Va terrorizmga
-mavzu. YOShLARDA EKSTREMIZM VA
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
10-mavzu. YOShLARDA EKSTREMIZM VA
TERRORIZMGA QARShI MAFKURAVIY IMMUNITETNI ShAKLLANTIRISh: MAQSAD VA VAZIFALAR 1. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashning ma’naviyma’rifiy yo‘llari va vositalari. 2. Yoshlarda internetdagi din niqobi ostidagi axborot xuruj lariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarb masalalari. 3. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlarda ma fkuraviy immunitetni shakllantirish. Tayanch so‘z va iboralar: mafkuraviy xavfsizlik, mafkuraviy tah- did, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy bo‘shliq, Internet, axborot xurujlari, g‘oyaviy tarbiya, jaholatga qarshi ma’rifat. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashning ma’naviy-ma’rifiy yo‘llari va vositalari. Yoshlarning faol ijti moiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning tur li maf kuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh obyektiga aylanishiga o li b keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qato rida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallash ga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birda niga va hamma narsaga (boylik, shonshuhrat, martaba va h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviyruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bi lan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayo ni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayot ganini ko‘rsatadi. 150 «Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman», – deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin. «Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilo- na foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, haqsevar- likka o‘rgatish kerak bo‘ladi». Islom Karimov Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o‘tkir, faol, uddaburon, vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, vatanparvarlik, tadbirkorlik, millatparvarlik, sadoqatga o‘rgatish ko‘p jihatdan otaonalarga bog‘liq. Bu borada, albatta, otaonaga yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla oqsoqoli, diniy ma’rifat va ma’naviyaxloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha masla hatchi, imom, profilaktika noziri, Xotinqizlar qo‘mitasi va «Ka molot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlarning joylardagi mas’ullari birgalikda faol ishlashlari kerak. Mamlakatimizda yoshlarni ilmma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yeti shishga keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish har bir yoshning burchidir. Buning uchun esa, ular avvalo, dun yoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlar ga mehribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tari xan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida shakllantirishi ta lab etiladi. Zero, ajdodlarimizning azaliy qadriyati hisoblangan islom dinida ham yoshlarga, ularning ta’limtarbiyasiga alohida e’ti bor qaratiladi. Xususan, Qur’oni Karimda 1300 dan ortiq oyat 151 lar odob axloqqa va ilmga aloqadorligi insonni barkamollikka yetaklaydigan mezon sifatida ko‘rish mumkin. Xalqimiz qoni ga singib ketgan diniy qadriyatlarda farzand tarbiyasiga alohi da e’tibor qaratilishi xususida payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.) «Kishi farzan dining tarbiyasi bilan har kuni yarim soat shug‘ul lanishi sadaqa berishdan yaxshiroqdir» deb ta’kidlaydilar. Bun dan ko‘rinib turibdiki, islom dini farzand tarbiyasiga yoshligidan to ulg‘ayguncha alohida e’tibor qaratadi. Ularning nafaqat ilm olishlarini, balki yuksak odobaxloq sohibi etib tarbiyalashni asosiy mezon sifatida qo‘yadi. Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yur timizda ham doimo alohida e’tibor bilan qaralgan. Hukumat to monidan sog‘lom va ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan yetuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetka zish maqsadida 2000yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001yilni «Ona lar va bolalar yili», 2008yilni «Yoshlar yili», 2010yilni «Barka mol avlod yili», 2014yilni «Sog‘lom bola yili», 2016yilni «Sog‘lom ona va bola yili», 2017yilni «Xalq bilan muloqot va inson man faatlari yili» va 2018yilni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oylar va texnologiyalarni qollabquvvatish yili» deb e’lon qilinganligi ham buning yana bir yorqin hayotiyamaliy ifodasi bo‘lgan edi. Demak, yoshlarimiz uchun mamlakat suvereniteti, territorial birligi hamda mustaqil siyosat yuritish huquqini mustahkam hi moya qiluvchi fuqaro bo‘lish, o‘zlarida milliy an’ana va xalqimiz mentalitetiga yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy qobiq shakllan tirish sharafli va ma’suliyatli burch hisoblanadi. Urushning eng qadimgi prinsiplaridan biri, bu dushmanni yax shi bilish zaruratidir. Zamonaviy terrorizmning biz ko‘rib chiqqan tahlili asosi shuni ko‘rsatadiki, terroristik amaliyotlar ning ich ki, tashqi va ruhiy miqyoslarini inobatga olmasdan bizning bi limlarimiz to‘liq bo‘lmaydi. Oldingi mavzularda, biz Usoma bin Laden va alQoida zamonaviy terrorizmdagi qator omillarni sin tezlashtirganini ko‘rishimiz mumkin. Bu, diniy apokaliptik til ning transformatsiyalashishidan tortib, «istishhod» amaliyotlarini 152 kundalik ishga aylantirilishida o‘z aksini topadi. Ularning yo‘lla rida sintezlashtirish bu innovatsiya deganidir. Bir jihatda, alQoi da shubhasiz o‘ziga xos innovatsiya yaratgan – u tarmoq sifati da shakllangan. Mazkur bahsimizda biz Rand Korporatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilchilarning ma’lumotlari va kitoblaridan foydalana miz. Rand Korporatsiyasi g‘oyaviy markaz deb nomlangan bi rinchi tashkilot edi. Uning birinchi asosiy mijozi 1946yildan AQSH Harbiy havo kuchlari edi. Rand tomonidan ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy qismi nizolarning yan gi ko‘rinishlari, shu jumladan terrorizm va hozirda harbiy muno sabatlardagi revolyutsiya (HMR) deb ataladigan fenomenlar bilan bog‘liqdir. Biz shug‘ullanadigan eng asosiy argument Randning «informatsion revolyutsiyaning» urushga ta’siriga oid tadqiqotidir. Muallifning fikrlari o‘sha paytda endi nihoyasiga yetgan Fors ko‘rfazi janglari hamda AQSH va u razvedka ma’lumotlarini al mashadigan ittifoqchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumot larga asoslanganini ko‘rish mumkin. Mazkur urush hamda ke lajakdagi barcha urushlarning natijasi, ularning fikriga ko‘ra, kapital, ishchi kuchi yoki texnologiyaga emas, balki, ayni dam da «kim jang maydoni haqida eng yaxshi ma’lumotga ega ekani» ga bog‘liqdir. Qiyoslash uchun, AQSH jang maydonining barcha taraflarini ko‘rsa bo‘ladigan shaxmat o‘yinini, iroq kuchlari esa faqat o‘z tarafini ko‘rish imkonini beradigan krigshpil o‘yinini o‘ynayotganini ko‘z oldimizga keltirish mumkin. Agarchi krigsh pil o‘ynayotgan odamda ikki nafar farzin bo‘lsa ham baribir shax matchi g‘alaba qozonaveradi. Tarixan, qurolaslaha, kommunikatsiya va transport quvvatida gi texnologik o‘zgarishlar harbiy tashkilotlar tuzilmasi, doktri nasi va strategiyasida yangi ustunlik taqdim etgan. Shubhasiz ki, harbiy tashkilotlarning qo‘lidagi stels texnologiyasiga ega og‘ir bombardimonchi samolyotlar, tanklar, kemalarning qurilishi, elek tron razvedka ma’lumotlar to‘planishi, raqamli boshqaruv va na zorat imkoniyatlari va boshqa diqqatga sazovor yuqori texnologiya 153 li uskunalar kishini hayratga soladi. Biroq, Van Kreveld kuzatgani kabi, «harbiy uskunalar ortida umumiy bir uskuna bor, uning orti da esa nouxau toifasiga kiradigan texnologiya bor. Ular ga dunyoni anglash va uning muammolarini hal qilish vositasi sifatida qarala di». Boshqa iboralar bilan aytganda, texnologiya bu o‘ta rivojlanib ketgan uskuna va quroldir. Yana ham aniqroq aytganda, agar tex nologiya nouxau va «hayotga boqishning muayyan yo‘li»ni o‘z ichi ga qamrab olsa, bu holatda uning eng muhim xusu siyati uskuna ning o‘zida emas, balki uning qanday tuzilganidadir. Jak Ellulning tadqiqotlaridan olingan texnologiyaning mazkur ta’rifi to‘g‘ridan to‘g‘ri «axborot inqilobi» bilan bog‘liqdir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling