Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari
YUklash-transport mashinalari
Download 3.1 Mb.
|
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)
YUklash-transport mashinalari (YUTM), ilgari odatda yuklash-etkazish mashinalari (YUEM)deb nomlangan, GOST ga muvofiq qayta nomlangan, yuklash va etkazish mashinalari vazifasini o‘zida mujassam etgan. Ular bunkerli (PT turida) va cho‘michli (PD turida) bo‘ladi.
PT turidagi bunkerli yuklash- transport mashinalari cho‘michli yuklash organiga va ag‘darmali yig‘ma bunkerga ega. Ular mustaqil yuklanadi. Bu mashinalar engil ( 2,5 – 5 t massali) va og‘ir ( 20 t dan ortiq massali) turlarga bo‘linadi. Engil bunkerli YUTM (4, e-rasm) yuqori manevrga egaligi bilan ajralib turadi va kesimi va balandligi uncha katta bo‘lmagan lahimlardagi ishlar uchun mo‘ljallangan. Ularning yuritmasi pnevmatik, siqiq havo 25, ba’zida 50 m uzunlikdagi egiluvchan shlang bo‘ylab yuboriladi. Engil bunkerli yuklash-transport mashinalari 1 dan 2,5 m3 gacha sig‘imga ega va cho‘mich sig‘imi 0,12 dan 0,5 m3 gacha. Ularning unumdorligi 150 dan 600 t/smenagacha, etkazish uzunligi 50 – 100 m dan yuqori bo‘lmaganda. Og‘ir bunkerli mashinalar bunkeri sig‘imi 3 dan 10 m3 gacha, cho‘mich sig‘imi 1 dan 2 m3 gacha bo‘ladi. Ular mayda bo‘lakli va mayda abrazivli rudalar bilan ishlashga mo‘ljallangan. PD turidagi cho‘michli va yuklash-transport mashinalari yirik bo‘lakli abraziv rudalarda ham ishonchli ishlaydi (4, v-rasm). Ular katta sig‘imli ko‘lamli cho‘michga ega (odatdagi tartibda 3 – 5 va hatto 10 m3), yukni mashinaga yuklab, rudani tushirish punktigacha taxminan 150 – 300 m masofagacha etkazadi. Barcha cho‘michli yuklash-transport mashinalari dizelli, keyingi vaqtda esa elektr yuritmaga ega, ularning harakat tezligi 20 – 40 km/s. PD turidagi cho‘michli YUTM larning foydalanish unumdorligini formula bo‘yicha aniqlash mumkin Q = 60Tsmqk1k2k3/Ts, (9.6), bunda, Tsm – smena davomiyligi, s; q – YUTM yuk ko‘tarishi, t; k – vaqtda mashinadan foydalanish koeffitsienti (qulay sharoitlarda k1 = 0,7 0,8); k2 – yirik bo‘laklarni tanlab ishlamaydigan qazish joyiga eltish tufayli unumdorlik pasayishi koeffitsienti (odatda k2 = 0,9 0,95); k3– ta’mirlash yo‘lga qo‘yilmaganligini o‘zlashtirishdagi, ehtiyot qismlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanmaganlik, ishlarni tashkil qilish takomillashmaganligi, ishchilar malakasi etarli emasligi va b. lar davridagi unumdorlik pasayishi (k3 = 0,6 0,9); Ts – davr (sikl) davomiyligi, min. , (9.7), bunda, L – etkazish uzunligi, m; sr – mashinalar harakati o‘rtacha tezligi, km/s; q – mashina yuk ko‘tarishi, t; tz – bitta muallaq turib qolishni bartaraf etishning o‘rtacha davomiyligi, min (odatda tz = 15 min); V – cho‘mich eni, m; dsr – maydalangan rudada bo‘lakning o‘rtacha diametri, m; tr – mashinani yukdan bo‘shatish vaqti, min. 9.1-rasm. Rudani etkazish uchun o‘ziyurar jihoz: a –cho‘michli YUTM; b, v – bunkerli YUTM; 1 – rama; 2 – dvigatel; 3 – haydovchi joyi; 4 – kuzov (bunker); 5 - cho‘mich. 11-Amaliyot ishiga topshiriqlar. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling