voqealarigacha is­
lomiy haqiqatning ahamiyati pasayib borishidan iboratdir. 
1977-yilda Ben Laden Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz univer-
sitetining muhandislik va biznes kursiga qabul qilingan. Undan islom 
dinini o‘rganish ham talab qilingan, bu yerda u Abdulla A’zam va 
Sayyid Qutbning ukasi, Misr ixvon tashkilotining a’zosi va akasi ning 
nashrlarining muharriri Muhammad Qutbning rahnamoligi ostida 
o‘zining salafiylik nazariyasini bo yitgan. A’zam Falastin ix von tash-
kiloti hamda Xamasning a’zosi deb topilgan. U 1967-yilgi olti kun-
lik urushda qatnashgan, 1969-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya 
qabul qilgan va Iordaniya universitetida islom huquqshunosligi bo‘yi-
cha professor bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u siqib chiqarilgan va 
Abdulaziz universitetida ta’lim berishni boshlagan.  Uning ravshan va 
islom yerlarini qayta tiklash haqidagi tushunchasi ochiq va ravshan 
bo‘lgan: «jihod va qurol bitta narsadir: muzokaralar, konferensiyalar 
va dia loglarga o‘rin yo‘q». Xalifalik tomonidan boshqarilgan har qan-
day hudud xatto u kichik va yoki bir kishi ning qo‘lidagi hovli bo‘lsa 
ham, qayta qo‘lga ki ritilishi shart. Ben Laden uchun bunday fikr ak-
siomadir.
Bir ma’lumotga ko‘ra, Ben Laden 1979-yilda Jome’ masjidi-
ning egallab olinishidan qattiq ta’sirlangan. Shaxsan u uchun mu-
him hisoblangan voqea Afg‘onistondagi Sovet ittifoqiga qarshi urush 


79
bo‘lgan. Afg‘onistonning ahamiyati haqidagi fikr Ben Ladenning us-
tozi A’zamda u 1980-yili Makkada ba’zi afg‘on hojilarini uchrat-
ganidan so‘ng uyg‘ongan. 1984-yilda u Peshovarga ko‘chib borgan 
va Mujohidlarga xizmat ko‘rsatish Byurosi ni tashkil qilgan. Saudi-
ya Arabistonida Ben Laden allaqachon Afg‘onistondagi jihod uchun 
fondlarni yig‘ib qo‘ygan edi. U oqibatda o‘zining Peshovardagi us-
toziga qo‘shilgan va O‘rta Sharq dagi ko‘plab ko‘ngillilardan farq-
li ravishda Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlariga qarshi faol kurashgan. 
Uning Afg‘onistondagi taj ribasi va A’zam bilan hamkorligi unda ji-
hodning muhimligi haqidagi taassurotni qoldirgan. Ularning ikkala-
si uchun ham jihod ritorik chora-tadbir yoki tashviqot vositasi emas, 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling