5-mavzu. GLOBAL XAVFSIZLIKKA TAhDID SOLAYOTGAN
ENG YIRIK EKSTREMISTIK GURUhLAR
VA ULARNING STRATEGIYASI
1. XX asrda yuzaga kelgan diniysiyosiy tashkilotlar va ular
ning ta’sirida shakllangan destruktiv oqimlar.
2. XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan ter
rorchi guruhlar.
Tayanch so‘z va iboralar: zamonaviy ko‘rinishdagi ekstremistik
tashkilotlar, «Musulmon birodarlar», «Tolibon», «al-Qoida», «Iroq
va Shom islom davlati», «Jabhat an-nusra».
XX asrda yuzaga kelgan diniy-siyosiy tashkilotlar va ular-
ning ta’sirida shakllangan destruktiv oqimlar. Zamonaviy voqe
lik eks tremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati sifat va miq
dor jihatidan jiddiy o‘sganini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida
ekstremizm va terrorizmning global xavfsizlikka yo‘naltirilgan
jiddiy tahdidga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ekstre mistik va
terrorchi guruhlar globallashuv jarayonlari va yirik davlatlar
orasidagi geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvidan hamda fantex
nika yutuqlaridan foydalangan holda ekstremizm va terrorizm
ga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borilayotgan muhitga mosla
shishga harakat qilmoqda. Ekstremizm va terro rizmning jamiyat
barqarorligiga salbiy ta’siri xalqaro terrorchilik tizimida yetakchi
o‘rinlarni egallab turgan quyidagi diniysiyosiy tashkilotlarning
mohiyati tahlil qilinganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |