Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari
Download 3.1 Mb.
|
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)
Amaliyot ishi №13Mavzu: Lahimlarni o‘tishda shamollatish texnologiyasi va ularni hisoblash.Mashg‘ulot maqsadi: Lahimlarda havo uzatish vaqtini hisoblab chiqish. Zaboylarni shamollatish havoda 20 % dan kam bo‘lmagan kislorod miqdorini (hajmi bo‘yicha), karbonat angidridning esa 0,5% oshmagan miqdorini ta’minlashi lozim. Bunda havo harakatining minimal tezligi 0,25 m/s, havo darajasi, 90% gacha nisbiy namlikda, 26 S dan oshmasligi lozim. Portlashdan qolgan gazsimon moddalarini suyultirish va ularni zaboydan olib tashlash zaryad portlaganidan so‘ng 3 daqiqa ichida bajarilishi lozim. Tupiksimon zaboyli bittalik lahimlar VMP ning mahalliy shamollatish ventilyatorlari bilan uch sxema bo‘yicha shamollatiladi: haydash, so‘rish, kombinatsiyalangan ( murakkab, qo‘shma). Haydash sxemasi ko‘p tarqalgan turga kiradi. Bu sxemada havoning toza oqimida, retsirkulyasiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun chiqadigan oqimdan 10 m dan kam bo‘lmagan masofada VMP o‘rnatiladi. SHamollatiladigan lahim juda uzun bo‘lsa, yuqori bosimga erishish yoki shamollatish vaqtini kamaytirish uchun VMP ni kaskadli ( pog‘onali) o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Gaz bo‘lmagan kon qazib olish korxonalarida ventilyatorlarni metall quvurlar bo‘ylab bo‘lib-bo‘lib, yoyib o‘rnatish mumkin. CHiqadigan oqimli lahimlarda, agar unda metan miqdori 0,5 %, dan oshmasa, havo tarkibi belgilangan me’yorga mos kelsa, VMP ni o‘rnatish shaxta bosh muhandisi ruxsati bilan o‘rnatiladi. VMPni uzatish, umumiy shaxta pasayishi hisobidan unga kiradigan havo miqdorining 70 % dan oshmasligi kerak. Bitta lahimda, alohida quvurlarda ishlaydigan, bir biridan 10 m masofadan kam bo‘lmagan joyda joylashgan, birqancha ventilyatorlarni o‘rnatishda, ularning jamlangan uzatishi birinchi ventilyatorga kiradigan havo miqdorining 70 % dan (oqim oqishini hisoblaganda) oshmasligi lozim. Gazli shaxtalarda ventilyasiya quvurlarining oxiridan zaboygacha masofa 8 m, gazsizlarda – 12 m, konlarda – 10 m dan oshmasligi lozim. Tupikli zaboylarni portlatishdagi havo midorini Q3 (m /min) besh holat bo‘yicha aniqlanadi: bir vaqtda portlaydigan PM miqdori bo‘yicha, gaz ajralishi bo‘yicha, bir vaqtda ishlaydigan kishilar soni bo‘yicha, oqim minimal tezligi va issiqligi bo‘yicha. Bir vaqtda portlaydigan PM miqdori bo‘yicha , bunda, - yorug‘likda lahim ko‘ndalang kesim maydoni, m ; t – lahimni shamollatish vaqti (30 min dan oshmasligi lozim); - Lahim suvlanganligini hisoblovchi koeffitsient (quritilgan uchun - 0,8, namli uchun - 0,6, suvli jinslar bo‘yicha o‘tkaziladigan yoki suvli to‘siqlarni qo‘llash bilan - 0,3); - bir vaqtda portlaydigan PM miqdori, kg; - PM ning gazlanishi (burchak bo‘yicha portlashda - 100 l/kg, jins bo‘yicha - 40 l/kg); -havo sizib chiqish koeffitsienti; L – havo sizishi koeffitsienti. Joiz konsentratsiya bo‘yicha zaharli gazlar suyultirilishi ro‘y beradigan maksimal uzunligi (0,008 %) , bunda, = 0,24 0,67 – turbulent singish koeffitsienti. Agar L, unda formula qo‘yiladi . Rezinalangan quvurdagi havo sizishi koeffitsienti teng:
Lahimni shamollatishda gaz ajralishi bo‘yicha havo miqdori (m /min) bunda, %—chiqadigan ventilyasion oqimda maksimal joiz bo‘lgan metan miqdori; - kiradigan ventilyasion oqimdagi metan miqdori, %; - ko‘mir qatlamining ochiq yuzasidan va sindirilgan ko‘mirdan chiqadigan jami metan ajralishi m /min. Lahimni shamollatishda zaboyda eng ko‘p kishi mavjudligida havo miqdori (m /min) , bunda, - lahim zaboyida bir vaqtda ishlaydigan kishilar eng ko‘p soni. Havo harakati minimal tezligi bo‘yicha lahimni shamollatishdagi havo miqdori (m /min) bunda, = 0,15 m/s – zaboy oldi maydonida minimal joiz bo‘lgan havo harakati minimal tezligi m/s. Issiqlik holati bo‘yicha lahimni shamollatishdagi havo miqdori (m /min) , - Issiqlik holati bo‘yicha lahimni shamollatishdagi minimal havo miqdori (m /min) (Xavfsizlik qoidalari § 162 talablariga muvofiq qabul qilinadi). YUqorida keltirilgan formulalar hisoblaridan olinishicha, zaboyga berish uchun ko‘p miqdorda havo qabul qilinadi. Metall quvurlar uchun r grafik bo‘yicha qabul qilinadi ( 2.6 rasmga qarang). Lahim o‘tkazishda kombaynli texnologiyada zaboyni shamollatish uchun zarur bo‘lgan havo miqdori barcha holatlar bo‘yicha (bir vaqtda portlatiladigan PM dan tashqari) va yana qo‘shimcha chang holati bo‘yicha hisoblanadi. CHang holati bo‘yicha , bunda, = 0,3 m/s – lahimda minimal joiz bo‘lgan havo harakati tezligi. Ventilyatorning zaruriy uzatishi (m /min) , Ventilyatorning to‘liq bosimi (Pa) , Ventilyatorning statik bosimi , dinamik bosimi , bunda, - quvur chiqishidagi havo harakatining o‘rtacha tezligi ( ), m/s; =1,2 kg/m - havoning solishtirma massasi; g = 9,81 m/s - erkin tushish tezlashishi; - ventilyasion quvurning kesim maydoni, m . Quvur qarshiligidan yuzaga kelgan bosim yo‘qolishi bunda, - quvurlar devorining dag‘alligiga bog‘liq aerodinamik ishqalanish koeffitsienti (rezinali quvurlar uchun =0,00045, tekstovinitlilar uchun-0,00016, metallilar uchun - 0,00035); - quvur diametri, m. Ventilyator uzatishi va bosimiga, ventilyatorning ishlash grafigiga qarab tanlanadi. Hozirgi vaqtda asosan boshqariladigan ventilyatorlar tayyorlanadi, lahim o‘tkazishning boshlang‘ich davrida energiyani tejash maqsadida, ular bosimini kamaytirish mumkin. 1000 m uzunlikkacha bo‘lgan lahimlarni shamollatish uchun mahalliy shamollatuvchi elektr o‘q yo‘nalishli ventilyatorlar qo‘llaniladi. VM-ZM; VM-4M; VM-5M; VM-6M; VM-8M; VM-12M; VS-7 va pnevmatik ventilyatorlar VKM-200A; VMP-Zm; VMP-4; VMP-5; VMP-6m. Rezinali matodan bo‘lgan My turidagi 400; 500 i 600 mm diametrli egiluvchan quvurlar keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday diametri 3 m. gacha zvenoli metall quvurlar ishlatilishi mumkin. Quvurlar uzun bo‘lganda, havo sizishini kamaytirish va aerodinamik qarshilikni pasaytirish uchun quvurga polietilen shlang kiritiladi. Misol. Uzunligi L = 600 m bo‘lgan tupikli lahimni shamollatish maqsadida ventilyator (oldindan talab qilingan uzatish va bosimni hisoblagan holda) tanlash lozim; yorug‘likda ko‘ndalang kesim maydoni = 7 m ; PM - AS-8V granuliti; bir vaqtda portlatiladigan PM A = 38,2 kg. Lahim quruq (R = 0,8). SHamollatish usuli – haydash. Talab qilinadigan havoning ko‘p miqdorini bir vaqtda portlatiladigan PM bo‘yicha hisoblash lozim; diametri = 600 mm bo‘lgan rezinali quvurlarni qabul qilamiz; vaqt Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling