Va terrorizmga


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik­
kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron­bir g‘oyaga qat’iy 
ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartib­
larni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r­ko‘ro­
na qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun 
va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin 
namoyon bo‘ladi. 
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy saba­
bi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. De­
mak, mutaassiblik ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlay­
di. 
Mutaassiblik (arab. «chuqur ketish») o‘z fikr­mulohaza va 
dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy 
e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaas­
siblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin 
nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. 
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy 
tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassib­
lik g‘oyalarining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon­
ning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyat­
ga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik 
ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqa­
rishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling