Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Mavzu: Rudali konlarni qazishning murakkab (kombinatsiyalangan) tizimi


Download 3.1 Mb.
bet13/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Mavzu: Rudali konlarni qazishning murakkab (kombinatsiyalangan) tizimi




Mashg‘ulot maqsadi: Rudali konlarni qazishning murakkab (kombinatsiyalangan) tizimida qazish joyini hisoblash.
Teng tartiblarga (prinsiplarga) asoslangan texnologiyalarni qo‘llash bilan rudali konlarni er osti qazish samaradorligi oshirish mumkin, qaysiki mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
- oraliq qavat shtreklari tizimlari bilan balansli zaxiralarni qazishning umumiy tartibini o‘zgartirish;
- shpurli zaryadlardan kichik diametrli quduqlarga o‘tish hisobiga maydalash hajmlarini oshirish;
Er tomirlarni oraliq qavat ishlash rudani qisman yig‘malash, maydalangan rudani murakkab (kombinatsiyalangan) yuqori unumdorli usullar (gravitatsiya, portlash bilan chiqindi chiqarish, mexanizatsiyalashgan vositalar yordamida oraliq qavatli va tashib chiqaruvchi shtreklarga etkazish) imkonini beradi. Ishlashning, qazish bo‘shlig‘idan kishilar va mexanizmlarni olib chiqishning miqdoriy va sifatli ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ishning xavfsiz sharoitini yaratish maqsadida, qazish tizimining murakkab (kombinatsiyalangan) varianti taqdim qilinadi (Kirg‘iziya IF i MGP FA tomonidan ishlab chiqilgan oraliq qavatli o‘pirilishning turlanishi (modifikatsiyasi) hisoblanadi). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, blokning 30% ga yaqin zaxirasi oraliq qavat shtreklarga va ruda chiqargichlarga tashib chiqaruvchi qatlamga o‘tkazib yuboriladi, qolgan qismi – ortalar orqali – kirish joyiga. Burg‘ilovchi va skreperchi qazish joyi tashqarisida bo‘ladi. Rudani chiqarish qatlamlar bilan amalga oshiriladi: oldin birinchi qatlam rudasi birinchi ortaga- kirish joyiga chiqariladi. Yig‘malangan rudani chiqarish o‘lchovi bo‘yicha 1-4 oraliq qavatlarda quduqlar burg‘ilanadi va 5 kenglikdagi qiya qatlamlar bilan oraliq qavatning butun balandligiga portlatiladi (maydalash 2,5 m bo‘ylab ikkita qabulda amalga oshiriladi).
Vaqtinchalik yig‘malangan rudani chiqarishda, kameraning ochilayotgan joylarida emirilish kuchi rivojlanish vaqtini o‘zib o‘tish bilan orta-kirish joyidan rudani ketma-ket yuklashning maqbul tartibiga rioya qilish lozim.
Bu tartibda, birinchisidan boshlab va tugatib, o‘yilgan teshikni kuzatamiz, bo‘sh yonlama jinslar paydo bo‘lgunicha rudani to‘laligicha chiqarish zarur.
CHiqarilmagan rudaning qiyalik yuzasi, ushbu rudaning tabiiy qiyalanish burchagiga yaqin bo‘lgan burchak ostidagi navbatdagi o‘tkir qirrasiga tayanadi. Keyingi orta-kirish joyidan chiqarish o‘lchoviga ko‘ra, chiqarilmagan rudaning qiyalik yuzasi qandaydir cho‘ziqligi bo‘yicha blokning boshqa yon yuzasiga siljiydi. Bunda uning qatlamga qiyalik burchagi doimo 60-700 ga yaqinligicha qoladi. Keyingi chiqarishda jinsning qatlamlangan parchalari yoki blok yon tomoniga dumalaydi, yoki rudali massa yuzasida qoladi.
Bu variantda yig‘malangan rudali odatdagi tizim bilan taqqoslaganda yig‘malash harakatchan: qazish ishlari ko‘lami siljish o‘lchovi bo‘yicha u chetki orta-kirish joyidan rudani chiqarish yo‘li bilan oldinga siljiydi. Bunday harakatchanlik rudaning jipslanishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan bir vaqtda saqlovchi jinslarni tutib turadi, bu chiqarishning miqdoriy va sifatli ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.
Biroq, ochish (qirqish) ishlarining yuqori sermehnatligiga qaramasdan, oraliq qavat shtreklari tizimini er tomirlarni qazishning boshqa tizimlari bilan taqqoslaganda mavjud afzalliklar bilan farqlanadi, ulardan eng asosiysi, xavfsizlik va qazish joylari siljishining yuqori tezligini rivojlantirishga imkon beradigan hamda er tomirning minerallashmagan uchastkalarini yoki metallning sanoatsiz tarkibli uchastkalarini ochmasdan qoldirish bilan qazishni olib borish mumkin bo‘lgan qazish joyining katta ko‘lamdaligidir.
Oraliq qavatli maydalash bilan, qisman yig‘malash bilan va qatlamlar bilan maydalangan rudani chiqarish bilan murakkab (kombinatsiyalangan) qazish tizimi 14.1-rasmda berilgan.

14.1-rasm. Oraliq qavatli maydalash bilan, qisman yig‘malash bilan va qatlamlar bilan maydalangan rudani chiqarish bilan murakkab (kombinatsiyalangan) qazish tizimi: chiqariladigan rudaning I–IV - qatlamlari; 1–4 – oraliq qavatli shtreklar

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling