Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Mavzu: Shaxta maydonini tayyorlash usullarini tanlash


Download 3.1 Mb.
bet8/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Mavzu: Shaxta maydonini tayyorlash usullarini tanlash.




Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni shaxta maydoni va usullarini tanlashga o‘rgatish.
Qatlamlarni tayyorlash – bu tayyorlov lahimlari yordamida konning (shaxta maydonining) ochish qismlarini qazish uchastkalariga bo‘lish: tik va qiya konlarda qavatlar va qazish bloklari, hamda ba’zan esa qiyalama va qatlamli konlardagi panellar (pollar), bloklar.
Qavat – bu cho‘ziqligi bo‘yicha shaxta maydoni uzunligiga teng bo‘lgan, balandligi esa 35-45 dan 60-100 m gacha bo‘lgan uchastka. Pastdan va yuqoridan qavat gorizontal tayyorlov lahimlari bilan chegaralangan, ularning tarmoqlari, tashish va shamollatish amalga oshiriladigan stvolga eltadigan kvershlaglar bilan qo‘shilgan qavatli qatlamlarni tegishli darajada shakllantiradi. Qavat uzunligi bo‘yicha vertikal tayyorlov lahimlari yordamida qazish bloklariga bo‘linadi (cho‘ziqligi bo‘yicha bloklar 25 m dan 120 m gacha o‘zgarib turadi, odatda esa 40 - 60m).
Qazish blogi – bu shaxta maydonining barcha tayyorlov, qirqish va qazish ishlari yakunlanadigan, qaysiki ishlash uchun qazishning u yoki bu tizimi to‘liq komplekslari qo‘llaniladigan eng kichik uchastkasi.
Panel (pol) – qavat tushunchasining gorizontal o‘xshashligi kabi. Panel (pol) o‘zaro perpendikulyar, gorizontal tayyorlov lahimlar tizimi bilan gorizontal yoki qiyalama uyumlarni bo‘lish natijasida olinadi. Panel (pol) eni 50 dan 150 – 200m gacha, uzunligi esa enidan bir necha marta katta.
Konlarda qatlamlarni tayyorlashdan tashqari har bir alohida qazish blogini tayyorlash (kesish) ham o‘tkaziladi. U qazishni boshlash – rudani ko‘plab qazib olish uchun zarur bo‘lgan, kesish lahimlari deb nomlanadigan, tayyorlovning borishida qazish blogi qatlami ichida ajratib belgilangan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Konning kesish lahimlariga qavat osti, qirqma, ostdan olish, chiqarish va etkazish lahimlari, shuningdek, blok ichidagi ruda tushirgichlar, turli birlashtiruvchi va yordamchi lahimlar kiradi.
Qavat osti lahimlari (shtreklar yoki ortlar) quduqlarni (shpurlarni) burg‘ilash uchun va ko‘pincha rudalarni qavatlar bo‘ylab qavatli qatlamga eltuvchi ruda tushirgichlarga etkazish (ko‘chirish) uchun mo‘ljallangan. Qavat osti lahimlari boshqa lahimlar bilan ko‘tarmalar (vosstayushiy) yoki qiya kirib o‘tishlar orqali bog‘langan.
Qirqma lahimlar – bu ochilib qolgan tekislik tuzish maqsadida, shu tekislikka rudani kelgusida maydalash uchun rudali jismlarning butun qalinligiga vertikal yoki qiya kesma yorig‘iga (qazish bo‘shlig‘i kengligiga) kengayadigan ko‘tarmalardir (vosstayushiy).
Ostdan olish lahimlari – bu ruda chiqaruvchi lahimlar joylashgan blok asosidan ajratib olinadigan ruda massivini bo‘laklash maqsadida rudali jismlarning butun qalinligiga gorizontal ostdan olish bilan kengayadigan shtreklar va ortlar, shuningdek qo‘shimcha ochiq tekisliklar tuzish.
CHiqarish va etkazish lahimlari ajratilgan ruda o‘z oqimi bilan etkazish shtreklariga yoki to‘g‘ri qavatli tashib chiqaruvchi qatlamga kiradigan chiqaruvchi voronkalardan va transheyalardan tuzilgan.
CHiqarish va etkazish lahimlari vazifasi – yuklash punktlari soni eng kam qazish blokining barcha gorizontal maydonidan ajratilgan rudani transport vositalariga “yig‘ish”.
Birlashtiruvchi va yordamchi lahimlar – bu barcha er osti kon lahimlarini o‘zaro birlashtiradigan, tutashma va yo‘laklardan iborat qisqa kon lahimlari (5 m dan 15 – 20 m gacha masofali), shuningdek, kamgaklar (kengaymalar) va kon jihozlarini (ta’minlovchilar, skreperli qurilmalar) o‘rnatish uchun uncha katta bo‘lmagan kameralar.
Qazib olishda qazish lahimlaridan foydali qazilmalarni yalpi qazib olish amalga oshiriladi. Qazish kon lahimlariga qazish kameralari, qazish kirmalari va lavalar kiradi, bu lahimlar qazish blogini ishlashga ko‘ra qazilgan bo‘shliqni shallantiradi.
Qazish kameralari – bu qazish blogida yo‘qotilishni butunicha chegirib qolish bilan shakli va o‘lchami bo‘yicha rudaning balansli zaxiralariga yaqinlashadigan kon lahimlari.
Kameraning qazilgan bo‘shlig‘i ochiq, o‘pirilgan va joylashma bo‘ladi.
Ochiq kameralar rudaning tabiiy ustivorligi va kamera o‘rtasi yoki kamera ichi seliklarida qoldirilgan atrofdagi jinslar mustahkamligi hisobiga saqlab turiladi.
O‘pirilgan kameralar blokdan qazib olingan (chiqarilgan) ruda massasi joyiga qazilgan bo‘shliqqa o‘pirilib tushib bosilgan jinslar bilan to‘ladi.
Joylashma kameralar to‘lg‘azma material (jinslar, qattiq novlar) bilan qazilgan bo‘shliqni to‘ldirish hisobiga sun’iy saqlanadi.
Qazish kirmalari – eni 2 dan 4-6 m gacha, uncha uzun bo‘lmagan masofali (odatda, 10 m – 20 m), qazish joyidan, ya’ni o‘tkazilgan kirmaning yon yuzasidan rudani qazib olish uchun mo‘ljallangan kon lahimlari. Qazish kirmalari gorizontal va qiya bo‘lishi mumkin, parallel ravishda birinchisi keyingisi, so‘ngra esa yonma-yon bir nechta qazish kirmalari ishlagan holda, rudaning butun qatlamini tortib oladi, bu zaxiralarni tabaqali (qatlam shaklida) qazishga xosdir.
Lava – katta masofali (o‘nlab metrdan yuzlab metrgacha) qazish lahimi, qazib olinishi lozim bo‘lgan harakatli bitta yon devori (lava qazish joyi) foydali qazilmalar massividan tuzilgan, boshqasi esa qazilgan, odatda, o‘pirilgan yoki joylashma bo‘shliq bilan chegaralangan.
Er osti koni yoki shaxtani qurishda ochish, tayyorlash va qazib olish faqat kondan foydalanishning boshida ketma-ket amalga oshiriladi. Odatda esa bu uchala bosqich bir vaqtning o‘zida bajariladi, faqat konning turli uchastkalarida. Umuman ochish, tayyorlash va qazib olish ishlari qat’iy ravishda o‘zaro bir-biriga bog‘liq, shu sababliki, belgilangan zaxiralar qismini ishlashga qarab bir maromda birdek kon qazishni ta’minlash uchun tegishli zaxiralar boshqa joyda kesilgan va ishlanganlar o‘rniga qazishga tayyorlangan bo‘lishi lozim, bir uchastkaning tayyorlov davri tugash vaqtiga qarab tayyorlov-kesish ishlarining etarli darajadagi ko‘lami yaratilgan yangi uchastka ochish zarur.
Konning va shaxta asosiy parametrlarining aniq kon-geologik sharoitlariga bog‘liq holda shaxta maydonini tayyorlashning quyidagi usullaridan biri qabul qilinishi lozim:
- qavatli;
- panelli
- qatlamli
- birgalikdagi (kombinatsiyalangan).
Tayyorlash usulini tanlash yoki hisoblash variantlarini taqqoslash usuli bilan, yoki konning kon-geologik sharoitlarini sifatli tahlil qilish, taqqoslanadigan usullarning ustunligi va kamchiliklarini baholash bilan amalga oshiriladi.
SHaxta maydonini tayyorlash usullarini tanlashda qazish joyiga, qazish maydoniga, qatlam va magistral tashib chiqarishning eng yuqori yuklamasidan kelib chiqish zarur.
Sifatli tahlil qilish bosqichida quyidagilarni hisobga olish lozim:

  • qiya qatlamlarni qazishda, ko‘p hollarda, shaxta maydonlarini tayyorlashning qatlamli yoki panelli usullari qo‘llanishi mumkin, bu usullar tayyorlashning qavatli usuli bilan taqqoslaganda eng tejamli va texnik tomondan maqbul usullardir;

  • 120 gacha yotiq burchakli qiya qatlamlarni qazishda shaxta maydonlarini uzun ustunlar bilan ko‘tarilish yoki yotiqligi bo‘yicha qazib olinadigan qatlamli tayyorlash usulini afzal deb bilish mumkin;

  • 13 – 180 yotiq burchakli qiya rudali jismlarni qazishda shaxta maydonlarini cho‘ziqligi bo‘yicha uzun ustunlar bilan qazib olinadigan panelli tayyorlash usulini afzal deb bilish mumkin. Ayrim hollarda (cho‘ziqligi bo‘yicha shaxta maydoni kichik o‘lchamli bo‘lganda, qiya stvollar bilan konni ochishda) shaxta maydonini tayyorlashning qavatli usulini qo‘llash mumkin;

  • qiya, tik qiya va tik rudali jismlarni qazishda shaxta maydonini tayyorlashning qavatli usuli qo‘llaniladi;

  • agar qatlamlarning yotiqlik burchagi shaxta maydoni chegarasida sezilarli darajada o‘zgarsa, unda shaxta maydonini tayyorlashning birgalikdagi (kombinatsiyalangan) usulini qo‘llash mumkin. Masalan, shaxta maydonining bir qismi panelliga, ikkinchi qismi esa ko‘tarilishi va yotiqligi bo‘yicha lavalar bilan ishlanishi mumkin.

SHaxta maydonini tayyorlashning boshqa birikishli usullari ham mavjuddir. YUqorida sanab o‘tilgan shaxta maydonlarini tayyorlashning har qandayining ham asosiy parametrlari bo‘lib cho‘ziqligi va yotiqligi (tikligi) bo‘yicha shaxta maydoni tegishli qismlarining o‘lchamlari hisoblanadi.
SHaxta maydonini tayyorlashning panelli usulida yotiqligi bo‘yicha panellar o‘lchami, shuningdek, tayyorlashning qavatli va qatlamli usullarida shaxta maydoni bremsbergli hamda qiyalik qismlarining yotiqligi (ko‘tarilishi) bo‘yicha o‘lchamlari qatlamlar balandligi bilan aniqlanadi.
Tayyorlashning qavatli va qatlamli usullarida shaxta maydoni bremsbergli hamda qiyalik qismlarining cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchamlari yoki blok o‘lchamlari bilan, yoki shaxta maydonining cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchamlari bilan aniqlanadi.
CHo‘ziqligi bo‘yicha panellarning eng maqbul uzunligini aniqlash yuzasidan masalalarni tahliliy usulda echish mumkin. bunday holda masala quyidagicha qo‘yiladi: cho‘ziqligi bo‘yicha panellar qanday o‘lchamlarda va ko‘mirni tashish, suv chiqarib tashlash, lahimlarni o‘tkazish va saqlashga berilgan qazib olishdagi sarflar eng kam bo‘ladi, ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan sarflarni panellarning cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchamidagi vazifasi (funksiyasi) kabi ifodalash zarur.
Ushbu masalani echish uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi:

bunda, e Sp – panelning cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchami, m; uoch i up – qazish va tayyorlov qazish joylariga tegishli yillik siljish tezligi, m; Kbr i Kx.br – bremsberg va bremsberg yo‘lagiga tegishli 1m o‘tkazishning narxi, rub/m; Nya – yotiqligi bo‘yicha yarus uzunligi; Np – yotiqligi bo‘yicha panel o‘lchami, m; Kv.p.p, Kn.p.p i Kpr.p.p – yuqori, pastki va oraliq qabul maydonlariga tegishli inshootlar narxi, rub.; Kr.p – qirqish pechini 1m ga o‘tkazish narxi, rub.;

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling