Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Quduqli maydalashning asosiy


Download 3.1 Mb.
bet16/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Quduqli maydalashning asosiy parametrlar (o‘lchamlari):

  • eng kichik qarshilik liniyasi (k.q.l);

  • qo‘shni quduqlar orasidagi masofa.

K.q.l. – zaryad va qazish joyi yuzasidagi eng qisqa masofa. U rudaning qattiqligiga va elimshakligiga, quduq diametriga va PM quvvatiga bog‘liq.
Maydalash qatlamlab, vertikal yoki gorizontal qatlamlar bilan amalga oshiriladi, bunda, belgilanganidek, quduq zaryadlari bir tekislikda, ochiq qazish joyi yuzasiga parallel joylashtiriladi. Qatlam qalinligi bu holatda k.q.l. ga teng bo‘ladi.
Maydalanadigan qatlamda quduqlar joylashuvi quyidagicha bo‘ladi:

  • parallel;

  • parallel-yaqin;

  • elpig‘ichsimon;

  • bog‘lamli.

Quduqlarning parallel joylashuvi afzalliklariga quyidagilar kiradi (7.1a-rasm):

  • maydalanadigan massivda PM zaryadlarining tekis joylashuvi,
    bu rudaning yirik jinslar kam chiqishli sifatli maydalanishiga imkon beradi;

  • quduqlar solishtirma sarfi kam;

• barcha quduqlar uzunligi to‘liq qo‘llaniladi, chunki PM to‘ldirilmagan yaqin uchastkalar mavjud emas.

. 7.1-rasm. Rudani maydalashda portlash quduqlari joylashuvi sxemasi: a - parallel; S, - elpig‘ichsimon; 1 - quduqlar; 2 – burg‘ilash lahimlari; W- eng kichik qarshilik liniyasi: h – burg‘ilash lahimi balandligi.
Quduqlar parallel joylashuvidagi kamchiliklar:

  • sermehnat qirqish ishlarining katta hajmdaligi, chunki har bir maydalanadigan qatlamga qo‘shimcha burg‘ilash lahimi o‘tkazish lozim. (yopiq yoki ochiq kirmali);

  • dastgoh qurilmasining har bir vaziyatidan faqat bitta quduq burg‘ilash mumkin;

  • shpurli maydalashga qaraganda rudali jism joylashuvi elementlari o‘zgarishida maydalash to‘liqligini ta’minlash qiyinroq;

  • quduqlar qatori orasida uncha katta bo‘lmagan masofada yopiq burg‘ilash kirmalari o‘rtasidagi seliklar juda tor va beqaror (bo‘sh).

SHuning uchun vertikal qatlamlar bilan maydalashda ko‘pincha ochiq kirmalar (balkonlar) deb ataluvchilarni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunday ishlarda alohida xavfsizlik choralariga rioya qilish talab etiladi.
SHu sabablarga ko‘ra parallel quduqlar bilan maydalash turg‘un qiyin maydalanadigan rudalarda, qaysiki maydalashdagi yuqori sarflar yiriklarini ikkinchi marta maydalashdagi sarflar bilan qoplanadigan rudalarda qo‘llaniladi. Parallel quduqlar bilan maydalash ayrim konlarda, shuningdek, KMA dagi Gubkin nomli konda ham qo‘llaniladi.
Quduqlar parallel joylashuvi afzalligini saqlash va kamchiliklarini kamaytirish uchun ko‘pgina Sibir temir konlarida va Krivbassda temirli kvarsitlarni qazib olishda parallel-yaqin quduqlar to‘plami bilan maydalash muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ularning farqi shundaki, bitta quduq o‘rniga qatorda bir nechta yaqin joylashgan (yaqin) quduqlar burg‘ilanadi. Ular o‘rtasidagi masofa bitta quduqning 3-4 diametricha, to‘plamdagi quduqlar soni 3-10 ta ni tashkil etadi. Portlashni ishlab chiqishda bir qancha yaqin quduqlar xuddi katta diametrli bitta quduq kabi ishlaydi. Bu burg‘ilash kirmalari o‘rtasidagi masofani oshirish va ular sonini kamaytirish va shunga ko‘ra kovlab borish sarfini ham kamaytirish imkonini beradi.
Qatlamda quduqlarni elpig‘ichsimon joylashtirish eng ko‘p tarqalgan (quduqlar bir nuqtadan elpig‘ichday tarqaladi) (.7.1.6-rasm). Bu holatda dastgohning bir vaziyatidan bir nechta quduq burg‘ilanadi, dastgoh keyingi elpig‘ichda faqat quduqlarni burg‘ilash uchun qaytadan qo‘yiladi. Bunda yig‘ish va ajratishga, dastgohni qayta qo‘yishga mehnat sarflari keskin qisqaradi, burg‘ilovchining smenadagi unumdorligi oshadi. Burg‘ilash lahimlarining kam soni zarur. Elpig‘ichsimon quduqlar bilan maydalashning kamchiligi portlatiladigan massiv bo‘yicha PM ning notekis joylashuvi bilan bog‘liq. CHunki burg‘ilash lahimi yaqinida quduqlar tig‘iz joylashgan, ulardan ayrimlari to‘liq zaryadlanmaydi (bu maydalash uchun quduqning yuqori sarfiga olib keladi), quduqlar oxiri o‘rtasidagi masofa bir yarim k.q.l.ni tashkil etadi, shuning uchun bu erda maydalash sifati past (yirik toshlar chiqishi ko‘p).

7.2-rasm . Quduqlarning bog‘lamli joylashuvi: 1 – burg‘ilash ko‘tarmasi (vosstayuщiy); 2 – burg‘ilash kamerasi; 3 - quduqlar; 4 kompensatsiyalovchi bo‘shliq.
Quduqlarning bog‘lamli joylashuvi elpig‘ichsimon joylashuvdan shunisi bilan farqlanadiki, bitta burg‘ilash kamerasidan, dastgohning bitta vaziyatidan turli tekisliklarda bir nechta elpig‘ichsimon to‘plamlar burg‘ilanadi: birinchisi 5-8°qiyalik bilan, ikkinchisi 10-15°, uchinchisi 50-60° (7.2-rasmga qarang). Bu bitta kameradan burg‘ilangan quduqlar yordamida 6-8 m qalinlikdagi ruda qatlamini maydalash imkonini beradi; bunda burg‘ilash kameralari soni qisqaradi.
Quduqlarning bog‘lamli joylashuvi asosan ship o‘rnatish va seliklarni buzib tashlash uchun qo‘llaniladi. Quduqlar bog‘lamda bir vaqtda yoki elpig‘ichlar bo‘yicha ozroq sekinlatish bilan portlatiladi. Qazish kamerasida quduqlarni bog‘lamli maydalash yuzasidan faqat ayrim misollarni keltirish mumkin (Nijne-Tagil kon-metallurgiya kombinati).

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling