1-mavzu. EKSTREMIZM, MUTAASSIBLIK VA
TERRORIZMNING MAZMUN-MOhIYATI
1. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning maz
munmohiyati.
2. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
3. Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari.
4. Soxta salafiylik harakatining yuzaga kelishi va g‘oyaviy
asos lari.
Tayanch so‘z va iboralar: ekstremizm, diniy ekstremizm,
fundamenta
lizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terrorizm, xalqaro
terro rizm, xorijiylar, soxta salafiylar.
Ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq
tarixga borib taqalsada, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik
va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda
ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘ lib, dunyoning
barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoq
da. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish
insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylangandi.
Ekstremizm (lotin: «aql bovar qilmas darajada», «haddan
oshish») jamiyatda qabul qilingan qonunqoidalarga zid radikal
qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa,
ekstremizmga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |