Va terrorizmga


maydi» (Baqara, 205). «Ularga: «Yer yuzida fasod (buzg‘unchilik)


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

maydi» (Baqara, 205). «Ularga: «Yer yuzida fasod (buzg‘unchilik) 
qilmangiz!» – deyilsa, ular: «Albatta, biz chin islohchilarmiz», – 
deydilar. Ogoh bo‘lingki, aynan ularning o‘zlari buzg‘unchilardir, 
lekin (buni o‘zlari) sezmaydilar» (Baqara, 11–12). «Fitna qotillik-
dan ham ashaddiyroqdir» (Baqara, 191).
«Shahid» (arab. «guvohlik», «hozir bo‘lmoq») – ushbu daraja­
ga erishgan insonlarga jannat yoki ko‘plab yaxshiliklar bashorat 
qilinganiga farishtalar guvoh, ya’ni shohid bo‘lgani sababli, aynan 
ushbu so‘z ishlatilgan. 
Ulamolar nazdida, shahid deyilganda Alloh taolo yo‘lida dush­
man bilan bo‘lgan jangda Vatani, dini, oilasi, millati sha’nini hi­
moya qila turib vafot etgan inson nazarda tutiladi. Ammo in­
son Vatan sarhadlari, millat sha’nini himoya qilish uchun emas
balki mol­davlat to‘plash, o‘zidan nom qoldirish kabi dunyoviy 
narsalar ni qasd qilgan bo‘lsa, bu toifa kishilar shahid hisoblan­
maydi.
Shuningdek, ba’zi insonlar borki, bu dunyoda ko‘pchilikka nafi 
tegadigan xayrli ishlar qiladi va qorin (ichki) kasalligi, cho‘kish, 
kuyish kabi sabablar bilan vafot etadilar. Ular kishilar nazdida 
oddiy insondek tuyulsa­da, Rasullulloh (a.s.) o‘z hadislarida zikr 
qilganlaridek, Alloh nazdida shahidlar maqomida bo‘ladi. De­
mak, shundan kelib chiqib aytish joizki, islom dini nuqtayi naza­
rida shahidlik ham musulmon kishining ixlos­u e’tiqodi, xayrli 
amali hamda musibatlarga sabr­toqati evaziga Alloh tomonidan 
beriladigan mukofotdir. 


119
Afsuski, bugungi kunda ba’zi kimsalar o‘zini portlatish bilan 
go‘yo «shahidlik» maqomiga sazovor bo‘lishga intilmoqda. Aslida 
musulmon odamning o‘zini­o‘zi o‘ldirishi, ayniqsa, o‘zini port­
latib yuborishi go‘yoki «din yo‘lida» deb e’lon qilinsa­da, sha­
hid deb hisoblanmay, balki «o‘z joniga suiqasd» deb baholanadi. 
Shuningdek, ularning bu g‘ayriinsoniy harakatlari tufayli qan­
chadan­qancha begunoh insonlarning qoni to‘kilmoqda. 
Qur’oni Karimda esa bu borada «O‘zlaringizni o‘ldirman-

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling